1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining
Qarori
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 21-dekabrdagi 31-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3404, 22.12.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 547-son “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
1. Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga qiradi.
Ichki ishlar vaziri P.R. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-avgust,
58-son
Bosh prokuror O.B. MURODOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-avgust,
50-qq-son
Davlat xavfsizlik xizmati raisi I.B. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-avgust,
7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2018-yil 24-avgustdagi 58, 50-qq, 7-son qaroriga ILOVA
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining (bundan buyon matnda DYHXX deb yuritiladi) boʻlinmalari tomonidan yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
yengil avtotransport vositasining egasi — avtotransport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
murojaat etuvchi shaxs — yengil avtotransport vositasi (M1 toifa) oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsat berishni soʻrab murojaat qilgan Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy yoki yuridik shaxsi, chet el fuqarosi yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash maqomiga ega boʻlgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs yoki chet el fuqarosining ichki ishlar organlarida doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi qayd etilgan milliy pasportiga ega boʻlgan shaxs, chet el davlatlarining Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatuvchi vakolatxonalari yoki yuridik shaxslari;
3. Ruxsatnomani berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalarining roʻyxatlash va imtihon olish boʻlinma (boʻlim, boʻlinma, punkt)lari (bundan buyon matnda DYHXXning hududiy boʻlinmalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
DYHXXning har bir hududiy boʻlinmalari oʻzining xizmat koʻrsatish hududida roʻyxatga olingan yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnomani beradi.
4. Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Innovatsion loyihalar va aholiga servis xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK (bundan buyon matnda ish bajaruvchi deb yuritiladi) tomonidan ruxsatnoma va tasdiqlangan davlat standartiga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Yengil avtotransport vositalari old oynasining tepa qismi tusini eni 14 sm dan koʻp boʻlmagan va yorugʻlik oʻtkazuvchanligi 30 foizdan kam boʻlmagan polosa shaklida oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma olish talab etilmaydi.
Yengil avtotransport vositalari old oynasining tepa qismi tusini eni 14 sm dan koʻp boʻlmagan va yorugʻlik oʻtkazuvchanligi 30 foizdan kam boʻlmagan polosa shaklida oʻzgartirish (qoraytirish):
yengil avtotransport vositasining egasi tomonidan mustaqil ravishda;
ish bajaruvchi tomonidan (ish bajaruvchi tomonidan tasdiqlangan narxlar asosida) amalga oshirilishi mumkin.
8. Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma yengil avtotransport vositasi egasiga uning DYHXXning hududiy boʻlinmasiga mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalardagi shaklga muvofiq berilgan arizasiga asosan beriladi.
Ariza murojaat etuvchi shaxs tomonidan DYHXXning hududiy boʻlinmalariga shaxsan topshiriladi.
9. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova etilishi lozim:
a) yengil avtotransport vositasi egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (jismoniy shaxslarga — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, harbiy xizmatchilar uchun — harbiy qism yoki harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki harbiy bilet (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy biletlari bundan mustasno), chet el fuqarolari uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ichki ishlar organlarining doimiy yoki vaqtinchalik propiska joyi haqida belgi qoʻyilgan chet el fuqarosining milliy pasporti, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi);
b) yengil avtotransport vositasining egasiga tegishliligini tasdiqlovchi (texnik pasport, texnik talon) roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
v) yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnomani olishga ishonchnoma va ishonchnoma berilgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsat berish uchun (Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslari, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan chet el vakolatxonalari va yuridik shaxslari);
ish bajaruvchi tomonidan tasdiqlangan narxlar asosida avval oʻrnatilgan va mexanik shikastlanish natijasida yaroqsiz holga kelgan tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynani yoki tusini oʻzgartiruvchi materialni tiklashga ish bajaruvchining xizmatlari uchun bank toʻlov hujjati.
Murojaat etuvchi shaxsdan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab etish mumkin emas.
10. Ruxsatnoma olish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlar, shuningdek hujjatlar namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
12. Ruxsatnoma tegishli hududiy DYHXX boʻlinmasiga xizmat koʻrsatuvchi ish bajaruvchining filialiga ishlarni amalga oshirish maqsadida berish uchun murojaat etuvchi shaxsga maxsus roʻyxatga olish kitobiga imzo qoʻyilgan holda beriladi.
13. DYHXXning tegishli hududiy boʻlinmasiga xizmat koʻrsatuvchi ish bajaruvchining filiali tomonidan:
tasdiqlangan davlat standartiga muvofiq taqdim etilgan yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlari bajariladi;
mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) boʻyicha bajarilgan ishlar hisobini yuritish kitobiga yozuv kiritiladi. Bunda yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirgan (qoraytirgan) filialning ish bajaruvchi xodimi tomonidan ruxsatnomaning orqa tomoni toʻldiriladi, imzolanadi va shaxsiy shtampi bosiladi.
14. DYHXXning hududiy boʻlinmasi xodimi yengil avtotransport vositasining hisobga olish (elektron va qogʻoz shakldagi) maʼlumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi (berilgan ruxsatnomaning seriyasi, raqami, berilgan joyi, vaqti va amal qilish muddati).
Ruxsatnomani berishning boshqa asoslarga, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligiga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda ruxsatnomalarni hisobga olish kitobi va arizada rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yozuv kiritiladi, murojaat etuvchi shaxsning talabiga asosan arizaning nusxasi taqdim etiladi.
4-bob. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatini berish
18. Ruxsatnoma faqatgina:
yengil avtotransport vositasining hisobga olish maʼlumotlariga oʻzgartirish kiritilganida (qayta jihozlash, davlat raqam belgisi va roʻyxatga olish guvohnomasi oʻzgartirilganda);
egasining maʼlumotlarida oʻzgarish boʻlganida (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, sharifi oʻzgarganida, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning turar joyi (pochta manzili) yoki nomlanishi oʻzgartirilganda);
yengil avtotransport vositalari oynalarini mazkur Nizomning 5-bandida belgilangan tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynalarning yorugʻlik oʻtkazuvchanlik darajasi oʻzgartirilganda qayta rasmiylashtiriladi.
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uning egasi tomonidan qayd etilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etilgan arizasi asosida amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma avval berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatigacha qayta rasmiylashtiriladi.
19. Yengil avtotransport vositasining egasi oʻzgarganda yangi egasiga avvalgi ruxsatnomaning qolgan amal qilish muddatiga DYHXXda qayta roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida qayta rasmiylashtirib beriladi.
20. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartib asosida amalga oshiriladi.
21. Ruxsatnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holatga keltirilgan taqdirda uning dublikati murojaat etuvchi shaxsning arizasiga asosan beriladi. Yaroqsiz holga keltirilgan ruxsatnomaning asli arizaga ilova qilinadi.
Ruxsatnoma dublikatini berish va qayta rasmiylashtirish uchun eng kam oylik ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida toʻlov undiriladi.
DYHXXning hududiy boʻlinmasi ruxsatnoma dublikatini hujjatlar qabul qilinganidan soʻng ikki soat ichida berishi shart.
Dublikat berilganda avval berilgan ruxsatnoma bekor qilinadi, yoʻqotilgan ruxsatnoma dublikat berilganidan soʻng topilganda u haqiqiy emas deb hisoblanadi va hududiy DYHXXga belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun topshirilishi lozim.
5-bob. Yakuniy qoidalar
22. Ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi, egasi uni amal qilish muddati tugashidan oldin foydalanishdan voz kechgan taqdirda, toʻlovning qolgan qismi qaytarilmaydi.
Ruxsatnoma asosida oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalaridan mazkur avtotransport vositasini boshqarish huquqi boʻlgan shaxslar foydalanishi mumkin.
23. Ruxsatnoma blankasi qatʼiy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi, uni tayyorlash, saqlash, sarflash va uning hisobini yuritish DYHXX organlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24. Ish bajaruvchi yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlarini bajarganidan soʻng mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq murojaatda koʻrsatilgan yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlari bajarilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiradi.
25. Oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalaridan ruxsatnoma olmasdan foydalanish, shuningdek yengil avtotransport vositasining oynalarini tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma olgan holda oynalarning yorugʻlik oʻtkazuvchanligini mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilganidan yuqori foizga oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
________________________________YHXB (QR IIV, Toshkent sh. IIBB, viloyatlar IIB) _____________________________ boshligʻiga (ROʻ va IOB)
Yuridik shaxslarga (Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga) tegishli yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish yuzasidan ARIZA
___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ yengil (yengil avtotransport vositasining rusumi, turi va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi)
avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berishingiz va oʻzgartirish ishlarini amalga oshirishingizni soʻrayman.
Arizaga ilova etilayotgan hujjatlar roʻyxati:
________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ (Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga muvofiq toʻldiriladi)
Rahbar
________(imzo)
__________________(F.I.O.)
Izoh. Yuridik shaxs nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan holda firma blankasida toʻldiriladi.
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
_________________________________YHXB (QR IIV, Toshkent sh. IIBB, viloyatlar IIB)_____________________________boshligʻiga (ROʻ va IOB)
___________________________________dan (murojaat etuvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi)
Jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish yuzasidan ARIZA
___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ yengil (yengil avtotransport vositasining rusumi, turi va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi)
avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berishingiz va oʻzgartirish ishlarini amalga oshirishingizni soʻrayman.
Arizaga ilova etilayotgan hujjatlar roʻyxati:
________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ (Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga muvofiq toʻldiriladi)
____________________________ (murojaat etuvchi shaxs imzosi)
____________________________(F.I.O.)
20_____yil “_____”___________
Izoh. Jismoniy shaxs tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari koʻrsatilgan holda toʻldiriladi.
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
____________________________________ YHXB______________________________________________ tomonidan
(QR IIV, Toshkent sh. IIBB, viloyatlar IIB)
(ROʻ va IOB)
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) berilgan ruxsatnomalarni berishni maxsus roʻyxatga olish KITOBI
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnomaning
NAMUNASI
Yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma namunasining
TAVSIFI
Yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma toʻrtburchak shakldagi, oʻlchamlari 80 x 130 mm. boʻlgan, zichligi bir kvadrat metrga 140+/-5 grammli 100% paxtadan olingan qogʻozdan tayyorlanadi. Qogʻoz qatlami orasiga joylashgan, ultrabinafsha nurda koʻrinadigan koʻk va och yashil rangli tola hamda nurda yaxshi ajralib turadigan “paxta chanogʻi” koʻrinishidagi umumiy “suv belgi”si mavjud.
Ofsetli yozuv, seriyasi ikki harfli, nomeri oltita raqamli.
Blanka quyidagi maxsus himoyalarga ega:
kimyoviy taʼsirga bardoshli poligraf boʻyoqdan foydalanilgan, yuza qismidagi kataklarda nusxa olishga va skaner qilishga qarshi ingichka chiziqlar mavjud. Bir rangdan boshqa rangga rasm chiziqlari buzilmasdan ohista jilovlanishi taʼminlangan. Juda kattalashtirilganda mikromatn koʻrinadi, ultrabinafsha nurda koʻrinmaydigan tasvirlar va oltiraqamli son koʻrinadi. Maxsus qabariq va oʻyiqlar mavjud.
Kirill alifbosi harflaridagi oʻzbek tili qoʻllangan.
Ruxsatnomaning old tomonida uning nomlanishi rus tilida yozilgan, seriya va raqamlari mavjud, avtotrasnport vositasining turi, rusumi, roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi, rangi, egasining maʼlumotlari, berilgan DYHXX hududiy boʻlinmasi nomi, bergan mansabdor shaxsning lavozimi, F.I.O., berilgan sanasi va amal qilish muddati koʻrsatiladi.
Ruxsatnomaning orqa tomonida yengil avtotransport vositasi oynalarining yorugʻlik oʻtkazuvchanligi koʻrsatkichlari orqa, orqa yon tomonlari uchun alohida, oʻzgartirish (qoraytirish)ni amalga oshirgan Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi DUKning hududiy filiali nomi, masʼul shaxsning lavozimi, F.I.O., oʻzgartirish (qoraytirish) bajarilgan sana koʻrsatiladi.
Ruxsatnomadagi yozuvlar siyoh ruchkada, yoki chop etish printerida kiritiladi, DYHXX mansabdor shaxsining imzosi va muhr bilan, orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi DUKning hududiy filiali masʼul shaxsi imzosi va shtampi bilan tasdiqlandi.
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari koʻrsatish markazi” DUKning ______________ filiali tomonidan yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) boʻyicha bajarilgan ishlar hisobini yuritish
KITOBI
T/r
transport vositasi egasining F.I.O.
avtomobil rusumi
ROʻDRB
Sarflangan mahsulot (material) miqdori (oʻlch. bir.)
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlari bajarilganligi toʻgʻrisida Dalolatnomasi № ____
Qayd etish guvohnomasining seriyasi _____________ № _____________
Sarflangan mahsulot (material)ning sertifikati _________________________________
oynalarning tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan)dan keyingi yorugʻlik oʻtkazuvchanligi koʻrsatkichlari:
orqa
_____ %;
orqa yon (oʻng tomon)
_____ %;
orqa yon (chap tomoni)
_____ %.
Old oynasi tepa qismining tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) polosasi eni _____ sm.
Oynalar yorugʻlik oʻtkazuvchanligi oʻlchangan asbobning sertifikati _____________________
Izoh ____________________________________________________________________________________________ (oynalari mexanik shikastlangan yoki avtotransport vositasidan foydalanish
________________________________________________________________________________________________ taqiqlangan shartlar mavjud boʻlgan holatlar)
Xulosa: mazkur yengil avtotransport vositasining tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynalari ________________________________________________________________________ talablariga muvofiq keladi.
(standart raqami)
Dalolatnomani tuzdi:
__________________
_________________
___________________________
(lavozimi)
(imzosi)
(F.I.O.)
20____ yil “_____” _____________________
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari koʻrsatish markazi” DUK filialining yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlarini bajargan va oynalarning yorugʻlik oʻtkazuvchanligini oʻlchagan xodimi tomonidan toʻldiriladi.
Oynalar yorugʻlik oʻtkazuvchanligi bunga moʻljallangan va qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtgan maxsus asbob yordamida bajariladi.