Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomalarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, berish va ulardan foydalanishni tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-yanvardagi 2-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi
Namunaviy nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning
3-ilovasida:
a)
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
markaziy apparat va hududiy bosh boshqarmalar tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari va mutaxassislari”;
b) quyidagi mazmundagi 101-band qoʻshilsin:
markaziy apparat va viloyat boʻlinmalari rahbarlari”.