1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.71.00 (Кучини йукотган) Oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi (litseylar, kolledjlar);
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
buyrugʻi
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman (shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar. viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. ISROILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-iyul,
10-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 9-iyuldagi 10-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ommaviy sport tadbirlari — 100 va undan koʻp kishilarning ishtirokida sport musobaqalarini, oʻquv-mashq jarayonini va sportchilar ishtirokida sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha boshqa tadbirlar (xalq sayillari, festivallar, milliy namoyishlar va oʻyinlar, koʻrik-tanlovlar, koʻrgazmali chiqishlar)ni oʻtkazish maqsadida sport inshootlarida tashkil qilinadigan fuqarolarning birgalikda qatnashishlari;
sport jamoalari — ommaviy sport tadbirlarida qatnashayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilaridan iborat turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari, tibbiyot mutaxassislari va boshqa mutaxassislardan iborat ommaviy sport tadbirlariga tayyorlanish va ularda Oʻzbekiston Respublikasining hududida qatnashish maqsadida tashkil etiladigan jamoalar;
ommaviy sport tadbiri tashkilotchilari — oʻz tashabbusi bilan sport tadbiri oʻtkazayotgan va (yoki) bunday tadbirni tayyorlash hamda oʻtkazishni tashkiliy, moliyaviy va moddiy jihatdan taʼminlashni amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs(lar);
ommaviy sport tadbiri ishtirokchilari — ommaviy sport tadbirlari tashkilotchilari, sport jamoalari, sportchilar va boshqa shaxslar, shuningdek tomoshabinlar;
sport inshooti — sport tadbirlari va ommaviy sport tadbirlarini, sport turlari boʻyicha oʻquv-mashq mashgʻulotlari va oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan, oʻziga qoʻyiladigan norma va talablarga javob beradigan hamda tegishli pasportga ega boʻlgan yopiq yoki ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot.
2. Ommaviy sport tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi (bundan buyon matnda tegishli vazirlik va idoralar deb yuritiladi) va ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalari talablariga muvofiq tegishli ruxsatnoma olinganidan soʻng boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
3. Ommaviy sport tadbirlari tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga asosan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.
4. Ommaviy sport tadbirlari jarayonlari videotasvirga tushirilishi lozim.
5. Ommaviy sport tadbirlarini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7. Ommaviy sport tadbirlarining keyingi bosqichlarida avvalgi bosqichlarda ishtirok etgan sport jamoalarining tarkibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ommaviy sport tadbirlarining keyingi bosqichiga yoʻllanma olgan sport jamoasidagi oʻquvchi sogʻligʻi sababli keyingi bosqichlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega emasligi toʻgʻrisidagi tibbiyot muassasasining xulosasi hakamlar hayʼatiga taqdim etilgan hollar bundan mustasno.
8. Ommaviy sport tadbirlarida ishtirok etuvchi sport jamoalari sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga, musobaqa oʻtkazilayotgan vaqtda jamoat tartibi va intizomiga amal qilishlari lozim.
3-bob. Ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha ishlarni tashkil qilish
9. Ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha butun tadbirlar kompleksini bajarish uchun tegishli vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari oʻz buyruqlari bilan tashkiliy qoʻmitalar, hakamlar hayʼatlari, apellyatsiya komissiyalarini tashkil etadi.
ommaviy sport tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishda yagona uslubiy yondashuvni taʼminlaydi;
hakamlar hayʼatlari, apellyatsiya komissiyalari tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
sport jamoalarining ommaviy sport tadbirlariga kelishi bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi;
ommaviy sport tadbirlarini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilinishi yuzasidan ishlarni tashkillashtiradi.
11. Ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish uchun tegishli vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan sport federatsiyalari bilan kelishilgan holda hakamlar hayʼatlari tarkibi tasdiqlanadi.
12. Hakamlar hayʼatlari sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga asosan gʻoliblarni aniqlaydi va ommaviy sport tadbirlari yakunlarini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi.
13. Musobaqa natijalaridan norozi boʻlgan sport jamoalari musobaqa natijalari eʼlon qilingandan keyin 2 kun davomida tegishli vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalari buyruqlari bilan tashkil etiladigan apellyatsiya komissiyasiga yozma murojaat etish huquqiga ega.
14. Apellyatsiya komissiyasi hakamlar hayʼatlari tarkibida boʻlmagan kamida uchta mutaxassisdan iborat tarkibda tuziladi.
Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda sport jamoalari ishtirok etish huquqiga ega.
Apellyatsiya komissiyasi 24 soat ichida apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqadi. Bunda apellyatsiya komissiyasi tomonidan sportchining musobaqadagi natijalari hakamlar hayʼati tomonidan toʻgʻri qoʻyilganligiga baho beriladi va uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qilinadi.
Qaror 24 soat ichida sport jamoasiga yetkazilishi lozim.
4-bob. Ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish
15. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan ommaviy sport tadbirlari quyidagi toʻrt bosqichda oʻtkaziladi:
birinchi bosqich (taʼlim muassasasi bosqichi) — umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida sport turlari boʻyicha oʻtkaziladi;
ikkinchi bosqich (tuman (shahar) bosqichi) — tumanda (shahar) joylashgan barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarining birinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi;
uchinchi bosqich (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi) — ikkinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi;
toʻrtinchi bosqich (respublika bosqichi) — uchinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi;
16. Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan ommaviy sport tadbirlari quyidagi toʻrt bosqichda oʻtkaziladi:
birinchi bosqich (akademik litsey va kasb-hunar kolleji bosqichi) — akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi:
ikkinchi bosqich (tuman (shahar) bosqichi) — tumanda joylashgan barcha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining birinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi;
uchinchi bosqich (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi) — ikkinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi;
toʻrtinchi bosqich (respublika bosqichi) — uchinchi bosqich ommaviy sport tadbirlari gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladi;
17. Ommaviy sport tadbirlarining birinchi bosqichida umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotgan barcha oʻquvchilar ishtirok etish huquqiga ega.
18. Ommaviy sport tadbirlarining birinchi bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar oʻzi tahsil olayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejining jismoniy tarbiya oʻqituvchisiga murojaat qiladi.
19. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari ommaviy sport tadbirlarida qatnashish istagini bildirgan oʻquvchilardan sport jamoalarini shakllantiradi.
20. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida birinchi bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sport jamoalari keyingi bosqichga yoʻllanma olishadi.
21. Ommaviy sport tadbirlarining gʻoliblarini aniqlash va musobaqalarini yakunlash shartlari har bir ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan musobaqa nizomida belgilanadi.
Musobaqa nizomi sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga muvofiq boʻlishi lozim.
22. Ommaviy sport tadbirlarining gʻoliblari tadbir tashkilotchilari tomonidan birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali diplom, medal va kuboklar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishlari mumkin.
5-bob. Yakuniy qoidalar
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
24. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan.
Xalq taʼlimi vaziri Sh. SHERMATOV
2018-yil 9-iyul
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
2018-yil 9-iyul
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUHAMEDOV
2018-yil 9-iyul
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
___________________(F.I.O.)
20______ yil “___”_________
Sport jamoasi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilgan
TALABNOMA
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan yil, oy, kun
Oʻquvchi qatnashayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji nomi
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji shifokorining xulosasi
Oʻquvchining 3x4 sm oʻlchamdagi fotosurati
1.
2.
3.
Zaxira
1.
2.
Sport jamoasi rahbari va trenerlar roʻyxati
1.
2.
Musobaqada ishtirok etuvchi oʻquvchilar soni: ____________
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi, akademik litsey
yoki kasb-hunar kolleji shifokori:____________ ___ (F.I.O., imzo)
Jamoa bosh treneri: __________ ____ (F.I.O., imzo)