1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING 2001 YIL 24 OKTYABRDAGI 421-SON QARORIGA QISMAN OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Kichik va oʻrta biznesni ragʻbatlantirish hamda maʼlumotlar uzatish va shaxsiy radiochaqiruv tarmoqlari boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 24-oktabrdagi 421-son qaroriga ilovada:
“Shaxsiy chaqiruv (peyjing, radiotelefon, trankli) tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va ularga xizmatlar koʻrsatish
135
Loyihalash
10
Qurish
20
Foydalanish
30
Xizmatlar koʻrsatish
80
Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va ularga xizmatlar koʻrsatish (litsenziya amal qilishining barcha davriga)
200
Loyihalash
10
Qurish
20
Foydalanish
30
Xizmatlar koʻrsatish:
operatorlar va provaydyerlar tomonidan
150
umumiy foydalanish punktlari tomonidan
10”;
izohdagi “karralangan” soʻzidan keyin “(maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va ularga xizmatlar koʻrsatishdan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori 9-bandining oltinchi xatboshi hamda qarorga 8-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 16-noyabr,
453-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 22-24-son, 158-modda)