1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori ijrosini taʼminlash hamda xalqaro miqyosda respublika va mamlakat tashkilotlari manfaatlarini munosib ifoda eta oladigan yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitishni tashkil etish, yuridik taʼlim olishga keng imkoniyatlar yaratilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) davlat muassasasi shaklida tuziladi va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazining huquq va majburiyatlar boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslarini tashkil etishda:
tinglovchilarning investitsiya va tijorat faoliyatida xalqaro huquq asoslarini oʻzlashtirishini, xalqaro xususiy, tijorat huquqi, xalqaro arbitrajning moddiy va protsessual huquq normalarini amalda qoʻllash, ilgʻor advokatlik texnikasi, aktivlarni xalqaro qidirish va ularni qaytarish texnikasi, xalqaro tergov qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilish sohasida oʻqitishni taʼminlash;
tijorat arbitraji sohasidagi xalqaro yuridik amaliyotni, mamlakatlarning huquqiy pozitsiyasini ishlab chiqish va uni himoya qilishning zamonaviy tendensiyalarini tizimli asosda oʻrganish hamda oʻrganish natijalarini tinglovchilarga, masʼul davlat organlari va tashkilotlariga yetkazish;
tinglovchilarning xalqaro investitsiya va tijorat faoliyati, xalqaro arbitraj ish yurituvini huquqiy jihatdan taʼminlash sohalarida protsessual hujjatlarni tayyorlash, huquq va xalqaro shartnomalar normalarini talqin qilish koʻnikmalarini takomillashtirish;
xorijiy yuridik kompaniyalari, xalqaro arbitraj institutlari va boshqa tegishli tashkilotlarda tinglovchilarning stajirovkasini tashkil qilish;
tinglovchilarni amaliy oʻqitish metodikasini takomillashtirish boʻyicha xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish;
b) oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tashkil etishda:
tinglovchilarning huquq sohasidagi fundamental bilim va koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan intensiv oʻqitish dasturlarini amalga oshirish asosida kadrlarni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish;
yuristning professional odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda tinglovchilarning huquqiy masalalar va boshqa yuridik harakatlarni amalga oshirish boʻyicha kasbiy kompetensiya darajalarini oʻstirish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida taʼlim berishning sohalararo yondashuvini joriy etishga koʻmaklashuvchi huquq sohasining boshqa fan sohalari bilan oʻzaro integratsiya jarayonlarini rivojlantirish;
qayta tayyorlash jarayonida zamonaviy yondashuv va texnologiyalarni, xorijiy va milliy ilgʻor tajribani umumlashtirish va joriy qilish orqali oʻqitish tizimini tubdan yaxshilashga koʻmaklashish;
tinglovchilarning tahliliy fikrlashini oʻstirish, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarni tahlil va talqin qilish, qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qoʻllash;
tinglovchilarning kasbiy oʻsishiga qaratilgan oʻqitishning interfaol usullarini, shu jumladan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda sayyor mashgʻulotlarni qoʻllash orqali joriy qilish.
3. Quyidagilar:
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslari toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Toshkent davlat yuridik universiteti rektoriga Markaz tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda xodimlarning belgilangan soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilansinki:
Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
belgilangan davriylikka muvofiq oliy taʼlim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslaridan tashqari Markazda oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Markaz xodimlariga ushbu qaror qoidalarini hisobga olgan holda oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi;
oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarida oʻquv mashgʻulotlarini olib borish uchun jalb qilinadigan mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash Markazda taʼlim olish uchun haq toʻlash hisobiga tushadigan mablagʻlar hisobiga, soatbay haq toʻlash tartibi asosida, belgilangan miqdorning 200 foizigacha oshirilishi mumkin boʻlgan miqdorda amalga oshiriladi;
Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yurisprudensiya va huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi.
5. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
oliy taʼlim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida belgilangan davriylikka muvofiq oʻqish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish, shuningdek, oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun olingan mablagʻlar;
budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Toshkent davlat yuridik universitetining oʻqitishning bazaviy qiymati miqdoridan oshadigan qismidagi toʻlov-kontrakt mablagʻlari;
xoʻjalik faoliyatidan, shu jumladan, qoʻshimcha taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
xayriya ehsonlari;
xalqaro moliyaviy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilab qoʻyilsinki, oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarida hamda yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslarida oʻqish uchun olingan mablagʻlar Markaz tomonidan toʻlaligicha va mustaqil ravishda sarflanadi.
6. Markazga oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarida va yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslarida oʻqish uchun tushgan mablagʻlar hisobiga oʻz xodimlariga tarif stavkasining 100 foizigacha miqdorda har oylik ustamalar belgilash huquqi berilsin.
Toshkent davlat yuridik universitetining toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishning bazaviy qiymati miqdoridan oshadigan qismidagi mablagʻlari hisobiga Markazning xodimlariga har oylik ustama haq belgilash maqsadida uni moddiy qoʻllab-quvvatlash huquqi saqlab qolinsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining tinglovchilarning Markazda oʻqishi, shu jumladan, ularni xorijiy yuridik kompaniyalar va xalqaro arbitraj institutlariga stajirovkaga yuborish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va bank bilan yil boshidagi kelishuvga muvofiq dastlabki ikki yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi buyurtmasiga binoan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarini toʻlash uchun Bank kengashi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan doirada yillik grantlar ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
8. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari zaruriyatga qarab oʻz kadrlarining kasbiy darajasini oshirish boʻyicha, shu jumladan, har yili tegishli mutaxassislarni Markazga yoʻnaltirish yoʻli bilan xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish uchun amaliy choralarni koʻrsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi Markazga:
xalqaro mutaxassislarni jalb qilish maqsadida yuridik kompaniyalar, xalqaro arbitraj institutlari, xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
tinglovchilarning xorijiy yuridik kompaniyalar va xalqaro arbitraj institutlarida stajirovkasini tashkil etishda koʻmaklashsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining buyurtmasiga binoan Markazda oʻquv mashgʻulotlarini olib borish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalari berilishi va ularning muddati uzaytirilishi, Oʻzbekiston Respublikasidagi vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligining buyurtmanomasiga binoan chet el mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etilishiga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, ushbu qarorni amalga oshirish doirasida chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Davlat budjeti parametrlarida Markaz faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning belgilangan davriyligiga muvofiq “Taʼlim” sohasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida nazarda tutsin;
Markazga bitta avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaz faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek, tegishli bilim va ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
14. Markaz Toshkent shahri, Amir Temur shoh koʻchasi, 17-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 39-son, 453-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari roʻyxatiga4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
16. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-iyun,
453-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-iyundagi 453-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazining
* Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga saqlanadi.
Xodimlarning cheklangan soni (professor-oʻqituvchilar tarkibi va yordamchi xodimlardan tashqari) — 11 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 7 nafar.
Yordamchi xodimlarning soni davlat boshqaruvi organlari uchun belgilangan normativlarga asosan aniqlanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 09/19/797/3793-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-iyundagi 453-son qaroriga 2-ILOVA
Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish qisqa muddatli kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish kurslari (keyingi oʻrinlarda professional oʻqitish kurslari deb ataladi) — investitsiya va tijorat faoliyatida xalqaro huquq asoslarini shakllantirishni taʼminlashga, shuningdek, xalqaro yuridik amaliyotda ularning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan yuridik kadrlarni qisqa muddatli oʻqitish shakli;
talabgorlar — xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish kurslarida taʼlim olishni xohlovchi, ingliz tilini amaliyotda erkin qoʻllay olish darajasida biladigan shaxslar;
tinglovchilar — suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtib belgilangan miqdordagi kontrakt pulini toʻlagan hamda Markaz direktorining buyrugʻi bilan professional oʻqitish kurslariga qabul qilingan shaxslar.
3. Oʻqitish kurslari quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
tayanch kurs — xalqaro tijorat faoliyati, xalqaro arbitraj va sud nizolarini huquqiy taʼminlash sohasida asosiy malaka va koʻnikmalarni rivojlantirish;
sohaviy kurs — xalqaro investitsiya va tijorat faoliyatini samarali huquqiy qoʻllab-quvvatlash bilan taʼminlash, xalqaro xususiy, tijorat huquqi, xalqaro arbitrajning moddiy va protsessual huquq normalarini qoʻllash, ilgʻor advokatlik texnikasi, aktivlarni xalqaro qidirish va ularni qaytarish, xalqaro tergov qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilish va boshqa shu kabi muayyan sohaga oid bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan kurslar.
4. Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish qisqa muddatli kurslarining tashkil qilinishi va oʻtkazilishi mazkur Nizomning ilovasidagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda Adliya vazirligi deb ataladi) tomonidan, qoida tariqasida, har yili 15-noyabrga qadar vazirliklar va idoralarning, shuningdek, boshqa tashkilotlarning buyurtmalari asosida keyingi kalendar yil uchun taʼlim yoʻnalishlari kesimida professional oʻqitish kurslari tinglovchilarning oylik dastlabki roʻyxatini shakllantiriladi.
6. Oʻqitish kurslarining muddati oʻqitish dasturlaridan kelib chiqqan holda, ammo bir oydan kam boʻlmagan muddatda Markaz tomonidan belgilanadi.
7. Tinglovchilarni qabul qilish Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan oʻrinlar miqdoridan kelib chiqqan holda va suhbat natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
Professional oʻqitish kurslarida taʼlim olish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
8. Suhbat:
xalqaro xususiy va ommaviy huquq sohasidagi bilimlar;
ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
9. Professional oʻqitish kurslarida dars mashgʻulotlari asosan ingliz tilida olib boriladi. Dars mashgʻulotlari zaruratga qarab boshqa tillarda ham olib borilishi mumkin.
10. Kurslarda oʻqitish tinglovchining asosiy ish joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi. Ish beruvchining roziligiga koʻra kurslarda oʻqish davomida Markaz tinglovchilarining asosiy ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.
2-bob. Professional oʻqitish kurslariga hujjatlarni qabul qilish va qabulni tashkil etish
11. Markaz direktori har yili 15-yanvardan kechikmay tinglovchilarning dastlabki roʻyxati asosida keyingi yil uchun professional oʻqitish kurslarini oʻtkazish jadvalini tasdiqlaydi.
Zarur hollarda Markaz tomonidan Adliya vazirligi bilan kelishgan holda jadvaldan tashqari, shuningdek, boshqa turli mavzularda qoʻshimcha kurslar tashkil etilishi mumkin.
12. Tinglovchilarni qabul qilish toʻgʻrisidagi maʼlumot va suhbatni oʻtkazish jadvali Markazning rasmiy veb-saytida, qoida tariqasida, professional oʻqitish kurslarida oʻqish boshlanishidan bir oy oldin joylashtiriladi.
13. Suhbat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrugʻi asosida tashkil etilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
14. Suhbat, qoida tariqasida, ingliz tilida oʻtkaziladi. Suhbatda talabgorlarning ingliz tilini bilish darajasi kamida V2 darajasiga muvofiq boʻlishi lozim.
15. Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi V2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlardan CEFR (Common European Framework of Reference) V2, IELTS (International English Language Testing System) boʻyicha 6,0 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) boʻyicha 95 ball va undan yuqori darajaga ega boʻlgan talabgorlar ingliz tilini bilish darajasini aniqlashga qaratilgan suhbatdan oʻtishdan ozod qilinadi.
16. Komissiya suhbat natijalari boʻyicha talabgorni kursga oʻqishga tavsiya qilish yoxud oʻqishga tavsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
17. Suhbat natijalari Markazning rasmiy veb-saytida suhbat yakunlanganidan keyingi ish kunida joylashtiriladi.
18. Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlar uch kun mobaynida quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etadilar:
19. Tinglovchilarni qabul qilish uchun suhbat qayta oʻtkazilmaydi.
20. Suhbat natijalari yuzasidan shikoyat qilinishi va apellyatsiya tartibida koʻrilishi mumkin emas.
21. Professional oʻqitish kurslariga qabul qilish:
suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtilgan;
suhbat natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kechiktirmay kontrakt toʻlovi summasi oʻtkazilgan taqdirda Markaz direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
22. Tegishli namunadagi kontrakt blankalari suhbat natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab yuridik shaxslar uchun uch nusxada, jismoniy shaxslar uchun ikki nusxada beriladi hamda Markazning rahbari va buxgalteri imzolari bilan tasdiqlanadi.
23. Professional oʻqitish kurslarida oʻqish uchun kontrakt mablagʻlarining miqdori Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
3-bob. Professional oʻqitish kurslarida oʻquv jarayoni
24. Markaz Adliya vazirligi, shuningdek, xorijiy yuridik kompaniyalar va taʼlim muassasalari bilan birgalikda ehtiyojlardan kelib chiqib professional oʻqitishning talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarini aniqlaydi.
25. Professional oʻqitish kursining dasturi Markaz tomonidan xorijiy yuridik kompaniyalar va taʼlim muassasalari bilan birgalikda professional oʻqitishning aniqlangan yoʻnalishidan kelib chiqib, xalqaro arbitraj muhokamalarida ishtirok etish doirasida yuzaga keladigan dolzarb muammolarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Professional oʻqitish kursi dasturi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
26. Auditoriya mashgʻulotlarining davomiyligi kurs dasturiga muvofiq belgilanadi.
27. Oʻquv jarayonida amaliyotga yoʻnaltirilgan, shu jumladan, video-konferens-aloqadan foydalangan xolda oʻqitishning zamonaviy interfaol usullari qoʻllaniladi.
28. Markazda oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun asosan xorijiy yuristlar va tegishli chet el mutaxassislarini jalb qilish shartnoma asosda amalga oshiriladi.
Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishga arbitraj, sud protsesslarini oʻz ichiga olgan xalqaro huquqni qoʻllash tajribasiga ega boʻlgan, oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiruvchi xorijiy yuridik kompaniyalar hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning xodimlari ham jalb etilishi mumkin.
29. Kurslar tamomlangandan keyin tinglovchilarga Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi sertifikat beriladi.
30. Adliya vazirligi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar orasidan ularning koʻnikma va kasbiy kompetensiyalari shakllanganligi va rivojlanganligi darajasini inobatga olgan holda xorijiy yuridik kompaniyalar va xalqaro arbitraj institutlari, shuningdek, boshqa tegishli muassasalarda stajirovkalarni tashkil etish uchun tinglovchilarni tanlab oladi. Stajirovka, qoida tariqasida, ikki oydan uch oygacha boʻlgan muddatda tashkil etadi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
31. Adliya vazirligi tinglovchilarning oʻquv jarayoni va stajirovkasi monitoringini olib boradi, ular bilan doimiy aloqada boʻladi.
32. Tinglovchi professional oʻqitish kursida oʻqishni davom ettirishni rad etgan taqdirda toʻlangan kontrakt summasi qaytarib berilmaydi.
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslari toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslarini tashkil qilish va oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Adliya vazirligi
1. Vazirliklar va idoralar, shuningdek, boshqa tashkilotlarning buyurtmalari asosida professional oʻqitish kurslari tinglovchilarining dastlabki kontingentini shakllantiradi.
har yili 15-noyabrgacha
Markaz
2. Keyingi yilda professional oʻqitish kurslarini oʻtkazish jadvalini ishlab chiqiladi va tasdiqlaydi.
15-yanvardan kechikmay
2-bosqich
Markaz
1. Qabulni eʼlon qiladi va suhbat oʻtkazish jadvalini tasdiqlaydi.
kurslar boshlanishidan bir oy oldin
2. Suhbat oʻtkazishni tashkil etadi.
kurslar boshlanishidan 15 kun oldin
3. Suhbat natijalarini eʼlon qiladi.
suhbat oʻtkazilgandan soʻng keyingi ish kunida
3-bosqich
Markaz
1. Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlardan hujjatlarni qabul qiladi.
suhbat oʻtkazilgandan soʻng 3 kun mobaynida
2. Tinglovchilarni professional oʻqitish kurslariga qabul qiladi.
suhbat oʻtkazilgandan soʻng 10 kun mobaynida
3. Oʻquv jarayonini tashkil etadi.
sikl (dasturlar) mobaynida
4-bosqich
Markaz
Sertifikat beradi
kurslar tamomlangandan keyin
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-iyundagi 453-son qaroriga 3-ILOVA
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) oliy maʼlumotga ega shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari (keyingi oʻrinlarda qayta tayyorlash kurslari deb ataladi) — davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmatlarida faoliyat olib borish uchun yetarli darajadagi bilim olishni va koʻnikma shakllantirishni nazarda tutadigan oliy taʼlimdan keyingi oʻqitish shakli.
talabgorlar — mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan roʻyxatdagi yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan va kirish imtihonlariga ruxsat etiladigan shaxslar;
tinglovchilar — kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan, oʻqish uchun kontrakt toʻlovini amalga oshirgan va qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaxslar.
3. Tinglovchilarni qabul qilish Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda TDYU deb ataladi) Kengashi tomonidan belgilangan oʻrinlarga muvofiq, toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
4. Tinglovchilarni qabul qilish suhbat shaklida oʻtkaziladigan kirish imtihonlari koʻra amalga oshiriladi.
5. Kirish imtihonlari yuridik kasbni tanlashning asoslantirilishi, huquq sohasidagi tayanch bilimlar va tahliliy fikrlashni aniqlash nuqtai nazaridan oʻtkaziladi.
6. Qayta tayyorlash kurslarida oʻqish davlat va rus tillarida amalga oshiriladi.
7. Kirish imtihonlari qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish haqidagi arizada koʻrsatilgan, tinglovchi qayta tayyorlash kurslarida taʼlim oladigan tilda oʻtkaziladi.
8. Qayta tayyorlash kurslarida oʻqitishning davomiyligi olti oyni tashkil etadi va asosiy ish joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi.
Ish beruvchining roziligiga koʻra, qayta tayyorlash kurslarida oʻqish davomida Markaz tinglovchilarining asosiy ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.
9. Qayta tayyorlash kurslarida oʻqish ikkinchi oliy maʼlumot olish hisoblanmaydi.
10. Qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish va oʻtkazish mazkur Nizomning 2-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish va qayta tayyorlash kurslariga qabulni tashkil etish
11. Qayta tayyorlash kurslariga qabulni tashkil etish Markazning maslahat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda Maslahat komissiyasi deb ataladi) yuklatiladi.
Tegishli yil uchun Maslahat komissiyasining tarkibi Markaz xodimlari orasidan shakllantiriladi va TDYU rektorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Markaz direktori lavozimi boʻyicha Maslahat komissiyasining raisi hisoblanadi.
12. Maslahat komissiyasi hujjatlarni qabul qilish muddatlari va oʻqish uchun ajratilgan oʻrinlarning umumiy soni haqidagi maʼlumotlarni, qoidaga koʻra, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan ikki oy oldin Markazning rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
13. Qayta tayyorlash kurslariga qabul paytida talabgorlar mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi taʼlim olish tili koʻrsatilgan holda, qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish haqidagi elektron arizani onlayn rejimda toʻldiradilar.
14. Qabul qilish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar elektron shaklda ilova qilinadi:
pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat;
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (yoki diplomdan koʻchirma — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti asosida bitirganlar uchun) va diplomning ilovasi;
3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi rangli fotosurat.
Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini taʼminlovchi (har bir duymga 200 nuqtadan kam boʻlmagan) alohida fayl koʻrinishida boʻlishi kerak. Har bir fayl oʻlchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.
Arizani hujjatlar PDF (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari koʻrinishida ilova qilingan holda joʻnatishga yoʻl qoʻyiladi.
15. Mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq barcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, ariza 48 soat ichida noyob raqam berish orqali roʻyxatga olinadi va talabgorga belgilangan muddatda hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish haqida xabar beriladi.
Arizaga noyob raqam berish payti Maslahat komissiyasi tomonidan hujjatlar qabul qilingan vaqt hisoblanadi.
16. Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, bir kun ichida arizada koʻrsatilgan elektron pochta manzili boʻyicha talabgorga tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda talabgorga koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni tuzatish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoni beriladi.
Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan soʻng ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.
17. Qabul qilish toʻgʻrisidagi roʻyxatga olingan arizalar soni har kuni Markazning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
18. Kirish imtihonlari TDYU rektori buyrugʻi bilan tuzilgan Imtihon komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Imtihon komissiyasi tarkibiga TDYU va Markaz xodimlari bilan bir qatorda boshqa tashkilotlarning vakillari ham, ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda, kiritilishi mumkin.
Imtihon komissiyasiga komissiya aʼzolari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Imtihon komissiyasi faoliyatining tashkiliy jihatdan taʼminlanishi uning kotibiga yuklanadi.
19. Suhbat savollarini tuzish uchun ekspert guruhi tashkil etiladi. Ekspert guruhi shartnoma asosida jalb qilingan tegishli sohaning malakali mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. Ekspert guruhi faoliyatiga Maslahat komissiyasi raisi rahbarlik qiladi.
Kirish imtihonlari uchun savollar mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlar boʻyicha tuziladi.
20. Tuziladigan savollarning sifati va mazmuni yuzasidan masʼuliyat ekspert guruhi aʼzolariga yuklanadi.
21. Kirish imtihonlari biletlari ekspert guruhi tomonidan tuzilgan savollardan shakllantiriladi. Har bir bilet uchta savoldan (ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan har bir mezon boʻyicha bittadan) iborat boʻlishi lozim.
22. Kirish imtihonlarini oʻtkazish jadvallari Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi va Markazning rasmiy veb-saytida, qoidaga koʻra, suhbat boshlanishidan bir oy oldin joylashtiriladi.
23. Kirish imtihonlari oʻtkazilishiga qadar konsultatsiyalar tashkil etiladi, konsultatsiyalar jadvali Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
24. Talabgorlar kirish imtihonlari boshlanishidan uch kun oldin Maslahat komissiyasiga mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning aslini taqdim etadi.
27. Kirish imtihonlarida talabgor savollar berilgan biletni tanlaydi. Talabgorga tayyorlanish uchun yigirma daqiqa ajratiladi.
Suhbat jarayonida talabgorga bilet mazmuni doirasida qoʻshimcha savollar berilishi mumkin. Bitta talabgor bilan suhbat yigirma daqiqagacha davom etadi.
28. Kirish imtihonlari natijalarini aniqlash uchun Imtihon komissiyasining har bir aʼzosi boshqa aʼzolardan mustaqil ravishda har bir talabgor uchun alohida baholash varaqasini toʻldiradi va uni Imtihon komissiyasi kotibiga taqdim etadi.
Imtihon komissiyasining kotibi Imtihon komissiyasi aʼzolari tomonidan talabgorga qoʻyilgan oʻrtacha ballni hisoblaydi.
Kirish imtihonlari natijalari reyting tizimiga muvofiq nomzodga qoʻyilgan ballarni (0 dan 100 gacha boʻlgan doirada) nazarda tutgan holda aniqlanadi va TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadigan Imtihon komissiyasi majlisi bayonnomasiga kiritiladi.
29. Kirish imtihonlari natijalari Markazning rasmiy veb-saytida suhbat jarayonining soʻnggi bosqichi boʻlib oʻtgandan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan joylashtiriladi.
30. Talabgor kirish imtihonlariga kelmagan taqdirda unga 0 ball qoʻyiladi. Suhbat yakuni boʻyicha belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball toʻplagan taqdirda talabgor qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinmaydi.
31. Qayta tayyorlash kurslariga tinglovchilarni qabul qilish uchun qayta kirish imtihonlari oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
32. Kirish imtihonlari natijalari yuzasidan shikoyat qilinishi va apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilishi mumkin emas.
33. Qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
mazkur Nizomning 3-bandiga muvofiq belgilangan oʻrinlar sonini inobatga olgan holda kirish imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtganda (suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan yuqori ball toʻplaganda);
kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingandan soʻng oʻn besh ish kunidan kech boʻlmagan muddatda kontrakt toʻlovi summasi oʻtkazilganda.
34. Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan va oʻqish uchun mablagʻlarni toʻlagan talabgor Markaz direktorining buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilinadi.
35. Mazkur Nizom 33-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shartlar bajarilmagan taqdirda, qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinish huquqi belgilangan maksimal ballning 55 foizdan ortigʻini toʻplagan keyingi talabgorga beriladi.
36. Tasdiqlangan namunadagi shartnoma blankalari Maslahat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab yuridik shaxslar uchun uch nusxada, jismoniy shaxslar uchun ikki nusxada beriladi hamda Markaz direktori va buxgalteri imzolari bilan tasdiqlanadi.
Qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun kontrakt summasi miqdori TDYU Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
39. Oʻquv jarayonining tashkil etilishi TDYU Kengashi tomonidan tasdiqlangan malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
40. Oʻquv jarayonida oʻquv mashgʻulotlarining quyidagi asosiy turlari qoʻllaniladi — maʼruza va seminar.
Oʻquv jarayonida, shuningdek oʻquv mashgʻulotlarining qoʻshimcha turlari — klinik taʼlim, sud majlislari imitatsiyasi (moot court), sayyor mashgʻulotlar va boshqalar ham qoʻllanilishi mumkin.
41. Oʻquv jarayonida asosan dars mashgʻulotlarini tashkil etishning amaliyotga yoʻnaltirilgan zamonaviy shakllari — keys-stadi, ilmiy prezentatsiyalar, jamoada ishlash va boshqalar qoʻllaniladi.
42. Barcha turdagi auditoriya mashgʻulotlarining davomiyligi 80 daqiqani, oʻquv mashgʻulotlari oʻrtasidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
43. Oʻquv jarayoni, qoidaga koʻra, 25 kishidan ortiq boʻlmagan tinglovchilardan iborat akademik guruhlarda tashkil qilinadi.
44. Tinglovchilarning bilimi quyidagi 3 ta turdagi — joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari boʻyicha baholanadi.
Tinglovchilarning bilimlarini nazorat qilish yozma ishlarni tekshirish va baholashda anonimlikni taʼminlaydigan, asosan yozma shaklda oʻtkaziladi.
Muayyan nazorat turlaridan oʻtolmagan tinglovchilarga faqat bir marta qayta topshirish imkoniyati beriladi.
45. Tinglovchilarning fanlarni oʻzlashtirishi TDYU tomonidan tasdiqlanadigan bilimlarni baholashning reyting tizimi asosida nazorat qilinadi. Fanlarni oʻzlashtirish nazorati elektron tizimni qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
46. Oʻquv rejasiga kiritilgan fanlarni oʻzlashtirmagan tinglovchilar Davlat attestatsiyasiga qoʻyilmaydi.
5-bob. Tinglovchilarning Davlat attestatsiyasi
47. Tinglovchilar Davlat attestatsiyasiga oʻquv rejasiga kiritilgan fanlarni oʻzlashtirgandan soʻng qoʻyiladi.
48. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrugʻi bilan tinglovchilarning Davlat attestatsiyasini oʻtkazish boʻyicha Davlat attestatsiya komissiyasi tuziladi.
49. Tinglovchilarning Davlat attestatsiyasi bitiruv ishini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi.
Bitiruv ishi huquqni qoʻllash amaliyotini huquqiy tahlil qilishga, nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarini, huquqiy manbalar bilan ishlash, normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash va qoʻllash koʻnikmalarini mustahkamlashga va kengaytirishga qaratilgan boʻlishi lozim.
Bitiruv ishlarini tayyorlash va uni himoya qilishga doir talablar TDYU Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
50. Davlat attestatsiya komissiyasining qarori Markaz direktori tomonidan oʻquv kursini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi diplomlarni berish toʻgʻrisidagi buyruqni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
51. Qayta tayyorlash kurslari yakunlari boʻyicha tinglovchilarga ushbu Nizomning 4-ilovasida belgilangan shaklda davlat namunasidagi diplom beriladi.
52. Davlat attestatsiyasi yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olgan shaxslarga keyingi qayta tayyorlash kursida takroran topshirishga imkoniyat beriladi. Bunday holatda takroran topshirish imkoniyati faqat bir marta beriladi.
53. Davlat attestatsiyasi komissiyasi aʼzolari mehnatiga haq toʻlash mehnatga soatbay haq toʻlashning belgilangan miqdorlaridan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
54. Qayta tayyorlash kurslaridagi pedagoglik faoliyatiga, shu jumladan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, advokatlar mehnatiga soatbay haq toʻlash tartibida shartnoma asosida jalb etiladi.
55. Tinglovchilar quyidagi holatlarda oʻquv kursidan chetlashtiriladi:
oʻz xohishiga koʻra;
tinglovchining vafoti munosabati bilan;
dars mashgʻulotlarini sababsiz 10 akademik soatdan ortiq qoldirganda;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment
5350300
45.
Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish
5610200
46.
Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)
5610300
47.
Tashishni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari boʻyicha)
5620100
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri mehnat bozori talablaridan kelib chiqib, mazkur roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish va oʻtkazish
SXEMASI
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi direktoriga
__________________________
(F.I.O.)
______________________ dan
fuqaro:
(familiya, ismi, otasining ismi)
ARIZA
Menga oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun kirish imtihonlariga ruxsat berishingizni soʻrayman.
Men tugatgan oliy taʼlim yoʻnalishining nomi: ______________________________________ _______________________________________________________________________________
Oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman:
Qayta tayyorlash kurslariga hujjatlarni topshirishgacha bajarilgan ishlar va umumiy mehnat staji: ___________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________
(tashkilotning nomi va joylashgan joyi, egallagan lavozimi, staj)
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatganligi toʻgʻrisida davlat namunasidagi DIPLOM (tavsifi)
Diplom A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Diplomning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi, pastki qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Diplomning qolgan yuqori qismida lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” soʻzlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kulrang fonda bosib chiqariladi.
Diplom:
— bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
— yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
— naqshli rastr;
— har xil rangli rastrlardan foydalanish natijasida turli ranglarni hosil qilish;
— maxsus qogʻoz;
— oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBINING TASVIRI
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-iyundagi 453-son qaroriga 4-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari roʻyxatiga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISH
“Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari” boʻlimi “Mintaqaviy va tarmoq markazining nomi” ustunining 15-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/453/1359-son; 24.09.2019-y., 09/19/797/3793-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)