Veterinariya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 328-sonli “Veterinariya faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-noyabrdagi 479-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Veterinariya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-iyul,
590-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-son qaroriga ILOVA
Veterinariya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“2. Litsenziya berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish, dublikat berish, filial ochish yoki faoliyat (filial) manzilini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorlar veterinariya faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha quyidagi litsenziyalovchi organ, jumladan:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Qoʻmita” deb ataladi) tomonidan:
veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlari boʻyicha;
veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qoʻshimchalari, biologik preparatlar va zoogigiyena vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash boʻyicha;
veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun biologik preparatlar realizatsiyasi boʻyicha;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda “Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari” deb ataladi) tomonidan:
veterinariya davolash-profilaktika ishlari boʻyicha;
veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qoʻshimchalari va zoogigiyena vositalari realizatsiyasi boʻyicha qabul qilinadi.
Litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ular yuzasidan xulosa tayyorlash uchun litsenziyalovchi organ Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari hamda tuman (shahar) veterinariya boʻlimlarining rahbar va xodimlarini ekspert sifatida (keyingi oʻrinlarda ekspert deb ataladi) jalb qiladi va ularning faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisidagi nizom Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi”.
2. Quyidagi mazmundagi 21-band qoʻshilsin:
“21. Litsenziyalovchi organ faoliyatini muvofiqlashtirish, litsenziyalash tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash, Qoʻmita tomonidan beriladigan litsenziyalarning reyestrini yuritish, litsenziyalovchi organ tomonidan faoliyat yoʻnalishlarini litsenziyalash sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi”.
“3. Litsenziyalanadigan veterinariya faoliyati quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
veterinariya laboratoriya — diagnostika ishlari;
veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qoʻshimchalari, biologik preparatlar va zoogigiyena vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash;
veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun biologik preparatlarni realizatsiya qilish;
veterinariya davolash — profilaktika ishlari;
veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qoʻshimchalari va zoogigiyena vositalarini relizatsiya qilish.
Veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari roʻyxati Qoʻmita tomonidan belgilanadi.
Ushbu bandning uchinchi xatboshidagi faoliyat yoʻnalishlariga yoki uning bir qismiga (qismlariga) ega boʻlgan litsenziatlarga oʻzlari tomonidan ishlab chiqarilgan yoki tayyorlangan veterinariya preparatlarini realizatsiya qilish huquqi beriladi.
Litsenziya talabgorlariga:
ushbu bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshlarida koʻrsatilgan faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha litsenziyalarni berish Qoʻmita tomonidan;
beshinchi va oltinchi xatboshidagi faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha litsenziyalarni berish Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi”.
4. 6-bandning birinchi xatboshidagi “ishlar” soʻzi “yoʻnalishlari” soʻzi bilan almashtirilsin.
“7. Quyidagilar veterinariya faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
veterinariya sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etish;
litsenziatning faoliyatni amalga oshirishda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishning oldini olishga qaratilgan qonun hujjatlariga rioya etishi;
veterinariya yoʻnalishi boʻyicha oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlgan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan subyektlar shtatidagi xodimlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar faqat veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qoʻshimchalari va zoogigiyena vositalari realizatsiyasini amalga oshirishi;
yuridik shaxs shtatida oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga va veterinariya sohasida maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan veterinariya mutaxassislarining mavjud boʻlishi;
yakka tartibdagi tadbirkorning oliy yoki oʻrta maxsus veterinariya maʼlumotiga va veterinariya sohasida maxsus tayyorgarlikka ega boʻlishi;
yuridik shaxs xodimlarining, veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning kamida 5 yilda bir marta malaka oshirishi;
litsenziya talabgori yoki litsenziat veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun unga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli veterinariya normalari va qoidalariga muvofiq binolarga ega boʻlishi;
tegishli tashkiliy-texnik shartlar va moddiy-texnika jihozlarining, shu jumladan, asbob-uskunalar, asboblar hamda ruxsat berilgan veterinariya texnologiyalarini qoʻllash uchun foydalaniladigan hujjatlarning mavjud boʻlishi;
veterinariya normalari va qoidalariga rioya etish;
Oʻzbekiston Respublikasida ruxsat berilgan diagnostika, profilaktika va davolash usullarini, shuningdek, veterinariya preparatlarini qoʻllash.
litsenziat — yuridik shaxs tomonidan litsenziyalovchi organga veterinariya mutaxassisining ishga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish — mutaxassis ishga olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida”.
6. III boʻlim nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“III. Litsenziya olishda, filial ochishda yoki faoliyat (filial) manzillari oʻzgarganda zarur boʻlgan hujjatlar”.
“9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami;
jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatga oid maʼlumotlar;
shuningdek, telefon raqamlari hamda faoliyatni amalga oshirish (filiallar) manzillari;
yuridik yoki jismoniy shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan faoliyat yoʻnalishlari;
b) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
v) tegishli yakka tartibdagi tadbirkorning diplomidan yoki uning koʻchirmasidan nusxa”.
8. Quyidagi mazmundagi 91-band qoʻshilsin:
“91. Filial ochishda yoki faoliyat (filial) manzillari oʻzgarganda litsenziat litsenziyalovchi organlarga filial ochish yoki faoliyat (filial) manzillari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), oʻzgartirilgan faoliyat yoki filial manzillari;
yangi faoliyat (filial) manzillarida amalga oshirilishi moʻljallangan faoliyat yoʻnalishlari.
Filial ochish yoki faoliyat (filial) manzillari oʻzgarganligi toʻgʻrisida litsenziatlarning arizasini koʻrib chiqish muddati litsenziya talabgori arizasini koʻrib chiqish muddatida amalga oshiriladi, shuningdek, yigʻim va bojlar undirilmaydi”.
9. 10-banddagi “Litsenziya talabgoridan” soʻzlari “Litsenziya talabgori yoki litsenziatdan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“11. Hujjatlar litsenziya talabgori yoki litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda yetkazib beriladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgori yoki litsenziatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organning masʼul xodimi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda litsenziya talabgori yoki litsenziatga yuboriladi (topshiriladi). Masʼul xodim joyida boʻlmaganligi tufayli hujjatlarning qabul qilinishini rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Masʼul xodim vaqtincha joyida boʻlmagan taqdirda uning funksiyalarini belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan xodim bajaradi”.
11. 12-banddagi “litsenziya talabgori” soʻzlaridan keyin “yoki litsenziat” soʻzlari qoʻshilsin.
12. 14-bandning ikkinchi xatboshidagi “oʻttiz” soʻzi “yigirma” soʻzi bilan almashtirilsin.
“Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi”.
18. Quyidagi mazmundagi 251-band qoʻshilsin:
“251. Qayta rasmiylashtirish, dublikat berishda oldin berilgan litsenziyalarda koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha vakolatli litsenziyalovchi organga murojaat qiladi”.
19. 30-bandning “d” kichik bandidagi “turi” soʻzi “yoʻnalishi” soʻzi bilan almashtirilsin.
“Tadbirlar” ustunining 1-bandidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi ekspert komissiya” soʻzlari “Litsenziyalovchi organ ekspertning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bosqich litsenziat pozitsiyasining “Tadbirlar” ustunidagi matn quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi hamda litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir”;