toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.12.2022
Hujjat 15.08.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 695-sonli “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2018-yil 29-martdagi PF-5389-son Farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi faoliyatini takomillashtirish, isteʼdodli qizlarni tanlash va ularning iqtidorini turli yoʻnalishlarda namoyon qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining yangilangan tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi (T. Narbayeva)ga komissiya aʼzolari tomonidan iqtidorli qizlarning imkoniyatlarini namoyon qilish, ularning bilim va salohiyatlarini hayotga keng tatbiq etish borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish, ushbu yoʻnalishda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti hududiy komissiyalariga amaliy yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining yangi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2012-yil 31-yanvardagi 23-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-avgust,
650-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-avgustdagi 650-son qaroriga
ILOVA
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining
TARKIBI

1.

T. Narbayeva

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi

2.

S. Ashurov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi oʻrinbosari (kelishuv asosida)

3.

B. Sayfullayev

madaniyat vaziri

4.

E. Basitxanova

sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari

5.

S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

6.

D. Tashmuxamedova

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori

7.

R. Ubaydullayeva

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori

8.

J. Shermuhammedova

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi ekspert kengashi aʼzosi, falsafa fanlari nomzodi

9.

D. Kattaxanova

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi oʻrinbosari, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori

10.

G. Xoliqulova

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori

11.

M. Pardayeva

Xalq taʼlimi vazirligi Respubli�a taʼlim markazi direktori oʻrinbosari

12.

Sh.Turdiqulova

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi direktori

13.

A. Nuriddinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

14.

A. Kadirov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

15.

I. Mirzaaliyev

Oʻzbekiston xalq shoiri

16.

M. Ulugʻova

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira

17.

X. Komilova

“Osiyo ramzi” Oʻzbekiston dizaynerlar uyushmasi raisi

18.

M. Abbosova

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yosh ijodkorlar kengashi” nodavlat notijorat tashkiloti raisi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori

19.

O. Abdullayeva

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bastakorlik va cholgʻulashtirish kafedrasi mudiri, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori

20.

N. Qurbonova

Respublika “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi direktori

21.

M. Usmonova

“Saodat” jurnali bosh muharriri, Komissiya masʼul kotibi

Izoh. Komissiyaning aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 09/18/650/1700-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)