1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5349-son Farmoni, 2018-yil 19-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-3549-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish, oʻquv jarayoniga taʼlimning kredit tizimini joriy qilish orqali universitetni jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kirishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5349-son Farmoniga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (keyingi oʻrinlarda Universitet deb yuritiladi) va uning filiallarida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻqitishning kredit tizimini joriy etish taklifi maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida taʼlimning kredit tizimi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Universitet va uning filiallari (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga, zarur hollarda, Universitet va uning filiallari tuzilmasiga oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan normativlarga muvofiq xodimlarning umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Quyidagilar taʼlimning kredit tizimini joriy etish orqali Universitet va uning filiallarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Universitet va uning filiallari professor-oʻqituvchilari tarkibini yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga ega boʻlgan mutaxassislar bilan toʻldirish, shuningdek, nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalarda taʼlim olgan, malaka oshirgan, ilmiy darajalarini himoya qilgan iqtidorli pedagog kadrlar hamda amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni taʼlim jarayoniga keng jalb qilish;
xalqaro reytinglarda nufuzli oʻrinlarni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan talabalar, professor-oʻqituvchilar, ilmiy-izlanuvchi olimlarning almashinuv dasturlarini keng joriy qilish, yetakchi xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni mustahkamlash;
oʻquv jarayonini tashkil etishning samarali usullari va zamonaviy taʼlim texnologiyalarini oʻzlashtirish, malakali pedagog kadrlar uchun raqobat muhitini yaratish orqali ularning tajribasini muntazam oshirib borish;
talabaga oʻzining taʼlim dasturini mustaqil shakllantirish imkonini yaratish va bilimini baholashda oshkoralikni taʼminlash.
4. Universitet Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda, taʼlim sifatini oshirish maqsadida xorijiy davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish amaliyotidan kelib chiqib, ikki oy muddatda xalqaro andozalarga mos va ilgʻor pedagogik texnologiyalarga asoslangan oʻquv rejalari va dasturlari, bitiruvchilarning malaka talablarini ishlab chiqilishi hamda tasdiqlanishini taʼminlasin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Universitet va uning filiallari tarkibidagi akademik litseylarning taʼlim dasturlari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish asosida matematika, fizika, chet tili va axborot texnologiyalariga oid fanlar chuqur oʻqitilishi nazarda tutilgan holda ishlab chiqiladi;
Universitet va uning filiallari tarkibidagi akademik litseylarning pedagog kadrlari tarkibi 30 foizgacha Universitet va uning filiallaridan oʻrindoshlik asosida yuqori malakali pedagoglarni jalb etish hisobiga shakllantiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Universitet bilan birgalikda ikki oy muddatda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Universitet professor-oʻqituvchilari tarkibini “Scopus” va “Web of science” tizimiga kiruvchi xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etilishidan, shuningdek, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar bajarilishidan kelib chiqqan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 188-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxadjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-iyul,
569-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 569-son qaroriga 1-ILOVA
Universitet (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
* Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga taʼminlanadi.
** Jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 569-son qaroriga 2-ILOVA
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallarining
TUZILMASI
Filial (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
* Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 569-son qaroriga 3-ILOVA
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida taʼlimning kredit tizimi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (keyingi oʻrinlarda Universitet deb yuritiladi) va uning filiallarida oʻquv jarayonini taʼlimning kredit tizimi asosida tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Taʼlimning kredit tizimi talabaga yoʻnaltirilgan oʻqitish, taʼlim berish va baholashning oshkoraligi tamoyiliga asoslangan boʻlib, sinov birliklarini yigʻish va koʻchirib oʻtkazishdan iboratdir. Mazkur tizim sinov birliklarining jamgʻarib boriladigan taʼlimning barcha bosqichlari boʻyicha ilgari yigʻilgan oʻsib boruvchi sinov birliklari hisobini bildiradi.
Universitet va uning filiallarida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻqitishning kredit tizimini joriy etish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar Universitet va uning filiallarida taʼlimning kredit tizimini joriy etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
rivojlangan davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilgʻor tajribalari va tavsiyanomalardan foydalangan holda, xalqaro taʼlim standartlarini joriy qilish, Universitet va uning filiallarini malakali professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash, sifatli oʻquv dasturlari va oʻquv materiallarini ishlab chiqish orqali taʼlim sifatini oshirish;
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan talabalar, professor-oʻqituvchilar, izlanuvchilarning almashinuv dasturlarini kengaytirish;
zamonaviy taʼlim texnologiyalari va oʻquv jarayonlarini tashkil etishning samarali shakllarini oʻzlashtirish orqali pedagog kadrlar salohiyatini oshirishga koʻmaklashuvchi raqobat muhitini yaratish;
talabaga taʼlim dasturini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratish va bilimini baholashning oshkoraligini taʼminlash.
2-bob. Asosiy tushunchalar
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
GPA (Grade Point Average) — taʼlim oluvchining dastur boʻyicha oʻzlashtirgan ballari oʻrtacha qiymati boʻlib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
K — fanga ajratilgan sinov birliklari miqdori;
U — fan boʻyicha toʻplangan ball.
akademik mobillik — qabul qiluvchi muassasada talabaning vaqtincha taʼlim olish davrida sinov birliklarini oʻzlashtirishi va ularni joʻnatuvchi muassasa tomonidan tan olinishi;
mobillik dasturi — taʼlim toʻgʻrisidagi kelishuv asosida akademik mobillik davrida talaba tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan taʼlim dasturi;
joʻnatuvchi muassasa — taʼlim oluvchi yoki professor-oʻqituvchini mobillik dasturi asosida taʼlim olish yoki oʻqitish uchun joʻnatuvchi muassasa, ishlab chiqarish yoki boshqa tashkilot;
qabul qiluvchi muassasa — taʼlim oluvchi yoki professor-oʻqituvchining mobillik davrini oʻtash joyi. Qabul qiluvchi muassasa taʼlim muassasasi, ishlab chiqarish yoki boshqa shakldagi tashkilot boʻlishi mumkin;
malaka beruvchi taʼlim muassasasi — belgilangan miqdordagi sinov birliklarini tan olishni hisobga olgan holda taʼlim va malaka toʻgʻrisidagi hujjat beruvchi muassasa;
mehnat xarajatlari — taʼlim dasturi boʻyicha oʻqitish jarayonida kutilayotgan natijalarga erishish maqsadida oʻrtacha oʻzlashtirayotgan talabaga zarur boʻladigan oʻquv faoliyatining maʼruza, seminar, loyiha, amaliy topshiriqlar, ish joyidagi stajirovka, mustaqil ishlar kabi turlarini amalga oshirish uchun talab qilingan vaqtni taxminiy baholash;
sinov birliklari (kreditlar) — taʼlim olish natijalari asosida oʻqitish hajmi va u bilan bogʻliq mehnat xarajatlari. Sinov birliklari qoidaga muvofiq butun sonlarda ifodalanadi;
sinov birliklarini berish — malaka yoki uning alohida qismlariga qoʻyilgan talablarga muvofiq erishilgan taʼlim olish natijalariga koʻra talaba yoki boshqa taʼlim oluvchilarga sinov birliklarini rasmiy taqdim etish jarayoni;
sinov birliklarini koʻchirish — malakaga ega boʻlish maqsadida bir taʼlim muassasasi, taʼlim dasturida olingan sinov birliklarini boshqa taʼlim muassasasida tan olish;
sinov birligi soati — maʼruza, laboratoriya, seminar, studiya va amaliy mashgʻulotlar hamda amaliyotlarning 1 akademik soati 40 daqiqaga teng;
sinov birliklarini tan olish — boshqa taʼlim muassasasida erishilgan va baholangan taʼlim olish natijalarining Universitetdagi mavjud fan dasturlaridan birining talablariga javob berishini tasdiqlash;
sinov birliklarini toʻplash — taʼlim elementlarini oʻzlashtirish va boshqa yutuqlarga erishish natijasida taqdim etiladigan birliklarni toʻplash;
taʼlim elementlari — taʼlim olish natijalariga erishish va taʼlim dasturida koʻrsatilgan bilimlarni oʻzlashtirishga koʻmaklashuvchi oʻqitish turi;
taʼlim olish natijalari — talaba tomonidan oʻzlashtirilgan va baho bilan tasdiqlangan malaka darajasini aks ettiradigan, taʼlim jarayonini muvaffaqiyatli tugallagach, oʻzlashtirgan koʻnikmalari, topshiriqlarni tushuntirishi va ularni bajarish qobiliyatining tavsifi;
taʼlim toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma — oʻzlashtirilgan fanlar, toʻplangan sinov birliklari miqdori, olingan baholar aks ettiriladigan talabaning akademik oʻzlashtirishi boʻyicha guvohnoma;
transkript — taʼlim olishning tegishli davrida oʻzlashtirilgan sinov birliklari va baholarning harf va raqamlardagi ifodasi koʻrsatib oʻtilgan fanlar roʻyxatini oʻz ichiga olgan belgilangan shakldagi hujjat;
tyutor — maʼruzachi tomonidan oʻqitilayotgan fanni oʻzlashtirishda taʼlim oluvchilarga yordam beruvchi shaxs;
edvayzer — tegishli mutaxassislik boʻyicha taʼlim oluvchiga akademik murabbiy funksiyasini bajaruvchi, taʼlim trayektoriyasini (shaxsiy oʻquv rejasini) shakllantirishda va oʻqish davrida taʼlim dasturini oʻzlashtirishda koʻmaklashuvchi oʻqituvchi.
3-bob. Taʼlim dasturi tuzilmasi
5. Taʼlim dasturi tuzilmasi bir yoki bir nechta modullardan iborat taʼlim elementlaridan tashkil topgan boʻlib, Universitet tomonidan tasdiqlanadi. Taʼlim dasturi auditoriya mashgʻulotlari, ilmiy loyihalar, ishlab chiqarish amaliyoti va boshqa taʼlim elementlaridan iborat boʻlishi mumkin. Tuzilmalar taʼlim olish natijalariga mos boʻlgan va sinov birliklarida ifodalangan ijtimoiy va jamoat faoliyatini qamrab olishi mumkin.
6. Taʼlim dasturi tuzilmasini ishlab chiqishda uning har bir taʼlim elementiga mos keladigan taʼlim olish natijalari (kamida 6 ta koʻrsatkich) koʻrsatilishi hamda akademik oʻquv yiliga 60 sinov birligi mos kelishini hisobga olgan holda tuziladi. Dasturda sinov birliklarining miqdori sarflanadigan mehnat xarajatlari asosida koʻrsatiladi.
7. Talabalarning taʼlim dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirishlari hamda talab qilingan malakaga ega boʻlishlari uchun talablar aniq belgilanadi. Oʻzlashtirish qoidalari tanlangan taʼlim dasturi boʻyicha oʻqitishning turli bosqichlari uchun belgilangan sinov birliklari miqdorida yoki sinov birliklari oraligʻida ifodalanishi mumkin.
8. Universitet talabalar tomonidan taʼlim dasturi muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam berish uchun maslahat va tushuntirishlar berib boradi. Maslahat berish doirasida taʼlim olish natijasida erishgan yutuqlar va tajribalarni tan olish imkoniyatlari tushuntiriladi.
9. Universitet barcha fanlarining katalogi va oʻqitish sharoitlari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar hamda dolzarb axborotlarni ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq universitetning veb-sahifasida oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida eʼlon qilib borishi shart.
10. Taʼlim elementlarining amalga oshirilishiga masʼul oʻqituvchilar taʼlim dasturida koʻrsatilgan natijalar bilan taʼlim berish hamda baholash jarayonlari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʼminlashlari lozim.
4-bob. Oʻquv jarayonini rejalashtirish, monitoringi va taʼlim sifatini taʼminlash
11. Oʻquv jarayoni oʻquv va nazorat tadbirlari majmuini oʻz ichiga oladi. Oʻquv jarayonida barcha turdagi auditoriya mashgʻulotlari, amaliyot va mustaqil ishlarning tashkil etilishi nazarda tutiladi. Nazorat tadbirlari taʼlim oluvchilarning oʻquv rejasidagi tegishli fanlar boʻyicha bilimlarni oʻzlashtirishi va ularning natijalarini baholashni koʻzda tutadi.
12. Oʻquv jarayoni talabalar, oʻqituvchilar va maʼmuriyat oʻrtasida ochiq muloqot shaklida talabaga yoʻnaltirilgan yondashuv asosida rejalashtiriladi. Ushbu jarayonda talabalarning talab va istaklari muhokama qilinadi. Barcha manfaatdor tomonlar taʼlim dasturining yaratilishi va oʻzlashtirilishining konstruktiv muhokamasiga jalb etilishi mumkin. Bunday bahslarda talabalar vakillari ovoz berish huquqi orqali ishtirok etishlari mumkin.
13. Oʻquv jarayonini rejalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
namunaviy oʻquv reja va fanlar katalogini ishlab chiqish hamda qoʻshimcha ravishda ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq tanlov fanlar katalogini shakllantirish;
ishchi oʻquv rejalarini tuzish;
fanlarning ishchi dasturini (sillabusni) ishlab chiqish;
oʻquv jarayoni kalendarini tuzish;
ishchi oʻquv rejalariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarning (kafedralarning) oʻquv yuklamasi hajmi hamda tegishli ravishda pedagogik yuklamani taqsimlagan holda professor-oʻqituvchilar tarkibining shtat jadvalini (sinov birliklari asosida) shakllantirish;
akademik potoklar va guruhlar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarining jadvallarini tuzish.
14. Semestr davomida talaba tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan sinov birligining hajmi oʻquv rejada koʻrsatilgan majburiy va tanlov fanlarni oʻz ichiga oladi hamda tanlov fanlarini oʻrganishga ajratiladigan sinov birliklari (kreditlar) miqdori Universitet tomonidan mustaqil taqsimlanadi.
15. Oʻquv yili 32 haftani tashkil qilib, 30 haftasi akademik davr, 2 haftasi yakuniy nazoratdan iborat boʻladi.
Taʼlim oluvchi uchun bir sinov birligining ish hajmi 30 sinov birligi soatiga teng (bakalavriatda — 15 auditoriya soati, 15 mustaqil ish soatiga, magistraturada — 10 auditoriya soati, 20 mustaqil ish soatiga).
16. Taʼlim oluvchi bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashda oʻqituvchi nazoratida bajariladigan mustaqil ishlarining ulushi quyidagicha taqsimlanadi:
bakalavriatda — 1:4;
magistraturada — 1:5.
17. Oʻquv jarayonining monitoringi taʼlim olishning belgilangan natijalariga erishish, nominal mehnat hajmi hamda ularning haqqoniyligi va mosligini baholash maqsadida oʻtkaziladi.
Monitoring soʻrovnoma, fokus-guruhlar, intervyu olish yoki erishilgan natijalarni tahlil qilish va boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.
18. Taʼlim sifati samaradorligini taʼminlash Universitet tomonidan amalga oshiriladigan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar taʼlim dasturining vakolatli tashkilotlar tavsifnomalari va talablariga moslikni taʼminlash jarayonlarini oʻz ichiga oladi.
5-bob. Akademik mobillik va sinov birliklarini tan olish
19. Akademik mobillikni taʼminlash va talabaning sinov birliklarini Universitet tomonidan tan olinishida quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:
fanlar katalogi;
ushbu Nizomning 4 — 6-ilovalarida belgilangan shakldagi taʼlim toʻgʻrisidagi kelishuv, maʼlumotnoma va sertifikat.
Mazkur hujjatlar taʼlim olish natijalarini aks ettiradi va malaka beruvchi taʼlim muassasasiga sinov birliklarini tan olish va koʻchirib oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
20. Talaba tomonidan taʼlim olish natijasiga mos keluvchi boshqa taʼlim muassasasi, taʼlim dasturida erishilgan yutuqlari uchun oʻzlashtirilgan sinov birliklari miqdori Universitetda belgilangan taʼlim olish natijalariga oʻzlashtiriladigan sinov birliklari miqdoriga teng hisoblanadi.
21. Taʼlim toʻgʻrisidagi kelishuvga muvofiq Universitet tomonidan akademik mobillik doirasidagi talabaning barcha sinov birliklari taʼlim dasturini oʻzlashtirishda talabaga qoʻshimcha topshiriqlarsiz hisobga olinadi.
22. Talabaning akademik mobillik davrida oʻzlashtirilishi belgilangan taʼlim elementlarini joʻnatuvchi muassasaning roziligisiz oʻzgartirish mumkin emas. Xorijdagi hamkor tashkilotlarning taʼlim dasturlarida belgilangan taʼlim olish natijalari Universitetning taʼlim dasturi boʻyicha taʼlim olish natijalariga mos kelishi yoki ularni toʻldirishi lozim. Taʼlim olish natijalari xorijda taʼlim olish davridan keyin tan olinadi.
23. Qabul qiluvchi muassasada talaba tomonidan oʻzlashtiriladigan oʻquv elementlarining toʻplami va ular Universitetning taʼlim dasturiga integratsiya qilinganligi taʼlim toʻgʻrisidagi kelishuvda aniq koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Qabul qiluvchi muassasada oʻzlashtiriladigan sinov birliklari miqdori xorijda oʻqish davriga mutanosib boʻlishi hamda talaba oʻquv yili davomida 60 sinov birligi hajmidagi taʼlim elementlarini oʻzlashtirishi lozim.
24. Universitet akademik mobillik dasturi boʻyicha rejalashtirilgan taʼlim elementlarini oʻzlashtirish uchun talabani ushbu Nizomning 7-ilovasida belgilangan shakldagi hujjat asosida fanlarga roʻyxatdan oʻtkazadi va mobillik davrida ushbu elementlarni oʻzlashtirish imkoniyatlari taʼminlanishini oʻz zimmasiga oladi.
25. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari doirasida akademik mobillik uchun taʼlim toʻgʻrisidagi kelishuvlar tuzilishi zarur hisoblanmaydi.
26. Taʼlim toʻgʻrisidagi kelishuvga muvofiq akademik mobillik davrida talabaning bilim darajasini aniqlovchi koʻrsatkichlar ushbu Nizomning 8-9-ilovalarida belgilangan jadvallar asosida qabul qilinadi.
27. Stajirovkani oʻtash boʻyicha kelishuv ushbu Nizomning 10-ilovasida belgilangan tavsiya etiladigan elementlar asosida talaba, Universitet va qabul qiluvchi tashkilot tomonidan uch tomonlama imzolanadi.
28. Stajirovka davomida talaba tomonidan oʻzlashtirilgan bilimlarning oshkoraligini taʼminlash va ularni tasdiqlash maqsadida qabul qiluvchi muassasa tomonidan stajirovkani oʻtaganlik toʻgʻrisida sertifikat beriladi.
6-bob. Baholash, baholarni konvertatsiya qilish
29. Talabalar taʼlim dasturi doirasida oʻqitish shaklidan qatʼi nazar, Universitet tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan baholash mezonlari asosida baholanadi.
30. Fan dasturida (sillabusda) belgilangan baholash tartibi hamda ushbu Nizomning 8-ilovasida keltirilgan ijobiy baholar doirasida baholangan taʼlim oluvchilarga sinov birliklari beriladi. Talaba belgilangan taʼlim olish natijalariga erisha olmagan taqdirda, sinov birliklari berilmaydi.
31. Baholash usullari fan yoki modul doirasidagi talabaning yutuqlarini aks ettiruvchi va tasdiqlovchi yozma, ogʻzaki, amaliy ish, loyiha, portfolio va nazoratlar kabi turlarni oʻz ichiga qamrab oladi. Baholash mezoni taʼlim olish natijasiga erishilganligini aks ettirishi shart.
32. Sinov birliklarini koʻchirish ushbu Nizomning 9-ilovasiga muvofiq Universitet baholarini konvertatsiyalash jadvalini boshqa muassasada tuzilgan shunga oʻxshash jadval bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi.
7-bob. Oʻqituvchining funksiyalari
33. Oʻqituvchi oʻz funksional vazifasidan kelib chiqib, maʼruzachi, tyutor, edvayzer yoki maxsus kengashlar aʼzosi sifatida ish yuritishi mumkin.
34. Taʼlim berish, uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarida, shuningdek, ijtimoiy hayotda, ushbu jamoada qabul qilingan qadriyatlarni targʻibot qilishda faol qatnashish hamda taʼlim xizmatlari bozorida Universitet oʻrnini mustahkamlash professor-oʻqituvchilar tarkibining asosiy faoliyatini tashkil etadi.
35. Oʻqituvchi faoliyatining 36 soatdan iborat bir haftalik ish yuklamasi quyidagi asosiy turlarga yoʻnaltirilishi mumkin:
oʻqitish va unga sifatli tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq ishlar;
fanning oʻquv-uslubiy kompleksini yaratish;
taʼlim oluvchiga maslahatlar berish;
oʻz ustida ishlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritish;
akademik boshqaruv (dekan, kafedra mudirlari).
36. Maʼruza mashgʻulotlarini yuqori ilmiy-uslubiy saviyada oʻta oladigan malakali oʻqituvchilar maʼruzachi etib tayinlanadi.
37. Oʻquv yilidagi maʼruzalarni oʻqitish huquqi Universitet kengashi qaroriga koʻra ilmiy darajaga ega boʻlmagan, tajribali va yuqori malakali oʻqituvchilarga ham berilishi mumkin.
38. Tyutor har bir talabaning fanni oʻrganish jarayonini nazorat qiladi, individual topshiriqlar bajarilishini, seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini baholab, zarur hollarda unga yordam beradi.
39. Edvayzer taʼlim oluvchining oʻqish jarayoniga bogʻliq boʻlgan manfaatlarini ifodalashi, oʻquv jarayoniga oid zarur axborot materiallarini tayyorlashda qatnashishi va ushbu materiallarni talabaga elektron tashuvchida taqdim etishi, oʻz vaqtidagi tayyorgarlikni va uslubiy materiallar mavjudligini, mutaxassislik boʻyicha barcha fanlardan oʻtkaziladigan oraliq va yakuniy nazoratlarning bajarilishini nazorat qiladi.
40. Edvayzerlar Universitet rektori tomonidan tayinlanadi.
41. Oʻquv yili davomida edvayzerlar dekanat tomonidan tasdiqlanadigan reja asosida faoliyat yuritadi. Taʼlim oluvchilarning akademik muammolarini hal qilish maqsadida edvayzer rejadan tashqari tashkil etilgan shaxsiy uchrashuvlarni tashkillashtirishi mumkin.
42. Edvayzer faoliyati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
taʼlim oluvchilarni taʼlim jarayonini tashkillashtirish qoidalari bilan tanishtirish;
taʼlim oluvchilarning ustuvor jihatlarini, layoqatlari va imkoniyatlarini aniqlash;
tanlov fanlarining namunaviy oʻquv rejasi va fanlar katalogi bilan tanishtirish;
sinov birliklari miqdori va ularni oʻzlashtirish toʻgʻrisida izoh berish;
Universitetda oʻquv jarayonini samarali tashkillashtirishga yoʻnaltirilgan turli jamoat qoʻmitalarini tashkil etish.
8-bob. Taʼlim oluvchini chetlashtirish, qayta tiklash, bosqichdan-bosqichga koʻchirish mexanizmlari
43. Taʼlim oluvchi Universitetdan quyidagi hollarda chetlashtiriladi:
oʻz xohishiga binoan;
kasalligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
oʻquv intizomini va taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganligi uchun;
shartnoma asosida oʻqiyotgan taʼlim oluvchilar shartnoma bilan bogʻliq majburiyatlarni bajarmagani uchun;
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi sababli;
vafot etganligi sababli.
Chetlashtirilgan talabaga belgilangan shakldagi taʼlim toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma beriladi.
44. Semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha akademik qarzdorligi bor taʼlim oluvchilar oʻqishdan chetlashtirilmaydi.
45. Bir fandan 10 va undan ortiq sinov birligi soatini sababsiz qoldirgan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda fandan chetlashtiriladi. Talaba chetlashtirilgan fanidan qayta taʼlim olishi uchun taʼtil vaqtida oʻz hisobidan qayta oʻqish huquqiga ega.
46. Taʼlim oluvchini bosqichdan-bosqichga oʻtkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Belgilangan GPA oʻtish ballini toʻplay olmagan talaba qayta oʻqish uchun tegishli bosqichda qoldiriladi. Shartnoma asosida bir bosqichda oʻqish soni chegaralanmaydi.
47. Taʼlim oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida oʻqishini qayta tiklash va koʻchirish huquqiga ega. Taʼlim oluvchi tomonidan chetlashtirilgunga qadar oʻzlashtirgan sinov birliklari miqdori Universitet tomonidan toʻliq hajmda hisobga olinadi.
9-bob. Yakuniy qoidalar
48. Universitetda taʼlim olishning toʻlov qiymati Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
49. Fanlar boʻyicha qayta taʼlim olish uchun toʻlov qiymati Universitet tomonidan butun oʻquv yilining kontrakt summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qayta taʼlim olish uchun toʻlov mexanizmi Universitet tomonidan bir kredit qiymatini hisoblash asosida belgilanadi. Bir kredit qiymati oʻquv yili davomidagi taʼlim olish uchun toʻlanadigan umumiy summani rejalashtirilgan sinov birliklari (kreditlar) miqdoriga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
50. Talaba Universitet taʼlim dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan taqdirda uning akademik darajasini tasdiqlaydigan diplom va ushbu Nizomning 11-ilovasiga muvofiq diplom ilovasi beriladi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida taʼlimning kredit tizimi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻqitishning kredit tizimini joriy etish
SXEMASI
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida taʼlimning kredit tizimi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Fanlar katalogida aks ettirilishi lozim boʻlgan
maʼlumotlar
Umumiy maʼlumot:
● taʼlim muassasasining nomi va manzili;
● taʼlim muassasasining tavsifi (tipi va holati);
● taʼlim muassasasi rahbariyati;
● oʻquv jarayoni jadvali;
● universitetda amalga oshiriladigan dasturlar roʻyxati;
● taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish talablari, ish yuritish tillari va roʻyxatdan oʻtish tartibi;
● mobillik davri va oldingi taʼlimni tan olish tartibi;
● sinov birliklarining taqsimlanish prinsipi;
● taʼlim jarayonini nazorat qilish tartibi.
Xizmat va resurslar:
● talabalar bilan ishlash xizmatlari;
● yashash va ovqatlanish sharoiti va narxi;
● talabalarning moliyaviy taʼminoti;
● tibbiyot xizmatlari;
● sugʻurta;
● imkoniyati cheklangan va alohida ehtiyojli talabalar uchun sharoitlar;
● taʼlim olish muhiti;
● xalqaro akademik dasturlarda qatnashish imkoniyatlari;
● kiruvchi mobillik qatnashchilariga amaliy axborot;
● tillar boʻyicha fanlar;
● ish joyida amaliyotni oʻtash imkoniyatlari;
● sport bilan shugʻullanish va dam olish imkoniyatlari;
● talabalar birlashmalari;
● axborot-resurs markazi.
Oʻquv fanlari dasturlari toʻgʻrisida axborot:
● oʻzlashtiriladigan malakalar;
● dasturlarning davom etish muddati;
● sinov birliklari miqdori;
● milliy malaka kvalifikatsiyasi doirasida salohiyat darajasi;
● tayyorlov yoʻnalishlari va oʻqishga kiruvchilarga alohida talablar (agar mavjud boʻlsa);
● oldingi taʼlimni tan olish tartibi;
● malakaviy va normativ talablar;
● dastur yoʻnalishi;
● taʼlim olish natijalari;
● sinov birliklari aks ettirilgan sxema tarzidagi tuzilmasi (kunduzgi taʼlim uchun 60 sinov birligi miqdorida);
● taʼlim shakli;
● nazorat oʻtkazish tartibi va baholash shkalasi;
● stajirovkalar;
● ishlab chiqarish tashkilotlarida amaliyotlar;
● bitiruvchilarning professional profili;
● oliy taʼlimdan keyingi taʼlim.
Qoʻshma dasturlarda quyidagi qoʻshimcha elementlar tavsiya etiladi:
● taʼlim va malaka toʻgʻrisidagi hujjat haqida axborot va uning ilovasi;
● konsorsium aʼzolari va ularning roli;
● taʼlim dasturining mobillik tuzilmasi.
Aniq taʼlim dasturlari elementlari tavsifi toʻgʻrisida axborot:
● kod;
● nomi;
● tip (majburiy/tanlov);
● sikl (qisqa, birinchi, ikkinchi/uchinchi);
● dastur doirasida amalga oshirilish yili (agar mavjud boʻlsa);
● dastur qismining amalga oshirilish davri;
● sinov birliklari miqdori;
● maʼruzachilarning F.I.Sh.;
● taʼlim olish natijalari;
● taʼlim turi (kunduzgi, masofaviy va boshqalar);
● asosiy va qoʻshimcha talablar (agar mavjud boʻlsa);
● fan tarkibi;
● majburiy va tavsiya etiladigan adabiyotlar roʻyxati hamda boshqa xil manbalar / jihozlar;
● rejalashtirilgan oʻquv faoliyatining uslubi va shakli;
● baholash mezoni va usuli, oʻqish tili.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida taʼlimning kredit tizimi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Tanlov fanlari katalogi
shakli
T/r
Fanning nomi va
qisqa tavsifi
Sinov
birliklari
miqdori
Semestr,
trimestr,
chorak
Mustaqil
ishlar
roʻyxati
Professor-oʻqituvchilar:
F.I.Sh., ilmiy unvoni va darajasi
Tayanch fanlar
Mutaxassislik fanlari
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida taʼlimning kredit tizimi toʻgʻrisida nizomga 4-ILOVA
Taʼlim toʻgʻrisidagi kelishuvda aks ettirilishi lozim boʻlgan
maʼlumotlar
● talabaning F.I.Sh. va bogʻlanish maʼlumotlari;
● universitet va talabani qabul qilayotgan taʼlim muassasasi masʼul shaxslarining F.I.Sh. va bogʻlanish maʼlumotlari;
● joʻnatayotgan taʼlim muassasasida talabaning taʼlim yoʻnalishi/ mutaxassisligi;
● oʻqish davri (qisqa, birinchi, ikkinchi/uchinchi);
● qabul qilayotgan muassasada oʻqish davri (boshlanish va tugash vaqti);
● xorijda oʻqish dasturi: qabul qilayotgan taʼlim muassasada oʻqish rejalashtirilgan taʼlim elementlarining sinov birliklari koʻrsatilgan fanlar katalogiga iqtibos;
● muvaffaqiyatli mobillik davri natijasida universitetda sinov birligi sifatida qabul qilinadigan taʼlim elementlari;
● uch tomonlama kelishuv (talaba, universitet va qabul qilayotgan taʼlim muassasasi).
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida taʼlimning kredit tizimi toʻgʻrisida nizomga 5-ILOVA
Taʼlim toʻgʻrisidagi maʼlumotnomada aks ettirilishi lozim boʻlgan
maʼlumotlar
● talabaning F.I.Sh.;
● identifikatsiya qilish va bogʻlanish maʼlumotlari;
● universitetning bogʻlanish maʼlumotlari;
● talabaning taʼlim yoʻnalishi va dastur nomi;
● joriy oʻquv yili;
● qabul qiluvchi taʼlim muassasasida talaba tomonidan oʻzlashtirilgan taʼlim elementlari (sinov birliklari miqdori va mahalliy baholash shkalasi);
● baholash tizimi;
● referent guruhlarda baholarni taqsimlash toʻgʻrisida maʼlumot;
● berilgan sana va masʼul shaxsning imzosi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida taʼlimning kredit tizimi toʻgʻrisida nizomga 6-ILOVA
Stajirovkani oʻtash toʻgʻrisidagi sertifikatda aks ettirilishi lozim boʻlgan
maʼlumotlar
● talabaning F.I.Sh.;
● tashkilot nomi;
● tashkilot bilan bogʻlanish uchun maʼlumot (manzil, telefon raqami, elektron-manzil, veb-sayt);
● tashkilot tipi;
● stajirovkani oʻtash muddatining boshlanish va tugash sanasi;
● stajirovkaning batafsil dasturi, vazifalar roʻyxati;
● oʻzlashtirilgan bilimlar, koʻnikmalar va kompetensiyalar;
● talabaning ishiga qoʻyilgan baho;
● berilgan sana va masʼul shaxsning imzosi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida taʼlimning kredit tizimi toʻgʻrisida nizomga 7-ILOVA
Taʼlim oluvchini fanlar boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish
shakli
Taʼlim oluvchining shaxsiy kodi
Familiyasi
Ismi
Sharifi
Taʼlim yoʻnalishi / mutaxassisligi
Oʻquv yili
Uy manzili
Telefon raqami
Muassisning F.I.Sh.
Kafedra
Telefon raqami
Majburiy fanlar
Tanlov fanlari
Eʼlon qilingani
Muqobili
1.
1.
1.
2.
2.
2.
3.
3.
3.
4.
4.
4.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida taʼlimning kredit tizimi toʻgʻrisida nizomga 8-ILOVA
Baholarni konvertatsiya qilish jadvali (5 ballik tizimdan foizga)
5 balli
100%
shkala
5 balli
100%
shkala
5 balli
100%
shkala
5,00 — 4,96
100
4,30 — 4,26
86
3,60 — 3,56
72
4,95 — 4,91
99
4,25 — 4,21
85
3,55 — 3,51
71
4,90 — 4,86
98
4,20 — 4,16
84
3,50 — 3,46
70
4,85 — 4,81
97
4,15 — 4,11
83
3,45 — 3,41
69
4,80 — 4,76
96
4,10 — 4,06
82
3,40 — 3,36
68
4,75 — 4,71
95
4,05 — 4,01
81
3,35 — 3,31
67
4,70 — 4,66
94
4,00 — 3,96
80
3,30 — 3,26
66
4,65 — 4,61
93
3,95 — 3,91
79
3,25 — 3,21
65
4,60 — 4,56
92
3,90 — 3,86
78
3,20 — 3,16
64
4,55 — 4,51
91
3,85 — 3,81
77
3,15 — 3,11
63
4,50 — 4,46
90
3,80 — 3,76
76
3,10 — 3,06
62
4,45 — 4,41
89
3,75 — 3,71
75
3,05 — 3,01
61
4,40 — 4,36
88
3,70 — 3,66
74
3,00
60
4,35 — 4,31
87
3,65 — 3,61
73
3,0 dan kam
60 dan kam
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida taʼlimning kredit tizimi toʻgʻrisida nizomga 9-ILOVA
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish
jadvali
2017-yildan boshlab Universitet baholash tizimi
Rossiya Federatsiyasi baholash tizimi
Yevropa mamlakatlari sinov birliklarini koʻchirib oʻtish va toʻplash tizimi
AQSh baholash tizimi (A — F)
Buyuk Britaniya baholash tizimi (%)
Yaponiya baholash tizimi(%)
Koreya Respublikasi baholash tizimi (%)
2019-yilga qadar Universitet baholash tizimi
“5”
“5”
“A”
“A+”
70 — 100
80 — 100
90 — 100
86 — 100
“A”
“A-”
65 — 69
“4”
“4”
“B”
“B+”
60 — 64
70 — 79
80 — 89
71 — 85
“C”
“B”
50 — 59
“B-”
“3”
“3”
“D”
“C+”
45 — 49
60 — 69
70 — 79
55 — 70
“E”
“C”
40 — 44
“C-”
“D+”
60 — 69
“D”
“D-”
“2”
“2”
“FX”
“F”
0 — 39
0 — 59
0 — 59
0 — 54
“F”
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida taʼlimning kredit tizimi toʻgʻrisida nizomga 10-ILOVA
Stajirovkani oʻtash boʻyicha kelishuvda aks ettirilishi tavsiya etiladigan
maʼlumotlar
● talabaning F.I.Sh. va bogʻlanish maʼlumotlari;
● universitet va qabul qilayotgan tashkilot masʼul shaxslarining F.I.Sh. va bogʻlanish maʼlumotlari;
● taʼlim yoʻnalishi nomi va kodi;
● taʼlim sikli (qisqa, birinchi, ikkinchi/uchinchi);
● tashkilot tipi (kompaniya): xususiy, davlat va boshqalar;
● qabul qiluvchi muassasada oʻqish davri (boshlanish va tugash vaqti) va sinov birliklari miqdori;
● stajirovka yakunida kutilayotgan taʼlim olish natijalari;
● sinov birliklari miqdorini oʻzida aks ettirgan stajirovka dasturining batafsil tafsiloti;
● haftalik ish soatlari miqdori;
● stajirovkani oʻtash uchun talabaning til bilish darajasi;
● monitoring tartibi va baholash jarayoni;
● stajirovkani oʻtash boʻyicha kelishuvga oʻzgartirish kiritish tartibi;
● universitetda stajirovka natijasini tan olish tartibi;
● uch tomonlama kelishuv (talaba, universitet va qabul qilayotgan tashkilot).
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida taʼlimning kredit tizimi toʻgʻrisida nizomga 11-ILOVA
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida taʼlimning kredit tizimi boʻyicha tahsil olgan bitiruvchilar uchun bakalavr va magistr akademik darajasini belgilovchi diplom ilovasi