OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1969-yil 18-iyuldagi 340-son qarori bilan tasdiqlangan (OʻzSSR QT, 1969-y., 6-son, 60-modda) korxona, tashkilot va muassasaning hududidagi xizmat binosidan, shuningdek, ishlab chiqarish hududidan tashqari joyda xizmatga bogʻliq uy-joy (lavozimga bogʻliq kvartira) berilishi mumkin boʻlgan xodimlar toifalarining roʻyxati quyidagi tahrirdagi 17-band bilan toʻldirilsin.
“17. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati affinaj sexini qoʻriqlash harbiy qismining xizmatchilari.”