toggle_night_mode
Hujjat 12.07.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan obyekt hamda xonalarning texnik mustahkamligi va qoʻriqlash-yongʻinga qarshi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanganligi holati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 11-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2041-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2009-yil 4-oktabrdagi 75-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041, 2009-yil 16-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 47-son, 508-modda) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan obyekt hamda xonalarning texnik mustahkamligi va qoʻriqlash-yonginga qarshi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanganligi holati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom muqaddimasining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar hamda Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalariga tatbiq etilmaydi.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-iyun,
175-son
Kelishilgan:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2018-yil 27-iyun
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2018-y., 10/18/2041-2/1497-son)