toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 23.02.1996 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA” 1994 YIL 4 MARTDAGI 114-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirib olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorining 2-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomning IV bobining 9-bandi “k” kichik bandi chiqarib tashlansin va uning oʻrniga quyidagi mazmundagi “k” va “l” kichik bandlar kiritilsin:
“k) korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan davlat budjetiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni va ular boʻyicha boqimandalarni soʻzsiz undirib olish;
l) fuqarolar, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan soliqlar va boshqa toʻlovlar boʻyicha boqimandalarni davlat foydasiga undirib olish toʻgʻrisida tegishli sudlarga daʼvo arizasi berish”.
2. IV bobning 9-bandi “l” — “r” kichik bandlari tegishli ravishda “m” — “s” kichik bandlar deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 23-fevral,
73-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 2-son, 8-modda)