1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.03.00.00 Qurolli Kuchlar / 15.03.08.00 Qurolli Kuchlar kadrlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgan, jangovar-xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning haqiqiy xizmatni oʻtayotgan ofitserlariga, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga — bevosita komandirlari (boshliqlari) tavsiyanomasiga asosan ular farzandlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun;
harbiy xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajarish chogʻida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilari farzandlariga beriladi.
Tavsiyanomalar blankalarini tayyorlash vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida har yili ushbu vazirliklar va idoralar uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar hisobiga “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar:
2018-yilda tavsiyanomalar berish tadbirlarini joriy yilning iyun oyida ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan Nizom talablariga muvofiq amalga oshirsinlar;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-iyun,
462-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 462-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisida
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda oliy taʼlim muassasalari deb ataladi) oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibini belgilaydi.
2. Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar quyidagilarga beriladi:
mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgan, jangovar-xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan haqiqiy xizmatni oʻtayotgan ofitserlarga, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga (keyingi oʻrinlarda harbiy xizmatchilar deb ataladi) — ular farzandlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun bevosita komandirlarning (boshliqlarning) tavsiyasi boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklda;
harbiy xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajarish chogʻida yaradorlik, kontuziya, shikast olish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning farzandlariga — mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklda.
3. Tavsiyanomalar blanklari qatʼiy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi, hisob seriyasi, raqami va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi, “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
4. Tavsiyanomalar mazkur Nizomning 3-ilovasidagi sxema boʻyicha harbiy xizmatchilarning farzandlarini Oʻzbekiston Respublikasining bitta oliy taʼlim muassasasiga bir marta kirishi uchun uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.
5. Tavsiyanomalarni berish masalasini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklarda (idoralarda) vazirlik (idora) rahbarining tegishli masalalar boʻyicha oʻrinbosari raisligida komissiya tuziladi.
Kamida besh nafar rahbar xodimlar va vakolatli mutaxassislardan iborat boʻlgan komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik (idora) rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
6. Har yili mart oyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tegishli vazirlik (idoralar) komissiyalarida quyidagilar koʻrib chiqiladi:
harbiy xizmatchilar farzandlarining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish toʻgʻrisidagi tavsiyalari bilan komandirlar (boshliqlar)ning takliflari;
harbiy xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajarish chogʻida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarining farzandlari roʻyxatlari.
v) harbiy xizmat vazifalarini bajarish chogʻida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchiga:
vazirlik (idora) hududiy organi, mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻining tavsiyanomasi;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan harbiy xizmatchining nogironligi haqidagi maʼlumotnoma;
yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar boʻyicha harbiy-tibbiy ekspertiza oʻtkazadigan muassasaning xulosasi;
harbiy xizmatchi farzandining pasporti va tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari.
Mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
8. Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning komissiyalariga koʻrib chiqish uchun har yili 15-martgacha taqdim etiladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning komissiyalari harbiy xizmatchilar taqdim etgan hujjatlarni har yili 1-aprelgacha koʻrib chiqadi. Bunda mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgan, jangovar-xizmat va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga alohida eʼtibor qaratiladi.
Komissiya yigʻilishi yakunlari boʻyicha bayonnoma tuziladi, u komissiya raisining imzosi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tegishli vazirlik (idora)ning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
10. Tavsiyanoma olgan harbiy xizmatchilarning roʻyxatlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tegishli vazirlik (idora) rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar) Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga mazkur Nizomda koʻzda tutilgan tartibda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berilgan, harbiy xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajarish chogʻida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilar farzandlarining roʻyxatlarini har yili 1-maygacha mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklda yuboradilar.
13. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Harbiy xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan, yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyaga ega boʻlgan harbiy xizmatchilar farzandlari
ROʻYXATI
T/r
Abituriyent (nomzod)ning familiyasi, ismi, otasining ismi
Abituriyent (nomzod) pasporti (guvohnomasi)ning seriyasi va nomeri