1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini maqbullashtirish, uning tarmoqlar, hududlarni va mamlakat iqtisodiyoti sohalarini rivojlantirishdagi muvofiqlashtiruvchi rolini oshirish, axborot-tahlil ishlarini chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Muhim komplekslar, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari boʻyicha quyidagi Axborot-tahlil departamentlari Vazirlar Mahkamasi Apparatining asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblansin:
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti;
Vazirlar Mahkamasi funksional boʻlimlari tuzilmasi va ularning xodimlari soni 11-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 11-ilova berilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (Sh.M. Mirziyoyev) Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari (R.V. Abduqodirov) bilan birgalikda:
bir oy muddatda tasdiqlangan tuzilmalar va xodimlarning soniga muvofiq Axborot-tahlil departamentlari shakllantirilishini taʼminlasin, ularni yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlasin;
ikki oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan har bir Axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-dekabrdagi 561-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasi funksional boʻlimlari xodimlari shtat jadvalini xodimlarning 11-ilovaga muvofiq tasdiqlangan soniga muvofiq qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;
Vazirlar Mahkamasi Apparatining yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanishi munosabati bilan boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
4. Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari (R.V. Abduqodirov) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-oktabr,
475-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga 1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish sxemasi