toggle_night_mode
Hujjat 27.09.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Fargʻona shahridagi filialini tashkil etish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika turizm tarmogʻi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
1. Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Fargʻona shahrida Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
respublikaning turizm tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha muhim vazifalarni hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro taʼlim standartlari darajasida tayyorlash;
turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalarida amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish;
mutaxassislar hamda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini taʼlim va ilm-fanning uzviyligi hamda uzluksizligi, shuningdek, jahon taʼlim va ilm hamjamiyatiga majburiy integratsiya hisobiga rivojlantirish;
kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan yangi taʼlim dasturlari hamda oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalarni va oʻqitish uslublarini faol takomillashtirish;
taʼlim va ilm-fan sohalarida xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda biznes-hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.
3. Belgilansinki:
Filial alohida mulk va mustaqil balansiga ega boʻlgan yuridik shaxs maqomidagi notijorat tashkilot shaklida tashkil etilib, tasarrufidagi pul mablagʻlari va mulklari boʻyicha oʻzining majburiyatlari yuzasidan javobgar hisoblanadi;
Filial Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) alohida tarkibiy boʻlinmasi hamda kadrlarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olgan holda, taʼlimning kelishilgan asosiy yoʻnalish (mutaxassislik)lari boʻyicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, jumladan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Filialda oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini eʼtiborga olgan holda Oliy maktab tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalar va dasturlar boʻyicha koʻproq ingliz tilida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
abituriyentlarni qabul qilish va Filial bitiruvchilarining attestatsiyasi Oliy maktab tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Oliy maktabning belgilangan namunadagi diplomi beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Filial faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasining qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.
4. Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Fargʻona shahridagi filialida mutaxassislarni oʻqitish va tayyorlashning asosiy yoʻnalish (mutaxassislik)lari 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oliy maktab:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik hamda axborot texnologiyalarini, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etishga;
mutaxassislarning malakasini oshirishga va Filialning professor-oʻqituvchilari tarkibini qayta tayyorlashga;
Filialning kutubxona fondini zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik hamda ilmiy-texnik adabiyotlar bilan shakllantirish va toʻldirishga koʻmaklashishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. 2018/2020 oʻquv yilida Filialni Fargʻona davlat universiteti binosiga vaqtincha joylashtirish belgilansin.
Fargʻona viloyat hokimligi ikki hafta muddatda Filialga taʼlim jarayonini tashkil etish standartlari va normalariga javob beradigan bino, shuningdek, Filial talabalari va oʻqituvchilari yashashi uchun yotoqxonani begʻaraz foydalanish huquqi bilan ajratsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Fargʻona viloyati hokimligi:
Filial taʼsis hujjatlarining ishlab chiqilishi hamda oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishida yordam koʻrsatsin;
Oʻzbekiston oliy taʼlim va ilmiy muassasalarining yuqori malakali oʻqituvchilari va mutaxassislarini keyinchalik Filialga ishga jalb qilish uchun saralash tanlovidan oʻtkazsin hamda stajirovkasini tashkil etsin.
8. Latviya Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Fargʻona shahridagi filiali Vasiylik kengashining (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) shaxsiy tarkibi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Belgilansinki:
a) Filialga qabul kvotalari Oliy maktabning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tayyorlangan asosli takliflari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Filialning faoliyatini moliyalashtirish:
Oliy maktabning oʻz mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda maqsadli badallaridan Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
v) Filialni tashkil qilish, uning moddiy-texnik va oʻquv bazasini shakllantirish boʻyicha tashkiliy tadbirlarni, shu jumladan taʼmirlash-tiklash ishlarini olib borish, bino va inshootlarni zarur mebel, anjomlar, zamonaviy oʻquv hamda laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, kompyuter va boshqa orgtexnika, kutubxona fondi bilan taʼminlash, shuningdek, Filialdagi mahalliy pedagog kadrlarning stajirovkasi va malakasini oshirish xarajatlarini moliyalashtirish Oliy maktab mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) Oliy maktabdan Filialga jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilarning xizmat safari xarajatlarini toʻlash:
Keyingi tahrirga qarang.
7 kungacha boʻlgan qisqa muddatli xizmat safarlari boʻyicha — Latviyaning qonun hujjatlari bilan oliy taʼlim muassasalari xodimlari uchun belgilangan normalarga muvofiq;
uzoq muddatli xizmat safarlari boʻyicha — oʻquv jarayoni ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Filialga oʻqituvchilik va ilmiy ishlar uchun taklif qilinadigan xorijiy pedagog kadrlarning yashash hamda transport xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha toʻlashga ruxsat etilsin.
11. Oliy maktabga Filialning bino va inshootlarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilinishini, shuningdek, Filial talabalari va oʻqituvchilari yashashi uchun yotoqxona tayyorlanishini 2020/2021 oʻquv yili boshlanishiga qadar taʼminlash tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Filial buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy pedagog kadrlar, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Filial buyurtmanomalariga binoan jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlarga hamda ularning oila aʼzolariga davlat boji undirilmasdan, koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Filial buyurtmanomalariga binoan Filialni tashkil qilishda va uning faoliyatida ishtirok etadigan malakali xorijiy pedagogik kadrlarni respublikaga jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi), shuningdek, xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Filialni jihozlash va uning faoliyatini taʼminlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan zamonaviy oʻquv jihozlari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyot, anjomlar va moddiy-texnika resurslari, shuningdek, avtotransport vositalari 2019-yil 1-iyunga qadar muddatda bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
16. Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-sentabr,
PQ-3952-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-sentabrdagi PQ-3952-sonli qaroriga
1-ILOVA
Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Fargʻona shahridagi filialida kadrlar tayyorlashning asosiy yoʻnalishlari (mutaxassisliklari)
Keyingi tahrirga qarang.
Bakalavriat yoʻnalishlari:
1. Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha).
2. Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish.
3. Madaniyat va sanʼat muassasalarini tashkil etish va boshqarish.
4. Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha).
5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish (tarmoqlar boʻyicha).
6. Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha).
Magistratura mutaxassisliklari:
1. Tadbirkorlik faoliyatini boshqarish.
2. Axborot tizimlari.
Izoh. Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) roʻyxati tashkilotlarning mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda filial Vasiylik kengashining qarori bilan toʻldirilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-sentabrdagi PQ-3952-sonli qaroriga
2-ILOVA
Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Fargʻona shahridagi filialining Vasiylik kengashi
TARKIBI

1.

Sh.M. Ganiyev

Fargʻona viloyati hokimi, kengash raisi


2.


B.N. Umarov



Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, kengash raisi oʻrinbosari

3.


O.K.
Abduraxmanov



Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari

4.


B.Z. Asadov



Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

R. Dyakon

Latviya Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabi prezidenti (kelishuv boʻyicha)

6.


lavozim boʻyicha


Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Fargʻona shahridagi filiali direktori

7.


O. Verdenxova



Latviya Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori

(kelishuv boʻyicha)

8.


A. Stankevichs



Latviya Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining maʼmuriy ishlari boʻyicha prorektori

(kelishuv boʻyicha)

9.

R.X. Maksudov

Fargʻona davlat universiteti rektori

Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtganida, uning tarkibiga, ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.