Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PF-5441-son “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 23-fevraldagi 11-87, 20-son qarori (roʻyxat raqami 2981, 2018-yil 15-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 10/18/2981/0900-son) bilan tasdiqlangan Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“13. Sud majlisini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
14. Sud binosiga mobil telefon, foto va video qayd etish vositalarini sud majlisida raislik qiluvchining (bundan buyon matnda raislik qiluvchi deb yuritiladi) ruxsatisiz olib kirish taqiqlanadi, mazkur Yoʻriqnomaning 141-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.”.
2. Quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
“141. Advokat oʻz professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga qatʼiy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini oʻtkazish tartibini buzmasligi kerak.”.
3.
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Sudga tashrif buyuruvchi shaxslar oʻzlari tomonidan olib kelingan sud binosiga olib kirish taqiqlangan buyumlarni sud maʼmuriyati tomonidan maxsus ajratilgan joylarda qoldirib kirishi hamda sud binosidan chiqishida oʻzi bilan olib ketishi lozim.”.
5. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.