1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining ““Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Sirdaryo-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Boʻstonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonalarining ustavlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 25-iyuldagi 542-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5412-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining ““Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Sirdaryo-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Boʻstonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonalarining ustavlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 25-iyuldagi 542-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 30-son, 741-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Gʻ. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-iyun,
465-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 465-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining ““Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Sirdaryo-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Boʻstonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonalarining ustavlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 25-iyuldagi 542-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
“Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Boʻstonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” (keyingi oʻrinlarda direksiyalar deb ataladi) davlat unitar korxonalarining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
2. Qarorning 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi ““Sirdaryo-farm”” soʻzlaridan keyin “Sirdaryo” soʻzi qoʻshilsin.
3. Qarorning nomidagi, 2-banddagi “Sirdaryo-farm” soʻzlari “Sirdaryo” soʻzi bilan almashtirilsin.
a) nomidagi “Sirdaryo-farm” soʻzlari “Sirdaryo” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi izoh kiritilsin:
“Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5412-son qaroriga muvofiq, “Sirdaryo” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasi boshqaruv xodimlari soni 5 nafar etib belgilangan.”
“10. “Sirdaryo-farm” va “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonalari (keyingi oʻrinlarda “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ ni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini, “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga (“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlarni bajarishdan (xizmatlar koʻrsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi”;
“11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan Sirdaryo viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida investitsiya kiritish toʻgʻrisida bitimlar, “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan tashkilotlarni va mol-mulkni nolga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etish;
“Sirdaryo-farm” EIZ hududida farmatsevtika mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ bosh rejasi va Maʼmuriy kengash qarorlari bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
dorivor oʻsimliklarning sanoat plantatsiyalari tashkil etilishida ishtirok etish, keyinchalik dori vositalari chuqur qayta ishlanishi va ishlab chiqarilishini tashkil etish;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda koʻmaklashish;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatish;
Maʼmuriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha uning majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ faoliyatini operativ boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.”