Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 692-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi
nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 10-sentabrdagi 138-sonli
buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga (OʻzR AQ-160) (roʻyxat raqami 1734, 2007-y., 29-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 44-son, 448-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Sertifikatlash toʻgʻrisidagi ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi uchun asos hisoblanadi. “Davavianazorat” inspeksiyasiga kelib tushgan ariza oʻsha kunning oʻzida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. “Davavianazorat” inspeksiyasi arizachiga ariza roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) berishi, ariza elektron shaklda berilgan taqdirda esa, ariza roʻyxatdan oʻtkazilganligini “Davavianazorat” inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi elektron xabar bilan, tegishli yozuvga havola bilan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usul bilan tasdiqlashi shart.
“Davavianazorat” inspeksiyasida arizani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
2.
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Aerodrom sertifikatini amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza bilan Davavianazorat inspeksiyasiga murojaat qilinadi.
“Davavianazorat” inspeksiyasi arizani koʻrib chiqadi va hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz ish kunidan oshmaydigan muddatda aerodrom sertifikatini beradi yoki uni berishni rad etadi.”.
3.
27-banddagi “kuni mobaynida” degan soʻzlar “kunidan koʻp boʻlmagan muddatda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
31-banddagi “ikki oy mobaynida” degan soʻzlar “oʻttiz ish kuni ichida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5.
42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Aerodrom sertifikatini bekor qilish yoki amal qilishini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror Davavianazorat rahbari tomonidan nazorat tekshiruvi oʻtkazish natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnomaga asosan qabul qilinadi. Davavianazorat inspeksiyasi tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay aerodrom ekspluatantini bu haqida yozma ravishda xabardor qiladi.”.