1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Investitsiya va infratuzilma loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish, davlat aktivlarini va davlat strategik korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirish, shuningdek, milliy iqtisodiyotning muttasil oʻsishini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PK-3550-son qarorining amal kilishi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarga tatbiq etilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati ikki hafta muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda Agentlikning davlat organlari va tashkilotlari joriy faoliyatini tartibga soluvchi funksiyalari takrorlanishiga yoʻl quymaslik, ularni chiqarib tashlash, Agentlikning boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ayniqsa, joylardagi davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, loyiha boshqaruvi, loyihalarni ekspertiza qilish va akkreditatsiya, koʻrsatiladigan xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash sohasidagi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Agentlik oldiga qoʻyilgan vazifalarning bajarilishini uning vakolatlari va funksiyalarini aniqlashtirishni inobatga olgan holda chuqur tahlil qilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Hisob palatasi va boshqa idoralar bilan birgalikda investitsiya va infratuzilma loyihalarini toʻliq amalga oshirishga hamda toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishga tuskinlik kilayotgan tizimli kamchiliklarni aniklash maksadida mazkur loyixalar shakllantirilishi va amalga oshirilishining borishini oʻrgansin, yakuni boʻyicha mazkur yoʻnalishlardagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan anik takliflar kiritsin.
4. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki xamda boshqa xalqaro moliya institutlari ekspertlarini jalb qilgan xolda ikki hafta muddatda umumqabul qilingan baholash, ekspertiza, tasdiqlash, xarid qilish va loyihalarni amalga oshirish tartib-taomillari asosida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash xamda amalga oshirishning takomillashtirilgan mexanizmini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda investitsiya va infratuzilma loyihalarining loyihaoldi, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlashning yangilangan tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-iyun,
PQ-3794-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3794-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi toʻgʻrisidagi nizomning 71-bandi, 8-bandi “k”, “l”, “m” kichik bandlari va 101-bandi uz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3550-son qarorida:
a) 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “Loyihalarning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishini yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisobkitobini, texnik-iqtisodiy asoslanishini yoki texnik-iqtisodiy hisobkitobini xamda moliyaviy-iqtisodiy hisobotini” degan soʻzlar “Loyihalarning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishini yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitobini, texnik-iqtisodiy asoslanishini yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitobini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning “a” kichik bandidan “moliyaviy-iqtisodiy hisobotlarni” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“loyihalarning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishini yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitobini, texnik-iqtisodiy asoslanishini yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitobini xamda moliyaviy iqtisodiy hisobotini” degan soʻzlar “loyihalarning dastlabki texnik iqtisodiy asoslanishini yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitobini, texnik-iqtisodiy asoslanishini yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitobini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
kuyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“infratuzilmaviy loyihalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining qarorlari asosida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha loyihaoldi xamda loyiha hujjatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida jalb etiladigan kredit (qarz) mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari boʻyicha tender hujjatlari va import kontraktlari”;
g) Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida:
1-banddagi “finansovo-ekonomicheskix otchetov” degan soʻzlar “a takje” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “PTEO/PTER, TEO/TER i finansovo-ekonomicheskogo otcheta” degan soʻzlar “PTEO/PTER i TEO/TER” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20-bandning uchinchi xatboshisidagi “PTEO/PTER, TEO/TER i finansovo-ekonomicheskogo otcheta” degan soʻzlar “PTEO/PTER i TEO/TER” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“26. V sluchaye nalichiya zamechaniy, initsiator (zakazchik) ustranyayet ix i vnosit v Sentr dorabotannuyu dokumentatsiyu dlya povtornoy ekspertizi s prilojeniyem, pri neobxodimosti, sootvetstvuyuщix dokumentov.
Za rassmotreniye dorabotannoy dokumentatsii oplata za provedeniye ekspertizi ne vzimayetsya”,
“33. V sluchaye vneseniya izmeneniy v PTEO/PTER ili TEO/TER proyekta, osuщestvlennie v sootvetstvii s otdelnimi resheniyami Prezidenta Respubliki Uzbekistan ili Kabineta Ministrov v chasti umensheniya stoimosti proyekta (pri soxranenii osnovnix texniko-texnologicheskix parametrov proyekta), vneseniye izmeneniy (korrektirovok) v PTEO/PTER ili TEO/TER proyekta ne trebuyetsya, za isklyucheniyem sluchayev, svyazannix s pogasheniyem kreditnix resursov MFI/IPFO i Fonda rekonstruksii i razvitiya Respubliki Uzbekistan”;
3-ilovaning matni kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“SXEMA razrabotki, ekspertizi i utverjdeniya predproyektnoy i proyektnoy dokumentatsii investitsionnix i infrastrukturnix proyektov, realizatsiya kotorix predusmotrena v odnostadiynom poryadke
Etapi
№
Meropriyatiya
Sroki
Otvetstvennie za ispolneniye
1-etap. Razrabotka i ekspertiza texnicheskogo zdaniya na razrabotku TEO (TER) proyektov
1.
Prinyatiye sovmestno s ONTS resheniye po realizatsii proyekta. Razrabotka texnicheskogo zadaniya na razrabotku TEO (TER) proyekta i vneseniye v Sentr
Initsiatori (zakazchiki) realizatsii proyekta
2.
Ekspertiza texnicheskogo zadaniya (TZ) s vidachey polojitelnogo zaklyucheniya ili zamechaniy
Ne boleye 15 rabochix dney
Sentr
3.
Ustraneniye vidannix zamechaniy i povtornoye vneseniye TZ v Sentr
Initsiatori (zakazchiki) realizatsii proyekta
4.
Ekspertiza otkorrektirovannogo TZ s vidachey zaklyucheniya
Ne boleye 15 rabochix dney
Sentr
2-etap. Razrabotka i ekspertiza TEO (TER) proyekta s uchetom osщestvleniya tendernix protsedur i registratsii importnix kontraktov
5.
Podgotovka tendernoy dokumentatsii, provedeniye tendera i ekspertiza kontraktov na postavku oborudovaniya, v tom chisle importnix
d) Davlat tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun tender hujjatlarini va texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida:
3-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “finansovoekonomicheskix otchetov” degan soʻzlar “a takje” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) Loyihalarning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishini yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitobini, texnik-iqtisodiy asoslanishini yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitobini xamda moliyaviy-iqtisodiy hisobotini kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ishlarning qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomasining rus tilidagi matnida:
nomidagi va muqaddimaning birinchi xatboshisidagi “PTEO/PTER, TEO/TER i finansovo-ekonomicheskogo otcheta” degan soʻzlar “PTEO/PTER i TEO/TER” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3720-son qarorida:
b) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Loyiha ofisiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 07/22/332/0677-son)