Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PF-5441-son “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 175-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456, 2013-yil 13-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
159-band quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“159. Advokatning himoya ostidagi shaxs bilan audio va video kuzatuv qurilmalari boʻlmagan maxsus xonada hamda begona shaxslarning ishtirokisiz oʻz vaqtida va hech qanday toʻsiqlarsiz uchrashishi taʼminlanadi, bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual koʻrib turish imkoniyati saqlab qolinadi.”;
2.
161-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“161. Mazkur Qoidalarning 160 va 1621-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha advokat bilan uchrashuv muddatidan ilgari toʻxtatilgan taqdirda, TH maʼmuriyati tomonidan advokatlik siri va daxlsizligini taʼminlashga doir qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma nusxasi JIEBBga, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga va guvohnoma bergan hududiy adliya organiga zudlik bilan yuboriladi.
Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi dalolatnomada koʻrsatilgan holatlar yuzasidan koʻrilgan choralar toʻgʻrisida JIEMga axborot beradi.”.
3. Quyidagi mazmundagi 1621-band bilan toʻldirilsin:
“1621. Advokatning himoya ostidagi shaxs bilan uchrashish jarayonida elektron vositalardan (mobil telefon, fotoapparat va diktofon) foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bunda advokat tomonidan elektron vositalardan maʼlumotlarni qayd etish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.”.
4. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy sudi va Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.