Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublikada tamaki bargi xarid qilish va uni fermintatsiyalashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “OʻZBAT A.J.” Oʻzbekiston—Britaniya qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 20-iyundagi 309-son
qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
qarorga quyidagi mazmundagi 13-band qoʻshilsin:
“1996-yildan boshlab, investitsiya dasturini amalga oshirish davrida “Oziqovqatsanoat” uyushmasining “Narziya” aksionerlik jamiyatiga tovar yetishtiruvchilardan har yili 9,6 ming tonna tamaki bargi xarid qilish yuzasidan kvota berilsin”;
qarorning
13 va
14-bandlari tegishli ravishda 14 va 15-bandlar deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.