toggle_night_mode
Hujjat 24.05.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
Milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targʻib qilish, turizm sohasida Oʻzbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirishda madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish, shu asosda respublikaga kelayotgan sayyohlar oqimini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev, jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Isroilov va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-may,
385-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 385-son qaroriga
ILOVA
Madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini shakllantirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimi (keyingi oʻrinlarda taqvim deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlari roʻyxati va ularni oʻtkazish muddatlari;
tadbirlar uchun media kontent (keyingi oʻrinda media kontent deb ataladi) — Internet jahon axborot tarmogʻi, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladigan taqvim orqali koʻrish va eshitish mumkin boʻlgan fotolavhalar va videoroliklar.
3. Madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimiga quyidagi xalqaro va respublika miqyosida oʻtadigan tadbirlar kiritilishi mumkin:
xalqaro konferensiyalar, seminarlar va anjumanlar;
milliy va xalqaro koʻrgazmalar hamda yarmarkalar;
milliy cholgʻulardan iborat turli konsertlar;
sport musobaqalari va tadbirlari;
amaliy sanʼat namunalari namoyishlari;
milliy hunarmandchilik yoʻnalishidagi tadbirlar;
ommaviy teatr-tomosha va milliy oʻyinlar namoyishlari;
turizm va madaniy meros obyektlaridagi tadbirlar;
boshqa madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlari.
4. Madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarini moliyalashtirish ijrochilar va homiylik xayriyalari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Taqvimni shakllantirishning asosiy vazifalari
5. Quyidagilar taqvimni shakllantirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Internet jahon axborot tarmogʻi, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlari toʻgʻrisida xorijiy sayyohlarning avvaldan toʻliq maʼlumotga ega boʻlishini taʼminlash;
turizm sohasida xizmat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga turizm xizmatlarini shakllantirish va ushbu xizmatlarni koʻrsatish uchun axborot bazasini yaratish;
respublika hududida oʻtadigan xalqaro koʻrgazmalar, yarmarkalar, sport musobaqalari va tadbirlar, amaliy sanʼat namunalari namoyishi, milliy hunarmandchilik yoʻnalishlari asosidagi tadbirlar, ommaviy teatr-tomosha va milliy oʻyinlar namoyishlarida hamda boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarda xorijiy mehmonlarning ishtirokini taʼminlash;
respublikaga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimining koʻpayishiga, ichki hamda tashqi turizmni rivojlantirishga koʻmaklashish;
xalqaro turizm bozorida “Oʻzbekiston” brendining keng miqyosda targʻib qilinishi hamda yoritib borilishini taʼminlash.
3-bob. Taqvimni shakllantirish
6. Madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini shakllantirish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda nodavlat notijorat tashkilotlaridan olinadigan ushbu Nizomning 2 va 3-ilovalariga muvofiq shakl boʻyicha maʼlumotlarni har yili 1-noyabrgacha umumlashtirib, 15-noyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga fotolavhalar va videoroliklar hamda tadbirlar boʻyicha boshqa maʼlumotlar boʻlgan media kontent bilan birgalikda taqdim etadi.
Taqvimda har bir tadbir boʻyicha media kontent mavjud boʻlishi zaruriy shart hisoblanadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini shakllantirib, har yili 15-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi har yili 1-yanvarga qadar interaktiv shakldagi taqvim shakllantirilishini hamda doimiy ravishda Internet jahon axborot tarmogʻi, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali sayyohlar uchun keng miqyosda tarqatilishini taʼminlaydi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarini Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻi, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritadi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
11. Taqvimga yil mobaynida tegishli vazirliklar va idoralarning takliflariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
12. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Nizomga 1-ILOVA
Madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini shakllantirish
SXEMASI
Nizomga 2-ILOVA
Madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimining namunaviy shakli

T/r

Tadbir nomi

Tadbirning qisqacha tavsifi va maqsadi

Tashkilotchilar

Moliyalashtirish manbalari va ajratiladigan mablagʻlar

Tadbirning oʻtkazish muddatlari

(aniq sana, oy
va yil)

Hudud

va oʻtkazish joyi

(aniq koʻrsatilishi kerak)

Aloqa vositasi

(tashkilotchilar telefon raqami,
veb-sayti, elektron pochtasi, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar)

Izoh

I. Madaniy-koʻngilochar tadbirlar

1.

2.

...

...

II. Ommaviy sport tadbirlari

1.

2.

...

...

Nizomga 3-ILOVA
Madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining pasporti namunasi

T/r

Tadbir toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Tadbir oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot joylashtirilgan ijtimoiy tarmoqlar

(agar mavjud boʻlsa)

1.

__________________________________________________________

__________________________________________________________

(tadbir nomi)

Veb-sayt:__________________________

Facebook: __________________________

Instagram:__________________________

Twitter:____________________________

2.

Tadbir oʻtkaziladigan sana:

3.

Tadbir oʻtkaziladigan joy:

4.

Tadbir tashkilotchilari:

INN:

INN:

5.

Tadbir turi:

xalqaro konferensiyalar, seminarlar va anjumanlar;

milliy va xalqaro koʻrgazmalar hamda yarmarkalar;

milliy cholgʻulardan iborat turli konsertlar;

sport musobaqalari va tadbirlari;

amaliy sanʼat namunalari namoyishlari;

milliy hunarmandchilik yoʻnalishidagi tadbirlar;

ommaviy teatr-tomosha va milliy oʻyinlar namoyishlari;

turizm va madaniy meros obyektlaridagi tadbirlar;

boshqa madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlari: ___________________________________________________________________.

(tadbir nomi aniq koʻrsatilishi lozim)

6.

Tadbir koʻlami:

Xalqaro miqyosda

_______________________

_______________________

(tadbir nomi aniq

koʻrsatilishi lozim)

_________________________

_______________________
(ishtirokchilar soni aniq koʻrsatilishi lozim)

Tadbir koʻlami:

Respublika miqyosida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Andijon viloyati

Buxoro viloyati

Jizzax viloyati

Navoiy viloyati

Namangan viloyati

Samarqand viloyati

Sirdaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Toshkent viloyati

Toshkent shahri

Fargʻona viloyati

Xorazm viloyati

Qashqadaryo viloyati

____________________________

____________________________

(tumanlar (shaharlar) nomi aniq
koʻrsatilishi lozim)

_________________

_________________
(ishtirokchilar soni aniq koʻrsatilishi lozim)

7.

Tadbir oʻtkazish uchun asos:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, topshiriqlari

_______________________________________

(hujjat raqami va tasdiqlangan sanasi)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (davlat organlari) qarorlari

_______________________________________

(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (davlat organlari) qarori raqami va tasdiqlangan sanasi)

Tashabbuskorlar takliflari asosida

_______________________________________

(murojaat raqami va sanasi)

Boshqa asoslar

_______________________________________

(aniq koʻrsatilishi lozim)

8.

Moliyalashtirish manbalari:

Qiymati:

Tashkilotchi mablagʻlari

Homiylar xayriyalari

____________________________________

(homiylar nomi aniq koʻrsatilishi lozim)

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari (moliya organlari bilan kelishilgan holda)

9.

Xavfsizlik masalalari:

Tegishli ruxsatnomaga ega: __________________________________________________________________________________________________________

(hujjat qaysi tashkilot tomonidan berilgan, raqami va sanasi)

Maxsus ruxsatnoma olish talab etilmaydi.

10.

Tadbirlarni oʻtkazish tili:

oʻzbek

rus

ingliz

boshqa tillar:______________________________________

(aniq koʻrsatilishi lozim)

Asosiy tashkilotchining nomi:

___________________________

F.I.O.(Rahbar)

(Imzo)

_________________

Muhr

Tashkilotchilar:

___________________________

F.I.O. (Rahbar)

(Imzo)

_________________

Muhr

___________________________

F.I.O. (Rahbar)

(Imzo)

_________________

Muhr

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/385/1267-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)