1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar;
2.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI IQTISODIY JINOYATLARGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
“Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 6-sentabrda 2034-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2009-yil 13-oktabrdagi 36-son (roʻyxat raqami 2034, 2009-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 492-modda) “Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi A. MAVLONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-iyul,
36-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2018-yil 31-iyuldagi 36-son buyrugʻiga ILOVA
“Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Buyruq muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:”.
“Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.”;
“maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud koʻchirishni taqiqlash;
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
operatsiyalarni toʻxtatib turish — mijozning pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni koʻchirish, konversiyalash, oʻzga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarni bajaradigan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxslar.”;
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga oid tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va ularni kamaytirish;”;
uchinchi xatboshi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlardan keyin “yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotlarni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida taqdim etish;
Roʻyxatga kiritilgan shaxslar ishtirokchisi boʻlgan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni toʻxtatib turish va toʻxtatib turilgan kunning oʻzida bunday operatsiyalar haqida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish;”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
Roʻyxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash.”;
birinchi xatboshidagi “Departamentga” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga (bundan buyon matnda — Asillik palatasi deb yuritiladi) va maxsus vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Departamentni” degan soʻz “Asillik palatasini va maxsus vakolatli davlat organini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 7-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Departamentga” va “Departamentning” degan soʻzlar tegishlicha “maxsus vakolatli davlat organiga” va “maxsus vakolatli davlat organining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 7-bandning oltinchi xatboshisidagi, 10, 261 va 27-bandlaridagi “Departament” degan soʻz “Asillik palatasi va maxsus vakolatli davlat orani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) Quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
“111. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazish.
Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha yuqorida koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga nisbatan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar:
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash boʻyicha oqilona choralarni koʻrishi;
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina tashkilotlarining rahbariyati ruxsati bilan kirishishi;
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishlari lozim.”;
“Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoxud Roʻyxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar yoki Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;”;
l) 176-bandning birinchi xatboshisi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlardan keyin “yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“20. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan toʻxtatilishi lozim, agarda:
mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelsa;
operatsiya qatnashchilaridan biri Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa;
operatsiya qatnashchisi boʻlgan yuridik shaxs Roʻyxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa.
Roʻyxatga kiritilgan shaxsning operatsiyasi toʻxtatib turilganda va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyilganda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mulkning miqdori koʻrsatilgan holda bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya toʻgʻrisida xabar yuborishlari lozim.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar toʻxtatilgan operatsiyani oʻtkazishni tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.”.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi bilan kelishilgan.
Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi bosh direktori B. SABIROV
2018-yil 31-iyul
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 10/18/2034-3/1852-son)