toggle_night_mode
Hujjat 06.07.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Samarqand viloyatida soya yetishtirish sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Samarqand viloyatida sugʻoriladigan va yaylov yer maydonlaridan samarali foydalanish, serhosil va ertapishar soya navlarini yaratish, birlamchi urugʻchilikni tashkil etish, yangi innovatsion agrotexnologiyalar asosida soya yetishtirishni kompleks rivojlantirish, parrandachilik korxonalariga soya shrotini yetkazib berish va boshqa soya mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda aholining soya yogʻiga boʻlgan ehtiyojini toʻlaroq qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Samarqand viloyati hokimligi hamda soya yetishtiruvchi xoʻjaliklarning viloyatda Soya yetishtiruvchilar uyushmasini (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
soya yetishtirishni tashkil etishni kompleks rivojlantirish boʻyicha dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish, yagona ilmiy-texnik, texnologik va investitsion siyosatning amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
yer maydonlaridan oqilona foydalangan holda soya oʻsimligining oʻsishi uchun qulay boʻlgan hududlarda soya yetishtirish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
soya yetishtirish jarayonlariga xorijiy sarmoyalarni, chet ellik mutaxassislar hamda konsultantlarni faol jalb qilish, ushbu sohaga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish;
soya yetishtirish bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarga soya urugʻlarini oʻrnatilgan fitosanitar talablar asosida tizimli yetkazib berish, soya oʻsimligi zararkunandalari va kasalliklariga qarshi biologik hamda kimyoviy vositalar asosida kurashish ishlariga koʻmaklashish;
innovatsion texnologiyalarni soyani yetishtirish jarayoniga joriy qilish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, soyaning mahalliy serhosil navlarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
soya yetishtirish sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
soya yetishtiruvchilariga soyani yetishtirishning zamonaviy usullari va uni parvarish qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda uslubiy (metodik) yordam koʻrsatish;
soyani parvarish qilishga jalb etiladigan mutaxassislarni agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri oʻtkazish boʻyicha oʻqitish uchun maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish;
soha uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, respublika taʼlim muassasalarida, shuningdek, xorijda ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda ishtirok etish.
3. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Samarqand viloyatidagi “Yunusjon ahli” oilaviy korxonasi, “Pahtachi rodnik yog'” MChJ, “Samarkand oil ekstraksiya” MChJ hamda soya yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari Uyushma muassislari hisoblanadi;
fermer xoʻjaliklari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar shartnoma asosida Uyushmaga mustaqil aʼzo boʻlishlari mumkin va uning tarkibidan chiqish huquqiga egadirlar;
Uyushma faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Samarqand viloyati hokimligi uyushmani tekin foydalanish huquqi asosida Samarqand shahar Koʻksaroy maydoni 1 uy E korpusdagi viloyat Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi maʼmuriy binosiga joylashtirishni taʼminlasin.
4. Quyidagilar:
Soya yetishtiruvchilar uyushmasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Soya yetishtiruvchilar uyushmasi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 12 nafar boʻlgan ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Uyushma raisiga, zarurat boʻlganda, ijro etuvchi apparatining tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Uyushma raisi va uning oʻrinbosari muassislarning umumiy yigʻilishi qarori bilan saylanadi.
Uyushma raisi va uning oʻrinbosari umumiy yigʻilish oldida hisobdor hisoblanadi.
6. Soya yetishtiruvchilar uyushmasi faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha 3-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuzilsin.
Ishchi guruh (B.T. Yusupov):
bir oy muddatda Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishini oʻtkazilishini, uning ustavi tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Uyushmaning ijro etuvchi apparatini yuqori malakali mutaxassislarni tanlash asosida toʻldirishni;
hududlarda fermer, dehqon xoʻjaliklari tomonidan soya yetishtirishga amaliy yordam berishni taʼminlasin.
7. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Uyushmaga uning faoliyatini muvofiqlashtirish, sohani rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlar va chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish, investitsiya va innovatsion loyihalarini jalb etish, ularni amalga oshirishda vazirlik va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik masalalarida koʻmaklashsin.
8. Samarqand viloyatida 2018 — 2020-yillarda soya yetishtirishni tashkil etish hamda soya hosili yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Samarqand viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi bilan birgalikda Uyushmaga aʼzo boʻlgan tashkilotlar va fermer xoʻjaliklari hisobidan Jomboy, Oqdaryo, Payariq va boshqa tumanlarning yaylov yerlarida soya ekishni taʼminlash maqsadida tik sugʻorish quduqlarini (skvajina) qurishni tashkil etsin.
10. “Oʻzbekenergo” AJ uyushmaga aʼzo boʻlgan tashkilotlar va fermer xoʻjaliklari hisobidan Jomboy, Oqdaryo, Payariq va boshqa tumanlarida qurilgan tik sugʻorish quduqlarini oʻrnatilgan tartibda elektr energiyasi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Uyushma, Fanlar Akademiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy ishlab chiqarish markazi hamda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda ikki hafta muddatda soya yetishtirish prognoz koʻrsatkichlarini tumanlar hamda uni yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar kesimida shakllantirsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-son Farmoni asosida tashkil etilgan Kasb-hunar taʼlimi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi, Samarqand viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi kasb-hunar kollejlarini tegishli vazirlik va idoralarning tasarrufiga oʻtkazish boʻyicha takliflar tayyorlashda:
Samarqand viloyati Jomboy tumani “Eski Jomboy” mahallasida joylashgan Jomboy qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejini Qishloq xoʻjaligi vazirligiga oʻtkazilishini;
qayd etib oʻtilgan kasb-hunar kollejini Qishloq xoʻjaligi vazirligiga uning tarkibida boʻlgan bino va inshootlar, laboratoriyalar, jihozlar, boshqa obyektlar va moddiy boyliklar bilan birgalikda oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Bunda Uyushmaning kadrlarga boʻlgan mavjud real ehtiyojni inobatga olib, kelgusida Jomboy qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejida soya yetishtirish sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, soya yetishtiradigan fermerlarning malakasini oshirish boʻyicha tashkiliy ishlarni yoʻlga qoʻysin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy ishlab chiqarish markazi, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent davlat agrar universiteti:
ikki hafta muddatda tumanlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, soya yetishtirishni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilishini;
2018-yil 15-iyulga qadar fermer, dehqon xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida soya yetishtirishni tashkil etish yuzasidan oʻquv seminarlari oʻtkazilishini taʼminlansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, Qishloq xoʻjaligi vaziri B.T. Yusupov hamda Samarqand viloyati hokimi T.I. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-iyul,
506-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 506-son qaroriga
1-ILOVA
Soya yetishtiruvchilar uyushmasining
TAShKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 506-son qaroriga
2-ILOVA
Soya yetishtiruvchilar uyushmasining ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 12 nafar.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 506-son qaroriga
3-ILOVA
Soya yetishtiruvchilar uyushmasi faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI

1.

B.T. Yusupov

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq hoʻjaligi vaziri, Ishchi guruh rahbari

2.

T.I. Joʻrayev

Samarqand viloyati hokimi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

B.M. Xoliqov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktori oʻrinbosari

4.

N.B. Poʻlatov

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining birinchi oʻrinbosari v.b.

5.

A.X. Abdullayev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi

6.

A.A. Axmadjonov

Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD bosh mutaxassisi

7.

I.K. Ergashev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻi

8.

O.B. Isayev

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ boshqaruvi raisi

9.

R.I. Siddiqov

Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori

Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtganda guruh tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 506-son qaroriga
4-ILOVA
Samarqand viloyatida 2018 — 2020-yillarda soya yetishtirishni tashkil etish hamda soya hosili yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari

T/r

Tumanlar

Jami

Shu jumladan:

2018-yil

2019-yil

2020-yil

Ekin
maydoni,
ga

Yalpi hosil,
tn

Ekin
maydoni,
ga

Yalpi hosil,
tn

Ekin
maydoni,
ga

Yalpi hosil,
tn

Ekin
maydoni,
ga

Yalpi hosil,
tn

1.

Kattaqoʻrgʻon

3000

5100

400

680

1000

1700

1600

2720

2.

Bulungʻur

3000

5100

400

680

1000

1700

1600

2720

3.

Jomboy

3000

5100

400

680

1000

1700

1600

2720

4.

Oqdaryo

3000

5100

400

680

1000

1700

1600

2720

5.

Payariq

3000

5100

400

680

1000

1700

1600

2720

Jami:

15000

25500

2000

3400

5000

8500

8000

13600

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/506/1461-son; 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son; 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)