1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Innovatsion faoliyatni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda faol innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qulay shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mahalliy ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida mamlakatda innovatsion tadbirkorlikning rivojlanish darajasini oshirishni qoʻllab-quvvatlaydigan “Yashnobod” innovatsion texnoparki, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilgʻor texnologiyalar markazi, shuningdek, vazirliklar va oliy taʼlim muassasalari qoshida boshqa shu kabi tashkilotlar tashkil etildi.
Shu bilan birga, “Yashnobod” innovatsion texnoparki va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazining samarali faoliyatini taʼminlash uchun ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga, shuningdek, innovatsion ishlanmalarni shakllanish bosqichidan boshlab ularni bozorga chiqquniga qadar ilgari surish va ishlab chiqarishga joriy qilishga yordam beradigan qulay shart-sharoitlarni yaratish zarur.
Innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy qilish ishlarini yanada kengaytirish, shuningdek, innovatsion tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimligining:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
“Yashnobod” innovatsion texnoparki direksiyasi” DUKni (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) Toshkent shahar hokimligi tasarrufidan chiqarib, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tuzilmasiga oʻtkazish va uni Direksiyaning taʼsischisi etib belgilash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tomonidan mahalliy ilmiy ishlanmalarni joriy qilish va tijoratlashtirishni koʻzda tutadigan ilmiy startaplarni grant yoki foizsiz qaytarish asosida birgalikda moliyalashtirish, bunda investorlarning oʻz mablagʻlari bilan ishtiroki investitsiyalar summasining 30 foizidan kam boʻlmasligi toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
a) ikki hafta muddatda Direksiyaning yangilangan ustavi, tuzilmasi, xodimlar mehnatiga haq toʻlash razryadlari, shtat jadvali va xarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
b) ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda “Yashnobod” innovatsion texnoparki (keyingi oʻrinlarda Texnopark deb ataladi) tuzilmasida ilmiy va innovatsion loyihalarni tijoratlashtirishni qoʻllab-quvvatlash uchun biznes-inkubator tashkil qilsin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-2019-yillar mobaynida Texnopark hududida ilmiy laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari, konsalting va marketing tashkilotlari, oʻquv markazlari va boshqa xizmat koʻrsatish tuzilmalari tashkil etish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini kengaytirish koʻzda tutilgan holda “yoʻl xaritasi” ishlab chiqsin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi (keyingi oʻrinlarda Ilgʻor texnologiyalar markazi deb ataladi) tuzilmasida yuqori texnologiyali kichik kompaniyalar uchun mavjud infratuzilma, xonalar, laboratoriyalar va asbob-uskunalarni imtiyozli shartlarda taqdim etgan holda Innovatsion startap-akselerator va startap-inkubator tashkil qilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
3. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
laboratoriya asbob-uskunalari, ishlab chiqarish maydonlari va ofis xonalari Ilgʻor texnologiyalar markazi rezidentlariga ijaraga 2 yil muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda 5 yilgacha uzaytirish huquqi bilan taqdim etiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
Ilgʻor texnologiyalar markazi rezidentlariga taqdim etilgan ishlab chiqarish maydonlari va ofis xonalarining ijara toʻlov stavkalari davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun belgilangan eng kam ijara haqi stavkasi miqdorida, koeffitsiyentlar oshirilishi qoʻllanmagan holda belgilanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
laboratoriya asbob-uskunalari, ishlab chiqarish, ofis xonalari va boshqa xonalarning ijarasi uchun rezidentlardan kelib tushadigan mablagʻlar istisno tariqasida, toʻliq hajmda Ilgʻor texnologiyalar markazi tasarrufida qoladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
4. Ilgʻor texnologiyalar markazi rezidentlari 2022-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda:
yer soligʻi, foyda soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yagona soliq toʻlovidan;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda tuziladigan roʻyxatlar boʻyicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish doirasida shaxsiy ehtiyojlar uchun xorijdan keltiriladigan asbob-uskuna, xomashyo, materiallar, reaktivlar va butlovchi buyumlar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinsin.
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining VIII boʻlimi.
5. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻsh turgan ishlab chiqarish maydonlari va Texnopark qurilishi uchun hududlarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida, investorga qurilayotgan ishlab chiqarish binolari va maʼmuriy binoga mulkchilik huquqini, shuningdek, yer maydonini uzoq muddatga ijaraga berish huquqini bergan holda Direksiyaga ajratish boʻyicha taklif kiritsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
6. Belgilansinki, Toshkent shahrida innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun Texnopark rezidentlariga hamda davlat-xususiy sheriklik asosida Texnoparkni qurish uchun Direksiyaga yer maydonlari ajratish, istisno tariqasida, Toshkent shahar hokimligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining taqdimnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat-xususiy sheriklik asosida innovatsion texnoparklarni qurish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning tasdiqlanishini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.06 Kreditlashning boshqa turlari]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Texnopark va Ilgʻor texnologiyalar markazi rezidentlarining innovatsion loyihalarini, shu jumladan rezidentlarga xizmat koʻrsatadigan tijorat banklari orqali kredit liniyalari ochish yoʻli bilan imtiyozli kreditlashni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Yoʻl va boshqa davlat jamgʻarmalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi Texnopark va Ilgʻor texnologiyalar markazi rezidentlarining innovatsion loyihalarini moliyalashtirish uchun beriladigan tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kafilliklar va kompensatsiyalar taqdim etilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Texnopark va Ilgʻor texnologiyalar markazini zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskuna bilan jihozlash uchun xalqaro moliya tashkilotlari va fondlarning texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash mablagʻlari va grantlarini jalb qilishda doimiy ravishda koʻmaklashsin.
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yetakchi xorijiy mamlakatlarning texnoparklari, innovatsion markazlari va boshqa shu kabi tuzilmalari bilan, shu jumladan, tajriba almashinish, oʻqitish, mutaxassislar stajirovkasi, hamkorlikda innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari boʻyicha hamkorlik oʻrnatishda Direksiyaga koʻmaklashsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Texnopark, Ilgʻor innovatsiyalar markazi va ularning rezidentlari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-sentabr,
721-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2018-y., 09/18/721/1872-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)