Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-dekabrdagi PQ-3439-sonli qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-dekabrdagi PQ-3439-sonli
qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-sonli
Farmonida:
“Belgilab qoʻyilsinki: Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi:
yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun masʼul vakolatli davlat organi;
moliya institutlari bilan markazlashtirilgan tartibda hamkorlik qilish boʻyicha vakolatli organ (boshqaruvchi idorasi) hisoblanadi”;
b)
2-bandi kuyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“tegishli moliya institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
moliya institutlari bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari, “yoʻl xarita”lari va dasturlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini, respublika hududlarini rivojlantirish uchun moliya institutlarining jalb etiladigan qarzlari, kredit va grantlaridan yanada samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni roʻyobga chiqarish uchun masʼul boʻlgan vazirlik va idoralar, loyihalarni amalga oshirish guruhlari, ekspertiza organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, shu jumladan loyiha, tender va kontraktga oid hujjatlar boʻyicha ekspert xulosalarining oʻz vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankiga aʼzoligi toʻgʻrisida” 2016-yil 15-noyabrdagi PQ-2657-sonli qarorining 5-bandidagi:
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2908-sonli
qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.