1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tadbirkorlik subyektlarini Andijon viloyatining kichik sanoat zonalariga jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, aholi bandligi va farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Andijon viloyatida kichik va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish doirasida, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida 6 ta kichik sanoat zonalari (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) faoliyat koʻrsatmoqda.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
2. Andijon viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Andijon viloyatida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha qoʻshimcha ravishda KSZlar tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
3. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
KSZlar hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik subyektlariga 10 yil muddat bilan uzoq muddatli ijaraga, keyinchalik ularga, biznes-rejalarni bajarilgan, ish oʻrinlari tashkil etilgan va saqlab qolingan, barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlangan taqdirda mulk huquqi beriladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
KSZlar hududidagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun u ijaraga berilgan davrda, ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, oshib boradigan koeffitsiyentlarni qoʻllamasdan ijara toʻlovining minimal stavkalari belgilanadi;
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
KSZ hududida yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qaroriga muvofiq ajratiladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
4. Andijon viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Andijon viloyatidagi KSZlarni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmalari, shu jumladan, mahalliy budjet va loyiha tashabbuskorlari mablagʻlari hisobiga elektr energiyasi bilan taʼminlash boʻyicha, moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda taklif kiritsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
5. Andijon viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda tijorat banklari bilan birgalikda belgilangan tartibda quyidagilarni taʼminlasin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
ikki oy muddatda — 2018-2019-yillarda Andijon viloyati hududida faoliyat koʻrsatayotgan va yangidan tashkil etilayotgan KSZlarda umumiy qiymati 300 mlrd. soʻm boʻlgan, importning oʻrnini bosadigan va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini chiqaradigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish yuzasidan aniq tadbirlar — “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, bunda Andijon viloyati iqtisodiyoti ehtiyojlarini, shuningdek, mavjud mineral-xom ashyo, qishloq xoʻjaligi resurslari va infratuzilmalarni hisobga olish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.03.00 Eksportni qullab-quvvatlash]
Andijon viloyatidagi KSZlar hududlarida oʻzlashtirishga tavsiya etilayotgan importning oʻrnini bosadigan va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
KSZlar hududlarida loyihalarni amalga oshirishga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek, Andijon viloyatidagi KSZlar hududlarida ishlab chiqarishlarni joylashtirishga investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va oʻz vaqtida koʻrish chiqish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Andijon viloyatidagi KSZlar hududlarida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.06.00 Yer tuzilishi. Yer tuzish jarayoni. Yer uchastkalari chegarasini oʻrnatish]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda ilovada* koʻrsatilgan KSZlar chegaralarini aniqlashtirsinlar.
7. Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida joylashgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 4-avgustdagi 588-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 32-son, 811-modda) 2-ilovaning 3, 4-pozitsiyalari va ularga iqtiboslar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri B.A. Xoʻjayev va Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-sentabr,
741-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2018-y., 09/18/741/1889-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)