Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish va Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3774-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining ““Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 27-yanvardagi 21-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 5-modda)
1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Navoiy viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasini Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Doʻstlik” agrofirmasining 205 — 216, 381a — 388, 404 — 470 konturlardagi 500 gektar boʻlgan maydonda hamda Navoiy shahri, S. Ayniy koʻchasidagi umumiy yer maydoni 81,4 gektar boʻlgan 27 va 69-uy manzillarida joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Navoiy viloyati hokimi K.B. Tursunov zimmasiga yuklansin.