1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qarorini ijro etish va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-iyul,
549-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 549-son qaroriga ILOVA
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“16. Ekspertiza dalolatnomasi asosida vakolatli organ tomonidan “Yagona darcha” birxillashtirilgan bojxona axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda elektron portal deb ataladi) kiritiladi va ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha sertifikat rasmiylashtiriladi. Ariza beruvchi tomonidan qogʻoz shaklidagi sertifikat talab qilingan taqdirda vakolatli organ ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha bir nusxada sertifikat beradi”.
7. 18-banddagi ikkinchi va uchinchi jumlalar chiqarib tashlansin.
“20. Oldin berilgan sertifikatga oʻzgartirish (shu jumladan, amal qilish muddatini uzaytirish) va qoʻshimchalar kiritishga uning amal qilish muddati tamom boʻlguniga qadar, vakolatli organga sabablarini koʻrsatgan holda yozma yoki elektron shakldagi asoslangan murojaat asosida yoʻl qoʻyiladi.
Kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tekshirish zarur boʻlganda ariza beruvchining ishlab chiqarishi qoʻshimcha ravishda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, vakolatli organ 4 ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha elektron portalga kiritadi va sertifikatga oʻzgartirish yoki qoʻshimchani rasmiylashtiradi. Ariza beruvchi sertifikatga oʻzgartirish yoki qoʻshimchani qogʻoz shaklida kiritishni talab qilgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha qogʻoz shaklida sertifikatga oʻzgartish yoki qoʻshimcha bir nusxada beriladi”.
9. 2 — 5-ilovalarning nomlanishidagi “OCNIQ AKSIYADORLIK JAMIYATI” va “OTKRITOYE AKSIONERNOYE OBSHESTVO” soʻzlari tegishli ravishda “AKSIYADORLIK JAMIYATI” va “AKSIONERNOYE OBSHESTVO” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 09/18/549/1533-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son)