1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING ISTIQBOLNI BELGILASh VA STATISTIKA DAVLAT QOʻMITASI HUZURIDA TOVAR BOZORLARI KONʼYuNKTURASINI OʻRGANISh MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-maydagi 113-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish Respublika markazi faoliyatining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tovar bozorlarini konyunkturasini muntazam oʻrganish, isteʼmol bozorining qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish, uni tovar bilan toʻldirish va boshqarish chora-tadbirlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi huzurida Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish markazi tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish markazining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
umuman respublika va hududlar boʻyicha isteʼmol bozori konyunkturasini oʻrganish;
isteʼmol tovarlarining alohida turlari va nomenklaturasi bozorlari konyunkturasini oʻrganish;
umuman va asosiy tovarlar guruhlari boʻyicha isteʼmol bozorining ahvoli toʻgʻrisida har oylik tahliliy maʼlumotlarni hamda yil choraklari boʻyicha konyunktura obzorlarini tayyorlash;
isteʼmol bozorini aholi ehtiyoji katta boʻlgan tovarlar bilan toʻldirishga doir tavsiyanoma va takliflar tayyorlash:
isteʼmol bozorining qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish;
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalarning, shu jumladan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarning buyurtmalari boʻyicha shartnoma asosida marketing va konyunktura tadqiqotlari oʻtkazish.
3. Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish markazi tuzilmasi va ilmiy xodimlarning shtatdagi soni ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish markazi direktori lavozim maoshi boʻyicha “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining boʻlim boshligʻiga tenglashtirilsin. Direktorga Markaz xodimlariga lavozim maoshining 70 foizigacha miqdorda shaxsiy ustamalar belgilash huquqi berilsin.
4. Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek shartnoma asosida bajariladigan ishlar uchun olingan xoʻjalik faoliyati mablagʻlari Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish markazi faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari etib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga Markaz apparatini taʼminlashga, shu jumladan belgilangan ustamalarga, tahlillar oʻtkazishga va Markazni texnika bilan jihozlashga zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish markazi hisob-kitob va valyuta schyotiga ega boʻlgan mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.
Markaz “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining quyidagi manzildagi binosiga joylashtirilsin: Toshkent sh., Oʻzbekiston koʻchasi, 45a-uy.
6. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi:
bir oy muddatda Tovar bozorlarini konyunkturasini oʻrganish markazi Ustavini ishlab chiqsin va uni belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Markazni yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlasin;
Markazni zarur statistika axborotlari bilan taʼminlasin, Bosh hisoblash markazining hududiy boʻlinmalari orqali Markaz tomonidan ishlab chiqiladigan uslubiyot boʻyicha isteʼmol bozori tahlil qilinishini tashkil etsin;
Markazni uning tashkiliy davrida, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar bilan taʼminlasin.
7. Respublika markaziy iqtisodiyot organlari, vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, xoʻjalik birlashmalari hamda mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, birjalar zimmasiga Tovar bozorlarini konyunkturasini oʻrganish markazi tomonidan soʻraladigan, Markaz vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan axborotlarni taqdim etish yuklansin.
8. Mazkur qarorni bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Oʻ.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 23-yanvar,
35-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 23-yanvardagi 35-son qaroriga ILOVA
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi huzuridagi tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish markazi
TUZILMASI
Shtatlar soni
Markaz direktori
1
Direktor oʻrinbosari
1
Aholining toʻlovga qodir ehtiyojini oʻrganish va konyunktura obrazlari tayyorlash boʻlimi
4
Oziq-ovqat tovarlari bozorlari konyunkturasini oʻrganish boʻlimi
4
Nooziq-ovqat tovarlari bozorlari konyunkturasini oʻrganish boʻlimi