Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qirgʻiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslari Oʻzbekiston Respublikasining hududi boʻyicha oʻtishi uchun yigʻimlar undirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, Qirgʻiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali kirib kelishi va tranzit oʻtishi uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan toʻlovlar Qirgʻiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslarining
ilovaga muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha oʻtishi uchun undirilmaydi.
2. Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtadigan Qirgʻiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslari kirib kelishi va tranzit oʻtishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Chegaradosh davlatlarning yuk avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali oʻtishi uchun yagona yigʻimlar belgilash toʻgʻrisida” 1999-yil 31-dekabrdagi 552-son qarorining
2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 12-son, 72-modda) “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yoʻnalishlar boʻyicha oʻtadigan yuk avtotransport vositalari va avtobuslar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
1. Qirgʻizistondan Oʻzbekiston hududi orqali Qirgʻizistonga tranzit oʻtishi.
2. “Madaniyat” oʻtkazish punkti (Andijon viloyati) orqali “Maylisoy” elektrolampa zavodining yuk tushirish va ortish bazasiga oʻtish va orqaga qaytish.
3. “Fargʻona” oʻtkazish punkti (Fargʻona viloyati) orqali Qadamjoy surma kombinatining “1-Ferbaza” va “2-Ferbaza”siga oʻtish va orqaga qaytish.