1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUDUDIY “MEVASABZaVOT” BIRLAShMALARI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika mintaqalarida meva-sabzavot tarmogʻini boshqarishni yanada takomillashtirish, kam quvvatli boshqaruv boʻgʻinlarini tugatish, meva-sabzavot mahsulotlari bozorida raqobat muhitini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 4-martdagi 78-son qarori bilan tashkil etilgan maxsus idoralararo komissiyaning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning:
Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridagi hududiy “Mevasabzavot” birlashmalarini tugatish;
ilgari tugatilayotgan hududiy “Mevasabzavot” birlashmalariga kirgan korxona va xoʻjaliklar (1-ilova) faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha funksiyalarni, koʻrsatib oʻtilgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining toʻliq iqtisodiy mustaqilligi saqlab qolingan holda, tegishli viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalariga berish;
qolgan hududiy “Mevasabzavot” birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga yuklash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi meva-sabzavotchilik samaradorligini oshirish va meva-sabzavot mahsulotlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish maqsadida:
meva-sabzavot yoʻnalishidagi qishloq xoʻjaligi korxonalarida iqtisodiy islohotlarni oʻtkazishda, ularda oilaviy pudrat, shartnomaviy munosabatlar, yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish, xarajatlarni hisobga olishning chek tizimini keng joriy qilishga koʻmaklashsin;
xorijiy investitsiyalarni tarmoqqa jalb etish, qoʻshma ishlab chiqarishlar tashkil qilish, ilgʻor agrotexnika texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirsin;
yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini sotishga koʻmaklashish maqsadida ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini oʻtkazsin;
har yili sabzavot ekinlarining hududiy “Mevasabzavot” birlashmalari xoʻjaliklarida, ularning ixtisoslashuvini va bozorda mahsulotga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda, oqilona joylashtirilishini taʼminlasin;
sabzavot ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligining holati, meva-sabzavotchilik xoʻjaliklarini sabzavotlar hamda meva-rezavor ekinlarining serhosil va qimmatli navlari hamda turlari bilan taʼminlash masalalarini doimiy ravishda koʻrib borsin.
3. Hududiy “Mevasabzavot” birlashmasi ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Belgilab qoʻyilsinki:
hududiy “Mevasabzavot” birlashmasi raisi uning qatnashchilari umumiy yigʻilishida saylanadi va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
ijro etuvchi apparat taʼminoti oʻz xoʻjalik faoliyati hamda birlashmaga kiruvchi korxonalar bilan shartnoma asosidagi ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi.
4. Hududiy “Mevasabzavot” birlashmalariga qoʻshimcha ravishda:
ularning tarkibiga kiruvchi qishloq xoʻjaligi va qayta ishlash korxonalarida xoʻjalik yuritishning yangi shakllarini joriy etishga koʻmaklashish;
zamonaviy qishloq xoʻjaligi hamda qayta ishlash texnologiyalari, marketing, menejment va boshqa masalalar boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish funksiyalari yuklansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-iyuldagi 363-son qarorining 10-bandi va qarorga 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 11-oktabr,
394-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-oktabrdagi 394-son qaroriga 1-ILOVA
Tugatilayotgan hududiy “Mevasabzavot” birlashmalarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish tegishli viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalariga yuklanadigan korxonalari
ROʻYXATI
Korxonalar nomi
Joylashgan oʻrni (tuman, shahar)
Buxoro viloyati
Rahmonov nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi
Shofirkon
“Osiyo” qishloq xoʻjaligi korxonasi
Shofirkon
“Gʻijduvon” qishloq xoʻjaligi korxonasi
Gʻijduvon
“Jilvon-2” qishloq xoʻjaligi korxonasi
Gʻijduvon
“Varaxsha” qishloq xoʻjaligi korxonasi
Peshku
“Toshkent” qishloq xoʻjaligi korxonasi
Qorakoʻl
Odilov nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi
Qorakoʻl
“Andijon” qishloq xoʻjaligi korxonasi
Jondor
Yodgorov nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi
Buxoro
“Sohibkor” qishloq xoʻjaligi korxonasi”
Buxoro
“Gʻijduvon” firmasi
Gʻijduvon
“Gʻijduvonkonserva” OTAJ
Gʻijduvon
“Omad” OTAJ
Jondor
“Buxoro qovunlari” ixtisoslashgan firmasi
Buxoro
“Sevinch” ITF
Buxoro
“Buxoro” AJ
Buxoro
Xoʻjalik hisobidagi savdo-tijorat korxonasi
Buxoro
“Musallas” ITF
Kogon
“Nurafshon” ITF
Gʻijduvon sh.
MTT bazasi
Gʻijduvon sh.
Aksiyadorlik avtokorxonasi
Buxoro
Taʼmirlash-qurish boshqarmasi
Buxoro
Navoiy viloyati
K.Musayev nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi
Navoiy
Jambul nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi
Navbahor
Poʻlkan shoir nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi
Xatirchi
“Uchqora” qishloq xoʻjaligi korxonasi
Xatirchi
A.Ikromov nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi
Xatirchi
“Quyimozor” qishloq xoʻjaligi korxonasi
Qiziltepa
“Quyimozor” birlamchi vino zavodi
Qiziltepa
“Lazzat” OTAJ
Navoiy sh.
“Zebo” OTAJ
Qiziltepa
“Tayorlovchi” AJ
Navoiy
Sirdaryo viloyati
H.Olimjon nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi
Sh.Rashidov
“Sohibkor” qishloq xoʻjaligi korxonasi”
Xovos
J.Usmonov nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi
Xovos
“Nihol” qishloq xoʻjaligi korxonasi
Xovos
“Mustaqillik” qishloq xoʻjaligi korxonasi
Xovos
“Bahor” qishloq xoʻjaligi korxonasi”
Guliston sh.
Musamuhamedov nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi
Oqoltin
“Shirin” qishloq xoʻjaligi korxonasi
Xovos
M.Bobur nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi
Xovos
Rahimov nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi
Sirdaryo
“Shirin” firmasi
Xovos
“Shirin birlamchi vino zavodi” OTAJ
Xovos
“Sirdaryo qovunlari” ixtisoslashgan firmasi
Guliston sh.
“Guliston konserva” OTAJ
Guliston sh.
“POK” AJ
Guliston sh.
“Shaharmevasabzavotsavdo” kombinati
Shirin sh.
Tijorat markazi MChJ
Guliston sh.
Avtotransport korxonasi
Mirobod
“MPMK-13” OTAJ
Sayxunobod
Xorazm viloyati
Gagarin nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi
Xazorasp
“Xorazm qovunlari” ixtisoslashgan firmasi
Urganch sh.
“Xorazm-agro” firmasi
Urganch sh.
“Navroʻz” savdo-xarid korxonasi
Urganch sh.
“Urganch” “Shaharmevasabzavotsavdo”
Urganch sh.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-oktabrdagi 394-son qaroriga 2-ILOVA
“Mevasabzavot” Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat birlashmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 116-modda)