Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi bilan “MBNS” kompaniyasi (Chexiya) oʻrtasida tuzilgan kontraktni mablagʻ bilan taʼminlash shartlari oʻzgarganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, loyihaning valyuta qismini mablagʻ bilan taʼminlash:
kontrakt qiymatining “EGAP” (Chexiya) eksport-kredit agentligi sugʻurta mukofoti qiymatining 85 foizi miqdoriga koʻpaytirilgan 43060 ming AQSh dollari miqdoridagi 85 foizi “ING Barings” banki (Chexiya filiali) krediti hisobiga, kredit mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan 7 yil muddatga qayta moliyalashtirish yoʻli bilan;
kontrakt qiymatining “AIG” kompaniyasining sugʻurta qoplamasi ostidagi “EGAP” eksport-kredit agentligi sugʻurta mukofoti qiymatining 15 foizi miqdoriga koʻpaytirilgan 7600 ming AQSh dollari miqdoridagi 15 foizi – “ING Barings” banki krediti hisobiga, kredit mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan 1,5 yil muddatga qayta moliyalashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan kontrakt qiymatining 85 foizi summasiga chet el krediti boʻyicha asosiy qarzni, foizlarni va boshqa moliyaviy chiqimlarni toʻlash Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasining ammiakli selitrani eksportga sotishdan olingan oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga 1-ilovaga
* muvofiq amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “EGAP” eksport-kredit agentligining va “AIG” sugʻurta kompaniyasining sugʻurta qoplamasi ostida “ING Barings” banki (Chexiya filiali) bilan kredit bitimlari tuzsin va xorijiy bank mablagʻlarini Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi uchun qayta moliyalashtirishni taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 484-son qarorining
4-bandi, 5-bandining birinchi xatboshi,
6-bandi, qarorga 2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.