Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasining Germaniyaning “Inpro Xotels” va “Shtaynberger Rezervatsion Servis” firmalari bilan Samarqand shahridagi “Afrosiyob” mehmonxonasini va Buxoro shahridagi “Buxoro” mehmonxonasini ularning boshqaruviga berish toʻgʻrisidagi bitimni imzolash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-noyabrdagi 449-son
qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
qarorning
nomidagi “Fransiyaning “Akkor” kompaniyasi” soʻzlari “Germaniyaning “Inpro “Xotels” va “Shtaynberger Rezervatsion Servis” firmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Akkor” kompaniyasi (Fransiya) kompaniyasi” soʻzlari “Germaniyaning “Inpro Xotels” va “Shtaynberger Rezervatsion Servis” firmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning
“a” kichik bandidagi “Akkor” firmasi” soʻzlari “Inpro “Xotels” va “Shtaynberger Rezervatsion Servis” firmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning
“b” kichik bandidagi,
3 va
5-bandlardagi “Akkor” kompaniyasi, “Akkor” kompaniyasiga”, “Akkor” firmasi” soʻzlari tegishli ravishda “Inpro Xotels” firmasi, “Inpro Xotels” firmasiga”, “Inpro Xotels” firmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.