1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5484-son Farmonini ijro etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzatom” agentligi deb yuritiladi) boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 48 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
“Oʻzatom” agentligi bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
“Oʻzatom” agentligi bosh direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
“Oʻzatom” agentligi bosh direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha vazirga, bosh direktor oʻrinbosarlari — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
zarur hollarda, “Oʻzatom” agentligining tashkiliy tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
“Oʻzatom” agentligiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni rahbarlik lavozimlariga va konsultantlar sifatida jalb etish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
ikki oy muddatda “Oʻzatom” agentligini unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur nazariy bilimlarga va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
“Oʻzatom” agentligining ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi xarajatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻlar ajratsin hamda 2019-yildan boshlab har yilda zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin;
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti xarajatlari smetasiga ushbu qaror qoidalaridan kelib chiqqan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
“Oʻzatom” agentligiga zarur xizmat avtotransport vositalari xarid qilish uchun pul mablagʻlari ajratilishini hamda 6 ta yengil xizmat avtomobillarini saqlash uchun limit belgilanishini taʼminlasin;
“Oʻzatom” agentligiga asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq moddiy-texnik bazasini shakllantirish uchun zarur asbob-uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish hamda maʼmuriy binolarni taʼmirlash uchun mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladigan, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining budjetdan tashqari Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Jamgʻarmaning kutilayotgan xarajatlaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻrnatiladigan, “Navoiy KMK” davlat korxonasi tomonidan tabiiy uranni eksport qilishdan tushadigan mablagʻlarning oʻn foizigacha miqdordagi ajratmalari;
xalqaro moliyaviy va boshqa institutlarning, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma mablagʻlari:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
atom energetikasi obyektlarini, shu jumladan tashqi infratuzilma va turar joylarni qurish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorlash bilan bogʻliq “Oʻzatom” agentligining vazifalarini samarali amalga oshirish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.07.00 Xizmat safari vaqtida kafolatlar va kompensatsiyalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
“Oʻzatom” agentligi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish, shuningdek, xorijiy xizmat safarlari xarajatlarini qoplash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
“Oʻzatom” agentligi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
axborot texnologiyalarini joriy etish va modernizatsiyalash, “Oʻzatom” agentligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
“Oʻzatom” agentligining qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyati bilan bogʻliq boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining budjetdan tashqari Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
9. Toshkent shahar hokimligi “Oʻzatom” agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligini joylashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi “Oʻzatom” agentligini har choraklik va yillik statistika byulletenlari majburiy tartibda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzatom” agentligini zarur aloqa, jumladan hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzatom” agentligi, Fanlar akademiyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov hamda “Oʻzatom” agentligi bosh direktori zimmasiga yuklansin.
* Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonun hujjatlarida koʻrsatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)