toggle_night_mode
Hujjat 21.04.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 30-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 27-sentabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) 4-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mikroqarz berish”;
oʻn birinchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 15-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “tegishli ruxsatnoma olgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 72-modda birinchi qismining:
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 275-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga kirish;
bojxona masalalari boʻyicha bojxona organlaridan axborot va maslahatlar olish;
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish niyati toʻgʻrisida bojxona organlarini xabardor qilish;
dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona maqsadlari uchun zarur boʻladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;
deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona omborlariga bojxona nazorati ostida joylashtirish”;
beshinchi xatboshisi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
5) 277-moddaning toʻrtinchi — yettinchi qismlari chiqarib tashlansin;
6) 278, 279 va 280-moddalar chiqarib tashlansin;
7) 282-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“deklarant yoki vakolatli shaxs oldidagi oʻz fuqarolik javobgarligini eng kam oylik ish haqining ming baravari miqdorida sugʻurtalashi”;
8) 283-modda chiqarib tashlansin;
9) 284-moddadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan berilgan malaka attestatiga ega boʻlgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
10) 285-modda chiqarib tashlansin;
11) 286-modda birinchi qismining “e” kichik bandi chiqarib tashlansin;
12) 287-modda birinchi qismining “l” va “m” kichik bandlari chiqarib tashlansin;
13) 291-modda birinchi qismining:
oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
14) 336-moddaning birinchi qismidagi “278” raqami chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-oktabr,
OʻRQ-494-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son; 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)