toggle_night_mode
Hujjat 26.06.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish yoʻli bilan avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha sotish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 191-modda) bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-iyun,
470-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi 470-son qaroriga
ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkasi boʻyicha berishda “Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-bandning oltinchi xatboshidagi “uch” soʻzi “besh” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha beriladigan I, IA, III, IIIA tipidagi avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining
ROʻYXATI

t/r

Toifa nomi

ROʻDRBning seriyadagi soni*

ROʻDRBning raqamlar kombinatsiyasi*

ROʻDRBning boshlangʻich narxi* (EKOIHda**)

ROʻDRBga

har xil kombinatsiyadagi harflar bilan

ROʻDRBga bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan

Toshkent shahri

1.

1-toifa

13 juft

001, 007, 100, 111, 222, 333, 444, 555, 666, 700, 777, 888, 999.

100

130

2.

2-toifa

31 juft

002, 003, 004, 005, 006, 008, 009.

010, 020, 030, 040, 050, 070, 077, 080, 090.

101, 200, 202, 300, 303, 400, 404, 500, 505, 600, 707, 800, 808, 900, 909.

40

50

3.

3-toifa

21 juft

011, 022, 033, 044, 055, 060, 066, 088, 099.

110, 220, 330, 440, 550, 606, 660, 701, 702, 770, 880, 990.

10

15

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar

4.

1-toifa

13 juft

001, 007, 100, 111, 222, 333, 444, 555, 666, 700, 777, 888, 999.

25

30

5.

2-toifa

31 juft

002, 003, 004, 005, 006, 008, 009.

010, 020, 030, 040, 050, 070, 077, 080, 090.

101, 200, 202, 300, 303, 400, 404, 500, 505, 600, 707, 800, 808, 900, 909.

10

15

6.

3-toifa

21 juft

011, 022, 033, 044, 055, 060, 066, 088, 099.

110, 220, 330, 440, 550, 606, 660, 701, 702, 770, 880, 990.

5

7

* ROʻDRB — roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari.
** EKOIH — eng kam oylik ish haqi”.