Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
“Tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishish va bojxona hududidan tashqarida tovarlarni qayta ishlashning Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2006-yil 1-avgustdagi EG-01/10-4091, 3, 70 va 01-02/12-11-son “Tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishish va bojxona hududidan tashqarida tovarlarni qayta ishlashning Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1634, 2006-yil 31-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 435-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror 2018-yil 1-iyundan kuchga kiradi.