Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining kasb-hunar taʼlimi markazining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 515-son
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2008-yil 30-apreldagi 01-148Q/Q, 118, 16/QQ-son qarori (roʻyxat raqami 1812, 2008-yil 19-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 189-modda) bilan tasdiqlangan “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisida”gi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimini tartibga soladi.”.
2.
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Davlat taʼlim standartlarining (bundan buyon matnda Davlat taʼlim standartlari deb yuritiladi) tarkibiy qismi boʻlib hisoblanadi.”.