Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son
qaroriga binoan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi 76-son
qarorida:
a) qarorning
nomidagi “Oʻzbekcharmpoyabzali” soʻzi “Oʻzcharmsanoat” soʻzi bilan almashtirilsin;
v)
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining raisi va uning oʻrinbosarlari Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq saylanadilar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadilar”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-martdagi 84-son qarori bilan tasdiqlangan “Boshqaruv apparatlari tuzilmasida investitsiya loyihalarini kompleks boshqarish boʻlinmasi faoliyat koʻrsatishi lozim boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek yirik korxonalar
Roʻyxati”ning 8-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 12-13-son, 118-modda, 50-son, 515-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; 2016-y., 14-son, 132-modda, 52-son, 602-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda) “Oʻzbekcharmpoyabzali” soʻzi “Oʻzcharmsanoat” soʻzi bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Charm-poyabzal mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2017-yil 5-yanvardagi 5-son qarori
4-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 18-modda) “Oʻzbekcharmpoyabzali” soʻzi “Oʻzcharmsanoat” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarorining
1-ilovasi “Xoʻjalik boshqaruvi organlari” boʻlimining 19-bandida “Oʻzbekcharmpoyabzali” soʻzi “Oʻzcharmsanoat” soʻzi bilan almashtirilsin.