toggle_night_mode
Hujjat 01.06.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son farmoni, “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3509-son va “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son qarorlari)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son farmoni, “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3509-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3510-son va “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi B.N. Umarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-may,
398-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda) 2-ilovaning rus tilidagi IX boʻlimi matnida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda berilsin:

do odnogo mesyatsa

besplatno

b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Za vremennuyu propisku grajdan gosudarstv-uchastnikov SNG, a takje lits, pribivshix iz gosudarstv-uchastnikov SNG, s pasportami bivshego SSSR, v kotorix otsutstvuyut otmetki o grajdanstve, na srok:

do odnogo mesyatsa

besplatno

svishe odnogo mesyatsa do shesti mesyatsev

5 dollarov SSHA

svishe shesti mesyatsev

10 dollarov SSHA”.

2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 9-ilovaning rus tilidagi matnida:
a) nomidagi “Goskominvestitsiy” soʻzidan soʻng “territorialnix podrazdeleniy Goskomturizma” soʻzlari qoʻshilsin;
b) “Naimenovaniye doljnosti” ustunidagi “nachalnik upravleniya” soʻzlaridan soʻng “direktor departamenta” soʻzlari qoʻshilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalarida:
a) 2-bandning “a” kichik bandidagi “kirish vizasining amal qilish muddatiga” soʻzlaridan soʻng “shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish davrida viza rejimi qoʻllanilmaydigan yoki vizalar berishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladigan xorijiy fuqarolarni” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Taklif qiluvchi (qabul qiluvchi) shaxslar, tashkilotlar, shu jumladan turizm operatorlari xorijiy fuqarolarga ularning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan huquqlari hamda majburiyatlari oʻz vaqtida tushuntirilishini, xorijiy fuqarolar bilan munosabatda boʻlishda belgilangan huquqiy normalarning aniq bajarilishini taʼminlaydilar, xorijiy fuqarolarning (Oʻzbekiston Respublikasida shaxsiy ishlar boʻyicha xorijiy fuqarolarni qabul qiladigan va ularga notijorat maqsadida yashash maydoni taqdim etadigan jismoniy shaxslardan tashqari) tegishli hisobini yuritadilar, shuningdek, ularni Internet tarmogʻi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) orqali maxsus elektron avtomatlashtirilgan dastur yordamida xabardor qilish yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlimlariga murojaat qilish yoʻli bilan vaqtinchalik propiska qilishni taʼminlanishi, ularning respublika hududida harakatlanishi va boʻlishining muayyan muddati tugagandan keyin Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishlari uchun javob beradilar.
Xorijiy turistlarni qabul qiluvchi turizm operatorlari, shuningdek, ularning xodimlari xorijiy turistlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishi yuzasidan javobgarlikdan ozod qilinadilar, ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan javobgarlik bundan mustasno.
Joylashtirish vositalariga, davolash muassasalari va boshqa turar-joy maydonlariga joylashtirilgan xorijiy fuqarolar joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalarining maʼmuriyatlari, shuningdek, boshqa turar-joy maydonlari egalarining masʼuliyatini kuchaytirgan holda vaqtinchalik propiska qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi, ushbu Nizom 13-bandining “v” kichik bandida eslatib oʻtilgan va kelganidan soʻng ichki ishlar organlarini uch kun davomida mustaqil xabardor qilishi shart boʻlgan xorijiy fuqarolar bundan mustasno”;
v) 7-bandning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xorijiy fuqarolarni shaxsiy ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan (qabul qiluvchi) va ularga notijorat maqsadlarida turar joy bergan shaxslar:
xorijiy fuqarolarning boʻlish muddati 30 kundan oshmasa, hududiy ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat qilish yoki ularni Dastur yordamida xabardor qilish;
xorijiy fuqarolarning boʻlish muddati 30 kundan oshsa, hududiy ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat qilish yoʻli bilan ularning vaqtinchalik propiskasini taʼminlash choralarini koʻrishga;
ularga belgilangan boʻlish muddatlari tugashi bilan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishda koʻmaklashishga majburdir”;
g) 9-bandda “Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda” soʻzlaridan soʻng “shu jumladan Dastur yordamida” soʻzlari qoʻshilsin;
d) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻladigan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi hududida milliy pasportlar boʻyicha vaqtinchalik propiska asosida yashaydilar. Vaqtinchalik propiska belgilangan joyga kelingandan soʻng uch sutka mobaynida amalga oshiriladi, bayram va dam olish (yakshanba) kunlari bundan mustasno.
Vaqtinchalik propiskaning uch kunlik muddati kelgan sanadan (xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining nazorat-oʻtkazish punkti orqali oʻtgandan soʻng) keyingi kundagi soat 00:01 dan hisoblanadi.”;
e) 12-bandning “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) safarda yurgan xorijiy fuqarolar, agar respublikaning har bir aniq aholi yashash joyida ularning boʻlish muddati uch sutkadan oshmasa va kelganini tasdiqlovchi hujjatlar (xizmatlardan foydalangani va tovarlar xarid qilganini tasdiqlovchi hujjatlar) mavjud boʻlsa. Bunda bir aholi yashash joyida uzluksiz roʻyxatdan oʻtish talabi belgilanmaydi”.
j) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Xorijiy fuqarolarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
a) joylashtirish vositalari va davolash muassasalari maʼmuriyatlarini xorijiy fuqarolarning kelish muddatidan qatʼiy nazar ular joylashtirilgan vaqtda, taklif qilgan (qabul qiluvchi) shaxslarni, shu jumladan turizm operatorlarini tur boshlanishdan avval Dastur yordamida xabardor qilish;
b) xorijiy fuqarolarni shaxsiy ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan (qabul qilgan) va notijorat maqsadlarida ularga turar joy bergan jismoniy shaxslar tomonidan:
agar xorijiy fuqarolarning kelish muddati 30 kundan oshmasa, Dastur yordamida xorijiy fuqarolar joylashtirilgan vaqtda xabardor qilish yoki hududiy ichki ishlar organlariga ular kelgandan soʻng uch kun davomida yozma ravishda murojaat qilish, bayram va dam olish kunlari bundan mustasno;
xorijiy fuqarolarning boʻlish muddati 30 kundan oshsa, ular kelganidan soʻng uch kun davomida hududiy ichki ishlar organlariga yozma ravishda murojaat qilish, bayram va dam olish (yakshanba) kunlari bundan mustasno;
v) mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolarning kelgandan soʻng uch kun davomida turistik-axborot markazlari yoki yaqin atrofda joylashgan joylashtirish vositalariga murojaati orqali, Dasturning maxsus moduli yoʻlga qoʻyilgandan soʻng esa, lekin 2018-yilning 1-iyulidan kech boʻlmagan muddatda, borish yoʻnalishlari boʻyicha aholi yashash joylarini koʻrsatgan holda maʼlumotlarni ular tomonidan mustaqil toʻldirish orqali xabardor qilish.
Turistik-axborot markazlari va joylashtirish vositalari maʼmuriyatlari mustaqil sayohat qiladigan xorijiy fuqarolarning murojaatlari asosida ular haqidagi maʼlumotlarni toʻldirib, hududiy ichki ishlar organlariga Dastur yordamida xabarnoma yuborishlari shart.
Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining masʼul shaxslari tomonidan joylashgan shaxslar hisobi yuritiladi.
Ichki ishlar organi joylashgan shaxslar haqidagi axborotni har haftada hududlar boʻyicha manzil-maʼlumotnoma byurosiga yuborishi shart. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining masʼul shaxslari turuvchilar joylashgan vaqtda ichki ishlar organlarini propiskaga qoʻyilishi kerak boʻlgan joylashgan shaxslar toʻgʻrisida Dastur yordamida xabardor qilishi shart.
Joylashtirish xizmatlarini koʻrsatuvchi xususiy uylarda (xonadonlarda) yashovchilar hisobi joylashtirish vositalarining masʼul shaxslari tomonidan joylashtirish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi yozma kelishuv (shartnoma) asosida yoki belgilangan tartibda sertifikatlangan ushbu uylar (xonadonlar) egalari tomonidan mustaqil ravishda Dastur yordamida yuritiladi.
Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining masʼul shaxslari tomonidan ushbu talabning buzilishi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi”;
z) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Mazkur Qoidalarning 12, 14 va 16-bandlarida koʻrsatib oʻtilmagan xorijiy fuqarolar, agar ularning boʻlish muddati 30 kundan oshmasa, Dastur yordamida xabardor qilish yoki hududiy ichki ishlar organiga yozma ravishda murojaat qilish va agar boʻlish muddati 30 kundan oshsa, taklif qiluvchilar (qabul qiluvchi) shaxslar, tashkilotlarning yozma ravishdagi murojaati asosida hududiy ichki ishlar organlarida propiska qilinishi lozim. Xabarnomalar xorijiy fuqarolar joylashgan vaqtda berilishi, ichki ishlar organlariga esa uch kundan kechikmasdan murojaat qilinishi darkor, bayram va dam olish (yakshanba) kunlari bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasiga shaxsiy ishlar boʻyicha va fuqarolar takliflariga asosan keladigan xorijiy fuqarolar ularni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan (qabul qilgan) va ularga notijorat maqsadlarida turar joy bergan shaxslar tomonidan quyidagilar orqali vaqtincha propiska qilinadi:
xorijiy fuqarolarning boʻlish muddati 30 kundan oshmasa, hududiy ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat qilish yoki ularni Dastur yordamida xabardor qilish;
xorijiy fuqarolarning boʻlish muddati 30 kundan oshsa, hududiy ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat qilish.
30 kungacha vaqtinchalik propiska uchun taklif qilgan (qabul qiluvchi) shaxslar Dasturda qayd etiladi va ushbu Dastur yordamida turistik (mehmonxona) yigʻimini toʻlaydi hamda hududiy ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda yuboradi:
belgilangan shakldagi ariza;
milliy pasport yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun kelish hujjatining nusxasi;
uy-joy egasining vaqtincha propiska uchun yozma roziligi va uy-joyga nisbatan huquqni belgilovchi hujjatlar.
Taklif qilgan (qabul qiluvchi) shaxslar 30 kungacha vaqtinchalik propiska uchun hududiy ichki ishlar organlariga yozma ravishda murojaat qilgan holda, yuqorida qayd etilgan hujjatlarni hamda turistik (mehmonxona) yigʻimi toʻlangani toʻgʻrisidagi kvitansiyani taqdim etadi.
Taklif qilgan (qabul qiluvchi) shaxslar, tashkilotlar 30 kundan ortiq muddatga vaqtinchalik propiska uchun oʻzlari joylashgan joydagi hududiy ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
belgilangan shakldagi ariza;
qabul qiluvchi tashkilotning belgilangan shakldagi iltimosnomasi;
milliy pasport yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun hujjat;
uy-joy egasining vaqtinchalik propiska uchun yozma roziligi va uy-joyga nisbatan huquqni belgilovchi hujjatlar;
davlat boji toʻlangani toʻgʻrisidagi kvitansiya.
Xorijiy fuqarolarning vaqtinchalik propiskasini uzaytirish uchun taklif qilgan (qabul qiluvchi) shaxslar, tashkilotlar ichki ishlar organlariga vaqtinchalik propiska muddati tamom boʻlishigacha uch ish kunidan kechikmasdan murojaat qilishlari kerak”;
i) 17-banddagi “bu fuqarolarning shaxsiy murojaatnomalari yoki qabul qiluvchi tashkilotlarning buyurtmanomalari asosida murojaatnomalarda, turlarda, arizalarda koʻrsatilgan muddatga yoki vizaning amal qilish muddatida” soʻzlari “Dastur yordamida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
k) 19-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan, shuningdek, boshqa qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan xorijiy fuqarolar haqida joylashtirish vositalari va davolash muassasalari maʼmuriyatlari, boshqa turar-joy maydonlari egalari hududiy ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar qilishga majbur”;
l) 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarida, shuningdek, boshqa turar-joy maydonlarida yashayotgan xorijiy fuqarolarning boʻlish muddati qabul qiluvchi tashkilotlarning yozma iltimoslari yoki taklif qilgan (qabul qiluvchi) shaxslar, tashkilotlarning yozma murojaatlari yoxud ushbu Qoidalarning 6¹-bandida koʻrsatilgan xorijiy fuqarolarning oʻz yozma arizalari (turistlar uchun — turning amalda boʻlishi muddatiga) asosida, lekin vizaning amal qilishi muddati doirasida uzaytiriladi”;
m) 22-banddagi “joylashtirish vositasi va davolash muassasasiga” soʻzlaridan soʻng “va boshqa turar-joy maydonlariga” soʻzlari qoʻshilsin;
n) 25-banddagi “Joylashtirish vositalari va davolash muassasalari maʼmuriyati” soʻzlaridan soʻng “shuningdek, boshqa turar-joy maydonlari egalari” soʻzlari qoʻshilsin;
o) 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab faqat xorijiy fuqarolar borishiga ruxsat berilgan joylarda harakat qilishlari shart.
Xorijiy fuqarolar vaqtincha boʻlish joyiga kelgach, taklif qilgan (qabul qiluvchi) shaxslar, tashkilotlar hududiy ichki ishlar organlarini Dastur yordamida xabardor qilish yoki ularga yozma ravishda murojaat qilish orqali ularni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida vaqtinchalik propiska qilishi shart.
Joylashtirish vositalari va davolash muassasalariga kelgan xorijiy fuqarolar ushbu muassasalarda hisobga turadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va yashash ruxsatnomasiga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar uchun vaqtinchalik propiska ularning muayyan yashash joyida boʻlgan davr uchun amalga oshiriladi. Uch kundan olti oygacha boʻlgan davrda vaqtinchalik propiska shaxsni doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqarmasdan amalga oshiriladi. 6 oydan ortiq muddatga vaqtinchalik propiska qilish xizmat safariga, taʼtilga, dam olish yoki davolanishga borayotgan shaxslardan tashqari, shaxsni doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqargan holda amalga oshiriladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Yaponiya fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 22-iyuldagi 259-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2002-y., 14-son, 110-modda) 1-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 21-son, 204-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarda:
a) 23-bandning uchinchi xatboshidagi “shuningdek tungi qatnovlarni tashkil etish taqiqlanadi, tender kontraktida boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 30-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Turistlar avtobuslari xavfsizlik talablariga (GPS, majburiy va (yoki) ixtiyoriy sugʻurta polislari, yorugʻlik qaytaruvchi maxsus moslama (liniya), ikki nafar haydovchi va ularda mobil aloqa mavjudligi) javob bergan taqdirda kuzatib borilmaydi”;
v) 31 bandning rus tilidagi matnidan “Turistsko-ekskursionnie i” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 44-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 21-son, 218-modda) bilan tasdiqlangan Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada:
a) 1-band “b” kichik bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) kartografiya ishlari (turistik obyektlar (arxitektura yodgorliklari va boshqalar) va infratuzilma (mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, turistik yoʻnalishlar hamda boshqalar) joylashgan joy qayd etilgan va koʻrsatilgan mavzuga oid turistik xaritalar nusxasini koʻpaytirish hamda tarqatishdan tashqari):”;
b) 2-band “b” kichik bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) kartografiya ishlari (turistik obyektlar (arxitektura yodgorliklari va boshqalar) va infratuzilma (mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, turistik yoʻnalishlar hamda boshqalar) joylashgan joy qayd etilgan va koʻrsatilgan mavzuga oid turistik xaritalar nusxasini koʻpaytirish hamda tarqatishdan tashqari):”.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda xizmat yengil avtomobillaridan foydalanishni yanada tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 1-ilovaga quyidagi mazmundagi 37¹-pozitsiya qoʻshilsin:

p/p

Podrazdeleniya

Kolichestvo

na 01.04.2011 g., vsego

Predlagayemoye kolichestvo

s 01.06.2011 g.

Sokrasheniye

vsego

v tom chisle

personalnie

dejurnie

spets.

transport

kol-vo

%

371

Goskomturizm

22

53

25

13

15

31

140

Sentralniy apparat

3

9

5

2

2

6

200

Oblastnie zvenya

5

24

14

5

5

19

380

Podvedomstvennie organizatsii

14

20

6

6

8

6

42

”;

b) 2-ilovadagi 55 pozitsiya chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi 169-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 23-24-son, 263-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino- va videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Bunda ariza beruvchi Oʻzbekiston brendini ilgari surish sharti bilan, shu jumladan kirish (sarlavha) va (yoki) yakuniy titrda tasvirga olish mamlakati hamda joyini (obyekti) alohida kadrlar bilan koʻrsatish orqali moddiy-madaniy meros obyektlarida tasvirga olish uchun ushbu yigʻin va ijara toʻlovlarini toʻlashdan ozod etiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududida uchuvchisiz uchish apparatlaridan ruxsatsiz foydalanilishi haqida ogohlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 26-noyabrdagi 322-son qarorining rus tilidagi matniga 1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Vremenniy vvoz i ispolzovaniye na territorii Respubliki Uzbekistan bespilotnix letatelnix apparatov dlya podgotovki foto- i videomaterialov o turistskom potensiale respubliki razreshayetsya, v tom chisle zarubejnim tvorcheskim gruppam, po xodataystvam Gosudarstvennogo komiteta Respubliki Uzbekistan po razvitiyu turizma, Ministerstva kulturi Respubliki Uzbekistan i Natsionalnogo agentstva “Uzbekkino”, s predostavleniyem v Ministerstvo oboroni Respubliki Uzbekistan i Gosudarstvennuyu inspeksiyu Respubliki Uzbekistan po nadzoru za bezopasnostyu poletov informatsii o litsax, vvozyashix i ispolzuyushix bespilotnie letatelnie apparati i mestax syemok”.
10. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-martdagi 53-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 10-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Turistlar borishi taqiqlangan obyektlar va hududlar roʻyxatining beshinchi, oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-martdagi 137-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 11-son, 165-modda):
a) 1-ilovaning 7-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshilari qoʻshilsin:
“turizm sohasida tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan yosh tadbirkorlarni ragʻbatlantirish, ushbu ragʻbatlantirish shartlari Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi;
Oʻzbekistonning turistik salohiyatini tashqi bozorlarga va respublika hududida har chorakda quyidagi hisob raqamlarga mablagʻlar oʻtkazish orqali ilgari surish:
Jamgʻarmaga oʻtgan chorak yakunlari boʻyicha tushgan umumiy mablagʻlarning — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Milliy PR-markaz” DUKga — 20 foizi miqdorida,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga oʻtgan chorak mobaynida tegishli hududdagi joylashtirish vositalariga joylashtirilgan xorijiy fuqarolarning tunab qolish soniga mutanosib ravishda — 10 foiz miqdorida,
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga qoʻshni davlatlar, MDHning boshqa davlatlari va uzoq xorij mamlakatlaridan oʻtgan yilning shu davriga nisbatan respublikaga kelgan xorijiy fuqarolar sonining oʻsishi asosida — 10 foizi miqdorida. Ajratmalar miqdori Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining qarori bilan ularning ish samaradorligiga qarab oʻzgartirilishi mumkin”.
2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“turistik (mehmonxona) yigʻim — joylashtirish vositalari va davolash muassasalari 16 yoshgacha boʻlgan bolalardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq miqdorlarda ular yashagan har bir kun uchun undiradigan yigʻim. Toʻliq boʻlmagan yashash kuni uchun turistik (mehmonxona) yigʻim toʻliq yashalgan kun miqdorida undiriladi.
Bunda turistik (mehmonxona) yigʻim, shuningdek:
palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashashni tashkil qilgan turizm faoliyati (turizm operatorlari) subyektlari tomonidan yashovchilardan ham undiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasiga 30 kungacha keladigan xorijiy fuqarolarni qabul qilib, ularga notijorat maqsadlarida yashash maydoni taqdim etgan jismoniy shaxslar tomonidan;
mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar tomonidan toʻlanadi”;
Quyidagi mazmundagi ilova qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilova
Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimning tabaqalashtirilgan miqdorlari

Joylashtirish vositalari

Xonalar soni

Turistik (mehmonxona) yigʻimining miqdori
(eng kam oylik ish haqining foizida)

Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari*: mehmonxonalar, apartotellar, apartamentlar kompleksi (rezidensiya), spa-mehmonxonalar, butik-otellar, motellar, turistik bazalar, turistik lagerlar, palatkali (kemping) lagerlar, oʻtovli lagerlar, dam olish zonalari va uylari (markazlari), turistik qishloqlar, kempinglar va boshqalar

40 dan ortiq

15

11 — 40

10

10 gacha

5

Sanatoriy-kurort joylashtirish vositalari: sanatoriylar, pansionatlar, yashash mumkin boʻlgan shifoxonalar va boshqalar

10

Dam olish va dam olishni tashkil qilish uchun ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari: dam olish uylari (markazlar, zonalar), sport bazalari va boshqalar

Yakka tartibdagi joylashtirish vositalari, jumladan

(xonalar fondi 5 donagacha boʻlgan): dala hovli, shaxsiy uy, kvartira, ekoferma, togʻdagi uy, qishloqdagi uy, oʻtov, apartamentlar, xostellar va boshqalar

5

Palatkali lagerlar va tunash uchun joylashtirish vositalariga qayta jihozlangan yer usti transporti (mustaqil, turoperator orqali, turistik axborot byurosi va joylashtirish vositalari)

Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar

Davolash muassasalari

2

Qishloq joylarda mahalliy aholi uylarida tashkil qilingan mehmon uylari (oʻrinlar soni 10 tagacha boʻlib, mehmonxona uylariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq tashkil etilgan)

Notijorat maqsadlardagi shaxsiy uylar (kvartiralar)

* Mehmonxonalar va shu kabi joylashtirish vositalarini har bir tasniflangan yulduz uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi qoʻshiladi”;
oltinchi xatboshiga “avtomatlashtirilgan dasturini” soʻzlaridan soʻng “keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi)” soʻzlari qoʻshilsin;
yettinchi xatboshidagi “, shu jumladan vaqtincha yashash muddatlari keyingi oyga oʻtadigan jismoniy shaxslar boʻyicha oʻtgan oydagi amaldagi yashash kunlari uchun” soʻzlari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Davolash muassasalari ushbu bandning ikkinchi, beshinchi va yettinchi xatboshilariga muvofiq chora-tadbirlarga rioya etishga majbur”;
toʻqqizinchi xatboshiga “va davolash muassasalari” soʻzlari qoʻshilsin;
g) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi har oyning 10 sanasigacha joylashtirish vositalari va davolash muassasalarida yashovchilar hisobini yuritishning maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturini qoʻllagan holda taqdim etilgan maʼlumotlar asosida joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalari oʻtgan oy yakunlari boʻyicha haqiqatda yashagan va ular uchun turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini oʻtkazishi lozim boʻlgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida umumlashtirilgan maʼlumotlarni shakllantiradi. Mazkur maʼlumotlar joylashtirish vositalari va davolash muassasalari boʻyicha shakllantiriladi va Jamgʻarmaning maxsus hisobraqamlariga undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorining toʻliq tushishini tekshirish uchun foydalaniladi”;
d) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori Jamgʻarma maxsus hisobraqamiga oʻz vaqtida yoki toʻliq oʻtkazilmaganligi uchun joylashtirish vositalari va davolash muassasalari kechiktirilgan har bir kun uchun turistik (mehmonxona) yigʻim oʻtkazilmagan miqdorning 0,05 foizi, biroq qarzdorlik umumiy miqdorining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydilar.
Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini oʻz vaqtida yoki toʻliq toʻlamasa, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishda Dastur maʼlumotlari asosida turistik (mehmonxona) yigʻimning toʻlanmagan qismi uchun oʻn baravar miqdorida jarima toʻlaydi”.
j) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalari undiradigan ularning maxsus hisobraqamiga tushgan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalarining tushumi (foydasi) hisoblanmaydi, ulardan daromad soligʻi (yagona soliq toʻlovi), boshqa majburiy yigʻimlari hamda toʻlovlar olinmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 14-son, 231-modda) 8-bandiga quyidagi mazmundagi “k” kichik bandi qoʻshilsin:
k) “Har yili 500 nafardan ortiq turistga xizmat koʻrsatilganda litsenziatda elektron toʻlovlar, bron qilish, ekvayring kabi xizmatlar koʻrsatuvchi koʻp tilli veb-sayt mavjud boʻlishi”.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 19-oktabrdagi 852-son qarorining 1 va 3-bandlari, shuningdek, uning 1 — 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son; 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son; 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)