1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.03.00.00 Notarial faoliyat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar;
3.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.06.00.00 FHDY organlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Notarial harakatlar va FHDY organlari xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishda interaktiv xizmatlarni joriy etishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat bojlari, gerb yigʻimi hamda notariuslar va FHDY organlari tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va adliya organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlarning toʻliq va oʻz vaqtida tushishini taʼminlash hamda tijorat banklari maxsus kassalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bankining:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob;
2.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.03.00.00 Notarial faoliyat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
notarial xizmatlar va FHDY organlari xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishda interaktiv axborot-kommunikatsiya vositalaridan, jumladan, bankomat, terminal, infokioska va mobil ilovalarni joriy qilish hamda ulardan keng foydalanish;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.09.00 Banklar tomonidan budjet, budjetdan tashqari jamgʻarmalarga xizmat koʻrsatilishi]
notariuslar va FHDY organlari undiradigan hamda tijorat banklarining notarial idoralar va FHDY organlari binolari va xonalarida ochilgan maxsus kassalari oʻrnatilgan bankomat, terminal va infokioskalari orqali tushayotgan davlat boji toʻlovlari qonunchilikka muvofiq taqsimlangunga qadar ular summasining bir foizi miqdorida tijorat banklari mukofot olish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar)]
2. Notarial idoralar va FHDY organlar binosida maxsus kassalar va toʻlov punktlari ochilganligi uchun tijorat banklari va toʻlov punktlari agentlik tarmoqlari ijara toʻlovi, kommunal va ekspluatatsion xizmatlar toʻlovlaridan ozod qilinsin, kommunal va ekspluatatsion xizmatlar xarajatlari keyinchalik adliya organlari va mahalliy davlat xokimiyati organlari mablagʻlari hisobiga qoplansin.
3. Tijorat banklariga:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.07.00 Aholi bilan pullik hisob-kitoblar koʻrsatishda kassa apparatini va terminalni qoʻllash]
notarial idoralar va FHDY organlari binolari va xonalarida ochilgan maxsus kassalar ish rejimini tegishli ravishda notarial idoralar va FHDY organlari ish rejimi bilan muvofiqlashtirish, shuningdek, ularni bank plastik kartalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallari bilan jihozlash;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet jahon axborot tarmogʻi]
notarial idoralar va FHDY organlari binolari va xonalarida ochilgan maxsus kassalarning yuqori tezlikdagi jahon Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlash tavsiya etilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-iyul,
540-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/540/1520-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)