Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/3-son qarori (roʻyxat raqami 2893, 2017-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 568-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 6-bandning
beshinchi xatboshisi “Yuridik fanlar” degan soʻzlardan keyin “va islomshunoslik fanlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 7-bandning
uchinchi xatboshisi “yuridik fanlar” degan soʻzlardan keyin “va islomshunoslik fanlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 5-ilovaning
10-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan.
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha
KELIShISh VARAQASI