1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 30-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 27-sentabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) 4-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 15-sentabrda qabul qilingan “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-50-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 492-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 5-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikroqarz banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining yuz baravari miqdoridan oshmaydigan summada toʻlovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablagʻlaridir”;
“Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish qoidalari barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlishi va bu qoidalarda quyidagilar boʻlishi kerak:
mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish shartlari;
mikromoliyaviy xizmatlarning miqdori, muddatlari, toʻlovi va toʻliq qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish shartnomalari boʻyicha yillik qarz miqdorining yarmidan koʻpini tashkil etadigan summada foizlar hisoblash, vositachilik haqlari va neustoyka (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllash taqiqlanadi”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish shartnomalari boʻyicha yillik qarz miqdorining yarmidan koʻpini tashkil etadigan summada foizlar hisoblashni, vositachilik haqlari va neustoyka (jarima, penya) undirishni, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllashni taqiqlash sharti”;
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-sentabrda qabul qilingan “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-53-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 495-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda) 13-moddasining uchinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish shartnomalari boʻyicha yillik qarz miqdorining yarmidan koʻpini tashkil etadigan summada foizlar hisoblashga, vositachilik haqlari va neustoyka (jarima, penya) undirishga, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllashga”;
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 15-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “tegishli ruxsatnoma olgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
9) 284-moddadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan berilgan malaka attestatiga ega boʻlgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-oktabr,
OʻRQ-494-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son; 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)