1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-maydagi PQ-3730-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek hududlarning ekologik va sanitariya holatini yaxshilash, sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish va belgilangan tartibda zarur darajada saqlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
1. Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalari (keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda hududlarni sanitariya jihatidan tozalash ishlarining tasdiqlangan qoidalarga muvofiq tashkil etilishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-oktabr,
787-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qaroriga 1-ILOVA
Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalari
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
1. Ushbu qoidalar sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini yaratish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, shuningdek, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi hamda barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan unga rioya etilishi majburiy hisoblanadi.
2. Ushbu qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
obodonlashtirish obyektlari — koʻchalar, aylanma koʻchalar, yoʻllar, markaziy maydonlar, yoʻlkalar, koʻpriklar, tunnellar, yoʻlovchilar oʻtadigan yer osti yoʻllari, favvoralar, ariqlar, kanallar, daryolar, koʻllar va boshqa suv havzalarining qirgʻoqlari, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun foydalaniladigan obyektlar (madaniyat va istirohat bogʻlari, oʻrmon massivlari, bogʻlar, bulvarlar, xiyobonlar), tashqi yoritish, reklama pannolari, yoʻl koʻrsatkichlari, portallar, peshlavhalar, drenaj (drenajning vertikal, yopiq va ochiq gorizontal, yopiq kollektori), irrigatsiya novlari tarmoqlari, tashqi yoritish tarmoqlari;
sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlari — qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va vaqtinchalik saqlash uchun, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq foydalaniladigan obyektlar (chiqindi qutilari, konteynerlar, chiqindi toʻplash shoxobchalari, shu jumladan, maxsus ajratilgan va jihozlangan joylar);
qattiq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek, ularning hududida va obodonlashtirish obyektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oziq-ovqat va oʻsimlik chiqindilari, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qogʻoz, plastmassa, yogʻoch chiqindilari, oʻzining foydalanish xususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzgʻor buyumlari, supurindi, shuningdek, qattiq yoqilgʻida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻqozonlaridan foydalanish natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar);
suyuq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oqova suvlar, chiqindi toʻkiladigan oʻralar va septiklarda yigʻilgan turli xil suyuq chiqindilar, ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan yuvindi chiqindilari, markazlashmagan kanalizatsiyaning najas chiqindilari);
yirik gabaritli maishiy chiqindilar — jismoniy va maʼnaviy jihatdan eskirgan mebellar, maishiy texnikalar (sovutkichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar va shu kabilar), tashkiliy texnikalar (kompyuterlar, printerlar va shu kabilar), texnik uskunalar, avtotransport vositalarini almashtirish natijasida hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilar, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) va oʻlchamlari boʻyicha 0,75 m3 hajmli konteynerlarga joylashtirishning imkoni boʻlmagan qurilish chiqindilari.
qurilish chiqindilari — turar joy uylari, maʼmuriy bino, koʻp kvartirali uy kvartiralarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va buzish ishlarini amalga oshirishda hosil boʻladigan chiqindilar;
xavfli maishiy chiqindilar — foydalanish xususiyatini yoʻqotganidan soʻng insonlar hayoti, sogʻligʻi va atrof tabiiy muhitga xavf soluvchi, shuningdek, utilizatsiya qilinishi lozim boʻlgan va yigʻish, tashish hamda zararsizlantirishning maxsus texnologiyalaridan foydalanishni talab qiluvchi tovarlardan hosil boʻladigan chiqindilar (simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslari, simobli termometrlar chiqindilari, barcha turdagi akkumulyatsiya qiluvchi elementlar va shu kabilar);
ikkilamchi moddiy resurslar — maishiy xoʻjalikda hosil boʻladigan, bevosita yoki qoʻshimcha ishlov berishdan soʻng takror foydalanish imkoni mavjud boʻlgan, isteʼmol va ishlab chiqarish chiqindilari (metall, plastmassa, shisha, qogʻoz chiqindilari va shu kabilar);
“signal” usuli — chiqindi tashish texnikasi bilan aholi yashash punktlarini aylanib chiqib, signal berish yoʻli bilan isteʼmolchilarni xabardor qilish orqali yakka tartibdagi turarjoy sektoridagi qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish.
3. Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish mazkur qoidalarning ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Sanitariya jihatidan tozalash ishlarini tashkil etish
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
4. Sanitariya jihatidan tozalash ishlariga hududlarni (obodonlashtirish obyektlari, turar joy va tashkilotlar hududini) tozalash, maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish ishlari kiradi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
5. Hududlarni tozalash:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
obodonlashtirish obyektlarida — shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
koʻp kvartirali uylar atrofidagi hududlarda — xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.14.00 Yer uchastkalari mulkdorlari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari]
yakka tartibdagi turar joy uylari va tashkilotlarning yer uchastkalarida ajratilgan yer uchastkasi doirasida — jismoniy va yuridik shaxslar (yer uchastkalari egalari, mulkdorlari yoki doimiy foydalanuvchilari, shuningdek, ijaraga oluvchilar) tomonidan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
avtomobil yoʻllari va sunʼiy yoʻl inshootlarida ajratilgan yer uchastkasi doirasida — ushbu obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar (balansda saqlovchilar) tomonidan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.03 Temir yoʻl xoʻjaligini ekspluatatsiya, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish]
temir yoʻllarda ajratilgan yer uchastkasi doirasida (chuqur qiyalik va koʻtarmalar, temir yoʻlni kesib oʻtish va aylanib oʻtish joylari va h.k.) — ushbu obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi temir yoʻl tashkilotlari tomonidan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
bozorlar hududi va ularga tutash hududlarda — bozorlar maʼmuriyati tomonidan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
jamoat yoʻlovchi transporti bekatlarida joylashgan vaqtinchalik savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida — ushbu obyekt egalari tomonidan, agar ijara shartnomalarida boshqalar nazarda tutilmagan boʻlsa);
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.03.00 Umumiy ovqatlanish korxonasi]
savdo doʻkonlari yoki boshqa savdo nuqtalariga, shu jumladan, koʻchma shoxobchalarga tutash hududlarda 5 m radiusda — kichik chakana savdo va umumiy ovqatlanish (oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar koʻrsatish palatkalari, doʻkonchalari), shuningdek, maishiy xizmat koʻrsatish (poyabzal taʼmirlash va shu kabilar) sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
6. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashgan tashkilot deb ataladi) tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda, shartnoma asosida amalga oshiriladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish koʻp kvartirali turar joy sektorida — chiqindi toʻplash shoxobchalaridan, yakka tartibdagi turar joy sektorida esa chiqindi toʻplash shoxobchalaridan yoki “signal” usulida amalga oshiriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi chiqindi toʻplash shoxobchalaridan bir kunda bir marta, “signal” usulida — uch kunda bir martani tashkil etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-bobi.
3-bob. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun chiqindi qutilarini joylashtirish va ulardan foydalanish
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
7. Hududlar, binolar va inshootlarning qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va vaqtincha saqlash uchun moʻljallangan maxsus chiqindi qutilari oʻrnatiladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
8. Chiqindi qutilari mazkur qoidalarning 5-bandiga muvofiq, hududlarni tozalash uchun masʼul boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan majburiy tartibda quyidagilarda oʻrnatiladi:
koʻp kvartirali uylarning podyezdiga kirish yoʻlida — 1 ta;
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlar, shuningdek, savdo obyektlarining binosiga kirish (chiqish) yoʻlida — 1-2 ta;
metro, yer osti va yer usti oʻtish joylarining har bir kirish (chiqish) yoʻlida — 2 ta;
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun moʻljallangan obyektlarda (madaniyat va istirohat bogʻlari, oʻrmon massivlari, bogʻlar, bulvarlar, skverlar, xiyobonlar va boshqalar) — obyektning har 800 m2 maydonida 1 ta va yoʻlaklar va yoʻlkalar chizigʻi boʻylab oʻrnatilganda bir-biridan 40 metrdan uzoq boʻlmagan masofada;
bozorlar va savdo obyektlarida (supermarket, gipermarket va boshqalarda) — obyektning har 250 m2 maydonida 1 ta va savdo doʻkonlari qatori boʻylab oʻrnatilganda — bir-biridan 10 metrdan uzoq boʻlmagan masofada;
jamoat yoʻlovchi transport bekatlarida — 1-2 ta;
avtoturargohlar va avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash maydonchalariga kirish (chiqish) yoʻlida — 1-2 ta;
davolash muassasalarining hovli hududida — obyektning har 700 m2 maydonida 1 ta, asosiy alleyalarda esa — bir biridan 10 metrdan uzoq boʻlmagan masofada;
chekish uchun maxsus ajratilgan joylarda — 1-2 ta;
plyajlar va suv akvatoriyalari (daryolar, koʻllar, koʻrfazlar yoki hovuzlar)ga tutash rekreatsiya zonalarida — suv boʻlinishidan 15 m hamda yashil ekinlardan 3 — 5 m uzoqlikda joylashtirgan holda, obyektning har 800 m2 maydonida 1 ta;
koʻp kvartirali uylar atrofidagi hududlarda va markaziy maydonlarda, yoʻlkalarda hamda magistral koʻchalarning piyodalar zonasi boʻylab, shuningdek, koʻpriklarda — hududdan foydalanish intensivligidan kelib chiqib, piyodalar serqatnov hududda — har 50 metrdan oshmagan masofada va odam kam joylarda — har 100 metrdan oshmagan masofada 1 tadan.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
9. Turgʻun koʻcha chiqindi qutilari harakatlanadigan konstruksiyaga (agʻdariladigan mexanizmga) ega boʻlishi va ularni oʻrnatish uchun ajratilgan joyga mustahkamlab qoʻyish uchun asos qismiga ega boʻlishi lozim.
Vaqtinchalik savdo doʻkonlari, shu jumladan, koʻchma shoxobchalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar koʻrsatish palatkalari, doʻkonchalariga) tutash hududlarda — 5 metr radiusgacha koʻtarish mexanizmli yoki ularni boʻshatish uchun almashtiriladigan chelaklarga ega boʻlgan koʻchma chiqindi qutilari oʻrnatiladi.
10. Chiqindi qutilari, ulardan belgilangan maqsadda foydalanilishi va xizmat koʻrsatilishi (tozalash, boʻshatish v.h.) uchun qulay boʻlgan joyga oʻrnatilishi, piyodalar, nogironlar va bolalar aravachalari hamda velosipedlar harakatiga xalaqit bermasligi, toza va soz holatda saqlanishi, shuningdek, barcha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlishi lozim.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Chiqindi qutilarini boʻshatish va tozalash ularning toʻlishiga koʻra muntazam ravishda, lekin sutkada bir marotabadan kam boʻlmagan holda olib borilishi lozim.
Chiqindi qutilarini yuvish va dezinfeksiya qilish bir oyda kamida bir marotaba amalga oshirilishi lozim yoki ularning tozaligini va qulay boʻshatilishini taʼminlash uchun maxsus chiqindi qoplari (paketlar) qoʻllanilishi mumkin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
11. Chiqindi qutilarini oʻrnatish, oʻz vaqtida xizmat koʻrsatilishini taʼminlash (tozalash, boʻshatish, yuvish, dezinfeksiya qilish va taʼmirlash) mazkur Qoidalarning 5-bandiga muvofiq, hududlarni tozalash uchun masʼul boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
4-bob. Chiqindilarni toʻplash shoxobchalarini tashkil etish va ulardan foydalanish
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
12. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari koʻmagida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, professional boshqaruv tashkiloti yoki tegishli hududda yashovchilarning bevosita murojaati boʻyicha chiqindilarni toʻplash shoxobchalarini joylashtirish joylarini aniqlash bilan bogʻliq masalalarni hal qiladilar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
Yopiq turdagi chiqindi toʻplash shoxobchalarini qurish belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va kelishilgan namunaviy yoki individual loyiha (eskiz) asosida amalga oshiriladi.
Gavjumroq joylarda hududlardan foydalanish intensivligiga bogʻliq ravishda chiqindi toʻplash shoxobchalarining qoʻriqlanmaydigan (modulli) inshootlari tashkillashtirilishi mumkin.
Faoliyat yuritayotgan chiqindi toʻplash shoxobchalarini buzish ishlari ularning oʻrniga yangi chiqindi toʻplash shoxobchalari qurilganidan soʻng amalga oshiriladi.
13. Chiqindi toʻplash shoxobchalari turar joy binolarining derazalari, bolalar muassasalari uchastkalarining chegarasi, dam olish joylaridan 20 metrdan kam boʻlmagan va 100 metrdan uzoq boʻlmagan masofada joylashtiriladi.
Chiqindi toʻplash shoxobchasining hududi oʻtish yoʻliga tutash boʻlishi, lekin maxsus avtotransport vositasining kirishiga xalaqit bermasligi lozim. Alohida joylashgan maydonchada (oʻtish yoʻlidan uzoqda) maxsus avtotransport vositasining konteynerlarni boʻshatish uchun qulay kirish imkoniyati va burilish maydonchasi (12 m x 12 m) koʻzda tutiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.03.00 Shaharsozlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari. Aholi punktlari hududlaridan foydalanishni rejalashtirish]
14. Chiqindi toʻplash shoxobchalarini joylashtirish (imkon darajasida) binolar fasadining koʻcha tomonidagi transport va piyoda tranzit kommunikatsiyasining koʻrinish zonasi tashqarisiga loyihalashtiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
15. Chiqindi toʻplash shoxobchasining maydoni va unda joylashtiriladigan konteynerlar soni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
16. Chiqindi toʻplash shoxobchalari va konteynerlaridan turar joy xonalarining derazalari va kirish yoʻllarigacha boʻlgan masofa qatʼiy ravishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilanadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suvlarni oqizish]
17. Chiqindi toʻplash shoxobchalari obodonlashgan kirish yoʻli, tungi tashqi yoritqichlari, salqin ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiyaga oqim tizimi, shuningdek, yomgʻir suvlarini oqizish kanalizatsiyaga ega boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
18. Konteynerlarni oʻrnatish maydonchalarining yuzasi asfaltlangan yoki beton qoplamali boʻlishi lozim. Suv turib qolishiga va konteynerlarning sirpanib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida maydoncha qoplamasining qiyaligi oʻtish yoʻli qismi tarafga 5 — 10 foizni tashkil etgan holda va maxsus avtotransport vositasining kirishiga qulay tarzda oʻrnatiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
19. Chiqindi toʻplash shoxobchalari hududida quyidagi maʼlumotlar joylashtiriladi:
chiqindi toʻplash shoxobchasining nomi yoki raqami;
chiqindi toʻplash shoxobchasidan foydalanuvchi tashkilotning nomi va aloqa bogʻlash maʼlumotlari, shu jumladan dispetcherlik xizmatining telefon raqami;
hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining ishonch telefon raqami, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali.
5-bob. Chiqindi toʻplash shoxobchalarini konteynerlar bilan taʼminlash
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
20. Chiqindi toʻplash shoxobchalari qattiq maishiy chiqindilarni alohida toʻplash uchun mazkur qoidalarning 42-bandiga muvofiq, ajratib turuvchi ranglar va maxsus belgilar hamda yozuvlar bilan markalangan konteynerlar bilan taʼminlanishi lozim.
Konteynerlarni chiqindi tashish mashinalariga boʻshatish uchun ular (xavfli maishiy chiqindilar uchun maxsus konteynerlar bundan mustasno) toʻrtta gʻildirakchalar bilan jihozlangan va mustahkam old devoriga, shuningdek, maxsus avtotransport vositasining manipulyatori bilan ishlashi uchun moslamaga ega boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Tovarlar markirovkasi]
21. Konteynerlarga mexanik mustahkamligini taʼminlovchi usul bilan (konteynerning inventar raqami va balansda saqlovchining nomi toʻgʻrisida) maʼlumotlar qayd etiladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
22. Konteynerlar xizmat koʻrsatish (foydalanish) muddatining tugashi, shuningdek, haqiqiy texnik holatiga (mexanik va boshqa shikastlarga) koʻra yangisiga yoki sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob beruvchi, shikastlanmaganlariga (taʼmirlanganlariga) almashtirilishi lozim.
Konteynerlar kirish yoʻlagi bilan teng darajada joylashishi lozim.
6-bob. Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
23. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni joylashtirish va saqlash mazkur qoidalar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik talablarga muvofiq hamda chiqindilardan oqilona foydalanishni taʼminlovchi usullarda yoki ularni boshqa shaxslarga topshirish orqali amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
24. Jismoniy shaxslar:
koʻp kvartirali uylarda — qattiq maishiy chiqindilarni chiqindi toʻplash shoxobchalariga joylashtirishda konteynerlarga tashlaydilar;
yakka tartibdagi turar joy sektorida — qattiq maishiy chiqindilarni maxsus avtotransport vositasi “signal” usulida, jadval boʻyicha kelguniga qadar oʻz hududlarida saqlaydilar va maxsus avtotransport vositasiga joylashtiradilar.
Bunda, maxsus chiqindi qoplari (paketlar) yoki gʻildirakli va zich yopiladigan qopqoqli konteynerlardan (40 — 120 l) foydalanilishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
25. Ixtisoslashgan tashkilotning xizmat koʻrsatish hududida joylashgan yuridik shaxslar maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnoma tuzadilar va egallab turgan yer uchastkasida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun gʻildirakli va zich yopiladigan qopqoqli hamda maxsus avtotransport vositasining manipulyatori bilan ishlashi uchun moslamaga ega boʻlgan konteynerlarni oʻrnatgan holda, qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik toʻplash va saqlash joylarini tashkillashtiradilar (agar ijara shartnomalarida boshqalar nazarda tutilmagan boʻlsa).
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
Agar yer uchastkasida (koʻchmas mulkda) oʻz maishiy va xoʻjalik faoliyatini yer uchastkasining (koʻchmas mulkning) mulkdori bilan ijara shartnomasi yoki boshqa kelishuv asosida amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs oʻz kuchi bilan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketilishini tashkillashtirmagan taqdirda, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketilishini tashkillashtirish boʻyicha majburiyatlar yer uchastkasining (koʻchmas mulkning) mulkdori zimmasiga yuklanadi.
Hovlilarning ichki hududidagi konteynerlarni oʻrnatish maydonchasi maxsus avtotransport vositasining kirish yoʻllariga yaqin joylashishi lozim.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
26. Jismoniy va yuridik shaxslar uchun quyidagilar taqiqlanadi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.08.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik]
qattiq maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga va obyektlarga (koʻchalarga, hovlilarga, suv yoʻllariga, ariq va qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, joylashtirish va koʻmish uchun moʻljallanmagan boshqa joylarga) tashlash hamda joylashtirish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
suyuq maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga va obyektlarga (uylar hududidan tashqariga, sugʻorish tizimi kollektorlariga, suv yoʻllariga, ariqlarga, yomgʻir suvlarining kanalizatsiya tizimiga, ochiq, gorizontal va vertikal yopiq drenajlarga hamda ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan boshqa joylarga) oqizish;
qattiq maishiy chiqindilarni avtotransport vositalaridan ularning toʻxtashi, toʻxtab turishi yoki harakatlanishi vaqtida ruxsat etilmagan joylarga va obyektlarga tashlash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.03.00 Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishni tartibga solish]
qattiq maishiy chiqindilarni ularni joylashtirish obyektlarida (yer oʻralar, idishlar va h.k.), tashkilot hududi, dalalar va aholi yashash punktlarida maxsus texnik qurilmalarsiz yoqish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.03.00 Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishni tartibga solish]
barglarni yoqish;
koʻp kvartirali uyning umumiy foydalaniladigan joylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va saqlash joylarini tashkillashtirish;
yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilarini chiqindi toʻplash shoxobchalariga tashlash va joylashtirish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni tashish uchun moʻljallanmagan (hujjatda nazarda tutilmagan) transport vositalarida (yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari va boshqalar) bundan mustasno), shuningdek, maishiy chiqindilarni tashish bilan bogʻliq boʻlmagan shaxslar hamrohligida tashish.
7-bob. Yirik gabaritli maishiy chiqindilar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
27. Yirik gabaritli maishiy chiqindilar 8 — 10 m2dan kam boʻlmagan maydonli, sunʼiy suv oʻtkazmaydigan qoplama va yomgʻir suvlarini oqizish tizimlari bilan jihozlangan, maxsus ajratilgan maydonchalarda toʻplanishi lozim.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
28. Yirik gabaritli maishiy chiqindilarni toʻplash uchun maydonchalar:
koʻp kvartirali turar joy sektorida — qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash shoxobchalariga bevosita yaqinlikda;
yakka tartibdagi turar joy sektorida — maydonchaning 100 — 200 metr radiusdagi samarali qamrovi hisobi bilan eng yaqin turar joy va (yoki) odamlarning doimiy boʻlish joyi obyektlarigacha 20 metrdan yaqin boʻlmagan masofada ajratiladi.
Yirik gabaritli maishiy chiqindilarni toʻplash uchun maydonchalarning muqobil varianti boʻlib, multilift tizimi bilan jihozlangan maxsus avtotransport vositalari yordamida tashiladigan, 3 — 6 m3 hajmli konteynerlarni (almashadigan kuzovlarni) oʻrnatish hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
29. Yirik gabaritli maishiy chiqindilarni ularning hosil boʻlish joyidan olib chiqib ketish ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomasi asosida, alohida toʻlov evaziga amalga oshirilishi mumkin.
8-bob. Qurilish chiqindilari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
30. Qurilish, montaj, taʼmirlash, shuningdek, bino va inshootlarni buzish ishlarini amalga oshiruvchi shaxslar mazkur obyektlarda hosil boʻluvchi qurilish chiqindilarining zich toʻplanishini taʼminlashi lozim.
Aholidan hosil boʻluvchi qurilish chiqindilari yirik gabaritli maishiy chiqindilarni toʻplash maydonchalariga yigʻiladi.
Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish yoki buzish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar ular tomonidan hosil boʻladigan qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jarayonlari tartibini belgilaydigan texnik va texnologik hujjatlarga (ekologik normativlarga) va davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasiga ega boʻlishi lozim.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.03 Qurilish faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
Chiqindilarni qurilish maydonchalaridan olib chiqib ketish va bunda tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish masʼuliyati, agar buyurtmachi bilan shartnomada boshqa shartlar nazarda tutilmagan boʻlsa, ishlarni bajarishda pudratchi boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs zimmasiga yuklanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
31. Faoliyati natijasida qurilish chiqindilari hosil boʻladigan tashkilotlar qurilish chiqindilarini maksimal utilizatsiya qilish, sotish yoki chiqindilarni toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga topshirish uchun kompleks choralarni amalga oshirishi, shuningdek, utilizatsiya qilinmaydigan qurilish chiqindilarini ekologik xavfsiz koʻmilishini taʼminlashi lozim.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
32. Qurilish chiqindilarini ularning hosil boʻlish joyidan olib chiqib ketish, ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomasi asosida, alohida toʻlov evaziga amalga oshirilishi mumkin.
9-bob. Avtotransport chiqindilari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
33. Jismoniy va yuridik shaxslar (avtoturargohlar egalari, yonilgʻi quyish shoxobchalari, avtotransport, mexanizmlar va boshqa texnikalarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ustaxonalari) barcha hosil boʻluvchi avtotransport chiqindilarini toʻplash, olib chiqib ketish, qayta ishlash va zararsizlantirilishini taʼminlashi shart.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
34. Barcha turdagi transport, mashina va mexanizmlarning chiqindilari qismlarga boʻlinishi va turi boʻyicha alohida toʻplanishi lozim, jumladan:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
ishlatilib boʻlingan moylar mazkur chiqindilarni toʻplash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga topshiriladi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
akkumulyatorlarning elektrolitlari maxsus idishlarga toʻkiladi va mazkur chiqindilarni toʻplash, utilizatsiya qilish hamda qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga zararsizlantirish uchun topshiriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
elektroliti toʻkilgan kislotali akkumulyator batareyalari ikkilamchi xom ashyo va rangli metallarni qabul qiluvchi punktlarda toʻplanadi;
avtomobil pokrishkalari mazkur chiqindilarni toʻplash, utilizatsiya qilish hamda qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga qayta ishlash uchun topshiriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
ikkilamchi moddiy resurs hisoblangan boshqa chiqindilar (plastmassa, metall va h.k.) qabul qilish punktlariga topshiriladi.
10-bob. Oʻsimliklardan hosil boʻladigan chiqindilarni tozalashda, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil boʻladigan chiqindilar
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
35. Xazonlar toʻkilishi davrida toʻkilgan barglarni har kuni yigʻishtirish zarur.
Toʻplangan barglar maxsus ajratilgan joylar yoki kompostyorlash maydonlariga olib chiqiladi. Toʻplangan barglarni olib chiqib ketish mazkur qoidalarning 5-bandiga muvofiq, hududlarni tozalash uchun masʼul boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yoki shartnoma asosida (alohida buyurtma boʻyicha) ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Kompostyorlash jarayoni filtratsiyaga qarshi asosga, drenaj suvlarini toʻplash va oqizish tizimiga ega boʻlgan, maxsus tayyorlangan maydonchada amalga oshiriladi. Chiqindilar uyum qilib joylashtiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 Oʻrmondan va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.01 Umumiy qoidalar. Daraxt va butazorlarni kesish]
36. Hududlarning daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) bilan bir sutkadan ortiq ifloslantirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
11-bob. Suyuq maishiy chiqindilar
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suvlarni oqizish]
37. Markazlashgan kanalizatsiya tarmoqlari mavjud boʻlmagan uylarda suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun belgilangan tartibda oqova yigʻiluvchi, germetik rezervuarli chiqindi toʻkiladigan oʻralar oʻrnatiladi.
Chiqindi toʻkiladigan oʻra maxsus avtotransport vositasining (assenizatsiya avtomobilining) erkin harakatlanishi hisobga olingan holda joylashishi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
38. Suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish maxsus avtotransport vositasiga (assenizatsiya avtomobiliga) ega boʻlgan ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida yoki alohida buyurtma boʻyicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
39. Chiqindi toʻkiladigan oʻralarni tozalash davriyligi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suyuq maishiy chiqindilar quyiladigan stansiyalar, assenizatsiya dalalari yoki suyuq maishiy chiqindilarni qabul qilish boʻyicha maxsus obyektlarga olib chiqib ketiladi.
12-bob. Xavfli maishiy chiqindilar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
40. Chiqindi toʻplash shoxobchalarida xavfli maishiy chiqindilarni toʻplash uchun maxsus konteynerlar (xavfli maishiy chiqindilarni saqlash, yuklash-tushirish ishlari va tashishda ularning butligini taʼminlaydigan toʻplovchi idishlar) oʻrnatiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
41. Yigʻilgan xavfli chiqindilar mazkur chiqindilarni yigʻish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga topshiriladi.
13-bob. Qattiq maishiy chiqindilarni alohida toʻplash va olib chiqib ketish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
42. Chiqindi toʻplash shoxobchalarida alohida toʻplashni tashkillashtirish maqsadida majburiy tarzda quyidagilar uchun toʻrt turdagi konteynerlar oʻrnatiladi:
qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilar (ikkilamchi moddiy resurslar aralashmasidan iborat chiqindilar) uchun — koʻk rang;
organik qattiq maishiy chiqindilar (oziq-ovqat va boshqa biologik chiriydigan chiqindilar) uchun — jigarrang;
qayta ishlanmaydigan qattiq maishiy chiqindilar (boshqa maishiy chiqindilar) uchun — kulrang;
xavfli maishiy chiqindilar uchun — toʻq sariq rang;
Qattiq maishiy chiqindilarni toʻliq saralab yigʻish uchun ajratib turuvchi rangli va (yoki) maxsus belgilar hamda yozuvlar bilan markalangan qoʻshimcha konteynerlar (plastmassa chiqindilari — sariq, shisha va shisha siniqlari — oq, qogʻoz chiqindilari — havo rang) oʻrnatilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
Bunda, qayta ishlanadigan va xavfli maishiy chiqindilar keyinchalik chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga shartnoma asosida sotish va (yoki) berish uchun saralashga yuboriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
43. Alohida toʻplangan va saralangan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish uchun chiqindi tashish mashinalaridan foydalangan holda, olib chiqib ketishning bir nechta jadvallarini tashkillashtirish orqali yoki qattiq maishiy chiqindilarning turli fraksiyalari uchun alohida kameralar oʻrnatilgan bunkerli maxsus avtotransport vositalaridan foydalanilishi mumkin.
14-bob. Maishiy chiqindilarni tashishga qoʻyiladigan asosiy talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
44. Maishiy chiqindilarni tashish ularni tashilishida tushirib qoldirish, avariya holatini paydo qilish, insonlar salomatligi va atrof-muhitga zarar yetkazish ehtimollarini istisno qiluvchi usullar bilan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
Qattiq maishiy chiqindilarni tashish maxsus avtotransport vositalarida (chiqindi tashish mashinalari va boshqa maxsus mashinalarda) amalga oshiriladi (yirik gabaritli maishiy va qurilish chiqindilari, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar bundan mustasno).
Maishiy chiqindilarni maxsus avtotransport vositasining kuzovidan tashqarida tashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
Maishiy va boshqa chiqindilar tashib ketiladigan maxsus transport vositalarini boshqarishga maxsus tayyorgarlik, instruktaj va tibbiy koʻrikdan oʻtgan haydovchilar qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
45. Maishiy chiqindilarni tashish ularni tashish uchun harakat yoʻnalishi koʻrsatilgan holda, belgilangan tartibda toʻldirilgan hujjatlar mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
15-bob. Qattiq maishiy chiqindilarni koʻmishga qoʻyiladigan asosiy talablar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
46. Qattiq maishiy chiqindilar poligonlar, chiqindilarni qayta ishlash va yoqish zavodlari, kompostyorlash maydonlariga olib chiqib ketiladi.
Qattiq maishiy chiqindilarni koʻmish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16-bob. Hududlarni yil mavsumlari boʻyicha tozalash
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
48. Hududlarni bahor-yozgi tozalash ishlari har yili mart-avgust davrida amalga oshiriladi va quyidagilardan iborat boʻladi:
koʻcha — yoʻllar tarmogʻining qatnov qismini, yoʻlkalar va maydonlarni supurish va yuvish (suv sepish);
koʻp kvartirali uylar atrofidagi barcha hududlarni kunlik (yakshanbadan tashqari) sanitariya jihatidan tozalash, yoʻlkalarni, kirish yoʻllari zinalarini supurish;
hududlarni qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishdan tozalash;
chiqindi toʻplash shoxobchalarini tozalash, chiqindi qutilarini tozalash va yuvish.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
49. Hududlarni kuz-qishki tozalash ishlari sentabrdan fevral oyigacha amalga oshiriladi va quyidagilardan iborat boʻladi:
barglarni supurish va toʻplash, ariqlarni tozalash;
koʻcha — yoʻllar tarmogʻining qatnov qismini, yoʻlkalar va maydonlarni supurish;
qattiq qoplamalarga muzga qarshi materiallar bilan ishlov berish;
qorlarni supurish va surish, sirpanchiqlarni bartaraf etish, koʻcha — yoʻllar tarmogʻining qatnov qismi, yoʻlkalar, maydonlarda hosil boʻlgan qor va qor-muzliklarni yoʻq qilish;
koʻp kvartirali uylar atrofidagi barcha hududlarni kunlik (yakshanbadan tashqari) sanitariya jihatidan tozalash, yoʻlkalarni, kirish yoʻllari zinalarini supurish;
hududlarni qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishdan tozalash;
chiqindi toʻplash shoxobchalarini tozalash, chiqindi qutilarini tozalash va yuvish.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
50. Uy atrofidagi hududlarni mexanizatsiya vositasida tozalash ishlari kunduzi amalga oshirilishi lozim.
Tozalash mashinalari yordamida tozalashning imkoni boʻlmagan joylar, ushbu mashinalar ish boshlashidan avval qoʻl yordamida tozalanishi lozim. Yoʻlkalar va uy atrofidagi hududlarning oʻtish yoʻllaridagi qor qoʻl yordamida tozalanganda kurak bilan toʻliq olib tashlanishi lozim.
17-bob. Mazkur qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish
51. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari (keyingi oʻrinlarda mansabdor shaxslar deb ataladi) mazkur Qoidalarga rioya qilinishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
52. Mazkur qoidalarning 3, 4 va 5-boblari talablarini buzish hollari aniqlanganda, mansabdor shaxslar quyidagi taʼsir koʻrsatish choralarini koʻradilar:
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishining monitoringi yoki davlat ekologik nazorati natijalari boʻyicha, dalolatnoma (maʼlumotnoma) rasmiylashtirgan holda, jismoniy va yuridik shaxslarga mazkur qoidalarning 3, 4 va 5-boblari talablarining buzilishi boʻyicha aniqlangan holatlarni bartaraf etish toʻgʻrisida majburiy koʻrsatmalar beradi;
qonun buzilishlarining jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bartaraf etilishi yuzasidan avvalgi monitoring yoki davlat ekologik nazorati natijalariga koʻra faqatgina dalolatnomada (maʼlumotnomada) koʻrsatilgan faktlar boʻyicha va muddatlarda yoki jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatiga koʻra — belgilangan muddatdan oldin, nazorat qiluvchi organ buyrugʻiga asosan bir ish kuni davomida nazoratni amalga oshiradilar;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.08.00 Tabiiy muhitni himoya qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan mansabdor shaxslarning majburiy koʻrsatmalari bajarilmagan hollarda, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikni buzganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish choralarini koʻradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 91 –– 913-moddalari.
Mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan funksiyalar nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organlar bilan qoʻshimcha kelishuvsiz amalga oshirilib, ular bir ish kuni davomida xabardor qilinadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.08.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik]
53. Maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga joylashtirgan shaxslarni aniqlashning imkoni boʻlmagan taqdirda, mansabdor shaxslar, mazkur qoidalarning 5-bandiga muvofiq hududlarni tozalash uchun masʼul boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning mablagʻlari hisobiga ruxsat etilmagan va tartibsiz chiqindixonalarni bartaraf etish yoki hududlarni tozalash, shuningdek, chiqindixona hududini qayta tiklash boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berish (ikki ish kunidan toʻrt ish kunigacha boʻlgan muddat belgilagan holda) huquqiga egalar.
Majburiy koʻrsatmalar masʼul shaxslar tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilmagan taqdirda, mansabdor shaxslar “Toza hudud” va “Maxsustrans” davlat unitar korxonalarini jalb etgan holda, ruxsat etilmagan va tartibsiz chiqindixonalarni bartaraf etish yoki hududlarni tozalash, shuningdek, chiqindixona hududini qayta tiklash choralarini koʻrib, majburiy koʻrsatmalarni bajarmagan shaxslarga sanitariya jihatidan tozalash xizmatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun hisob-kitoblarni (toʻlov muddatini belgilagan holda) taqdim etadilar.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik sud ish yurituvi / 17.05.03.00 Daʼvo ishi]
Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz muddatida toʻlamaslik yoki rad etish (bosh tortish) hollarida mansabdor shaxslar sudlarga toʻlovlarni undirish bilan bogʻliq daʼvolar kiritadilar.
54. Sogʻliqni saqlash vazirligi qonunchilikda belgilangan tartibda, aholi yashash joylarini tozalash obyektlari boʻyicha joriy sanitariya nazorati oʻrnatadi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
55. Ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 937-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/937/4054-son)
18-bob. Yakunlovchi qoida
56. Mazkur qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalariga ILOVA
Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish sxemasi
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublika Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-avgustdagi 216-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 40-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya qilinmaganligi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 295-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarning amalga oshirilishi monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tuzilmalar bilan kelishilmagan holda amalga oshiriladi.
Monitoring chiqindilarning amalda hosil boʻlgan hajmlari, chiqindilarning hosil boʻlish manbalari xatlovi materiallarida nazarda tutilgan ularni vaqtincha saqlash joylari, qayta ishlash va utillashtirish usullarining mosligini aniqlash maqsadida, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarini koʻzdan kechirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Chiqindilarning amalda hosil boʻlgan hajmlari, chiqindilarning hosil boʻlish manbalari xatlovi materiallarida nazarda tutilgan ularni vaqtincha saqlash joylari, qayta ishlash va utillashtirish usullarining nomuvofiqligi aniqlangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari quyidagi choralarni koʻradilar:
yuridik shaxslarga monitoring oʻtkazish natijalari boʻyicha dalolatnoma (maʼlumotnoma) rasmiylashtirgan holda, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida majburiy koʻrsatmalar beradilar;
qonun buzilishlarining yuridik shaxslar tomonidan bartaraf etilishi yuzasidan monitoring natijalariga koʻra faqat dalolatnomada (maʼlumotnomada) koʻrsatilgan faktlar boʻyicha va muddatlarda yoki yuridik shaxsning murojaatiga koʻra — belgilangan muddatdan oldin, nazorat qiluvchi organ buyrugʻiga asosan bir ish kuni davomida nazoratni amalga oshiradilar (bir vaqtning oʻzida bir nechta qonun buzilishlari boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berilgan hollarda majburiy koʻrsatmalarning bajarilishini nazorat qilish majburiy koʻrsatmalarning soʻnggi muddati tugaganidan soʻng bir marta amalga oshiriladi);
yuridik shaxslar tomonidan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida majburiy koʻrsatmalar bajarilmagan hollarda qonunchilikda belgilangan tartibda maʼmuriy jazo qoʻllaydilar.
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga xoʻjalik yurituvchi subyektga xoʻjalik va tashkiliy-boshqaruv xususiyatiga ega boʻlgan topshiriq berish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar oʻz faoliyatining qonuniyligi, xolisligi, uning qonun hujjatlariga muvofiq toʻgʻri tashkil qilinishi va amalga oshirilishi uchun javob beradilar”.