toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.08.2022
Hujjat 22.05.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-sonli “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini yanada ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qaroriga muvofiq:
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini rivojlantirish va davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini ragʻbatlantirish bilan bogʻliq tadbirlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasida alohida ochiladigan maxsus hisobvaraqda jamlanishi;
davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida tashkil qilinadigan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalariga davlat maktabgacha taʼlim muassasasining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan summaning 50 foizidan yuqori boʻlmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiyalar ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasining maxsus hisobvaragʻi mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga;
Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil davomida maxsus hisobvaraq tashkil etilgunga qadar tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar maxsus hisobvaraqda jamlangan mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-may,
378-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi 378-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasining maxsus hisobvaragʻi mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasining maxsus hisobvaragʻi (keyingi oʻrinlarda maxsus hisobvaraq deb ataladi) mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Maxsus hisobvaraq mablagʻlaridan ustuvor ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida shakllantirilgan tuzilgan bitimlarning yagona reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etishni nazarda tutuvchi loyihalarini moliyalashtirish maqsadida foydalaniladi.
Maxsus hisob varaq mablagʻlaridan zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida shakllantirilgan tuzilgan bitimlarning yagona reyestriga kiritilmagan tadbirkorlik subyektlarining nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etishni nazarda tutuvchi loyihalarini moliyalashtirish maqsadida ham foydalanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Maxsus hisob varaq mablagʻlaridan foydalanish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) ijro etuvchi direksiyasi hamda tijorat banklari oʻrtasida 3 yillik imtiyozli davr bilan kamida 15 yil muddatga foizsiz mablagʻ ajratish toʻgʻrisida bosh kelishuv imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Maxsus hisobvaraqdan tijorat bankiga mablagʻ ajratish boʻyicha bosh kelishuvda bank ushbu mablagʻlardan tadbirkorlik subyektlariga mazkur Nizomda nazarda tutilgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida kredit berish uchun foydalanishi qatʼiy belgilanadi.
5. Maxsus hisobvaraqdan tijorat banklariga tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga kredit uchun ajratiladigan mablagʻlar kredit ajratish muddatiga qarab, tegishli balans hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
6. Tijorat banklari kredit ajratish boʻyicha buyurtmalarni bosh kelishuvga asosan Jamgʻarmaga taqdim etadi.
7. Jamgʻarma tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan buyurtmalarga asosan 3 bank ish kunida kredit ajratish uchun ushbu mablagʻlarni tijorat banklarining tegishli balans hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
8. Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish maxsus hisobvaraqdan tijorat banklariga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
9. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga yillik 1 foiz stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga kreditlar qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
11. Tijorat banklari maxsus hisobvaraqdan ajratilgan mablagʻlar hisobidan berilgan imtiyozli kreditlar va ularning maqsadli sarflanishi yuzasidan belgilangan tartibda Jamgʻarmaga hisobot topshiradi.
3-bob. Tijorat banklari tomonidan maxsus hisobvaraq mablagʻlarini qaytarish
12. Maxsus hisobvaraq mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma bilan birgalikda doimiy ravishda monitoring qilib boriladi.
13. Tijorat banklari tomonidan maxsus hisobvaraqdan jalb etilgan mablagʻlarni qaytarish, tijorat banklari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuzilgan grafik asosida amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan kredit mablagʻlari oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda jalb etilgan mablagʻlar tijorat banklari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan Jamgʻarmaga qaytariladi.
4-bob. Maxsus hisobvaraq mablagʻlarini boshqarish
14. Maxsus hisobvaraq mablagʻlarini boshqarish Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi:
maxsus hisobvaraq tushumi va xarajatlari prognozini manbalar, hududlar va choraklar boʻyicha tayyorlaydi, uning bajarilishini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi;
maxsus hisobvaraq mablagʻlarining tushishi va taqsimlanishi hisobini yuritadi, mazkur Nizom va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshiradi, maxsus hisobvaraq budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tuzadi;
qonun hujjatlariga muvofiq maxsus hisobvaraq mablagʻlarining ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
5-bob. Yakuniy qoida
15. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi 378-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasasi deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar (keyingi oʻrinlarda subsidiyalar deb ataladi) ajratish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Subsidiyalar nodavlat taʼlim muassasalariga har oyda taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan har bir bola uchun (9 va 10,5 soatlik ish rejimidagi) davlat maktabgacha taʼlim muassasasining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan xarajatlar summasining quyidagi miqdorlarida ajratiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahrida — 30 foiz;
Nukus shahri hamda viloyat markazlarida — 40 foiz;
qolgan hududlarda — 50 foiz.
3. Taʼlim muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish va toʻlash mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Subsidiyalarni hisoblash tartibi
4. Subsidiyalar miqdorini belgilash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida bir nafar tarbiyalanuvchi uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasi bir yilda bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan maktabgacha taʼlim muassasalarining xarajatlar smetalari roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng ularga ajratilgan mablagʻlar miqdorini umumiy bolalar soniga boʻlgan holda aniqlanadi.
Bunda, bir nafar tarbiyalanuvchi uchun sarflanadigan xarajatlar summasini hisoblashda “Asosiy vositalar boʻyicha xarajatlar”, “elektr energiya va tabiiy gaz xarajatlari”, ixtisoslashtirilgan va sanatoriya tipidagi maktabgacha taʼlim muassasalarini saqlash uchun rejalashtirilgan mablagʻlar va ularda qatnovchi bolalar soni hisobga olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Yil davomida qonun hujjatlariga muvofiq ish haqi miqdorlari va shartlari oʻzgargan hollarda davlat maktabgacha taʼlim muassasasining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasi miqdori tegishli qismi boʻyicha qayta koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Subsidiyalar tegishli moliya yili uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari parametrlarida taʼlim sohasi uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda moliya organlari deb ataladi) tomonidan rejalashtiriladi.
3-bob. Subsidiyalarni ajratish tartibi
8. Taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida kelishuv imzolagandan soʻng, subsidiyalar ajratish uchun joylashgan hududidan kelib chiqib, moliya organlariga ariza bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
ariza beruvchining — yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shaklini tasdiqlovchi guvohnoma, tijorat bankidagi hisob raqamlar rekvizitlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish toʻgʻrisida imzolangan kelishuv nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlim muassasasining quvvati, faoliyatining boshlanish sanasi va ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) toʻlovi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Moliya organi taʼlim muassasasining arizasi kelib tushgan kundan boshlab, besh ish kuni mobaynida uning mazkur Nizomda belgilangan talablarga mosligini oʻrganib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va taʼlim muassasasini subsidiyalar ajratish yoki arizani rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan holda yozma shaklda, shu jumladan elektron axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
Taʼlim muassasasiga subsidiyalar ajratish moliya organi rahbarining tegishli buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi hamda buyruqda subsidiyani ajratish davri koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Moliya organi tomonidan taʼlim muassasasiga subsidiya ajratish taʼlim muassasasi va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻrtasida subsidiyalarni ajratish toʻgʻrisida tuzilgan bitimda koʻrsatilgan muddat davomida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Moliya organi:
taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan yuritiladigan tegishli reyestrga kiritilmaganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlim muassasasi davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan ijtimoiy majburiyatlarning bajarilmasligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining tavsiyasiga koʻra subsidiya ajratilishini rad etishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Taʼlim muassasasi tegishli tuman (shahar) moliya boʻlimlariga har oyning 5-sanasiga qadar oʻtgan oyda taʼlim muassasasiga haqiqatda qatnagan bolalar soni toʻgʻrisida maʼlumotni hamda taʼlim muassasasida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan toʻlangan toʻlov hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiyalar olish uchun 2-ilovaga muvofiq buyurtmanomani tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari bilan kelishilgan holda taqdim etadi. Bunda, hisobotga oyning kamida yarmida qatnagan tarbiyalanuvchilar soni kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Taʼlim muassasasi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomaga asosan haqiqatda qatnagan tarbiyalanuvchilar soni mazkur Nizomning 4 — 6-bandlariga muvofiq aniqlangan summaga koʻpaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Tuman (shahar) moliya boʻlimlari hududdagi taʼlim muassasalari tomonidan taqdim etilgan buyurtmalarni umumlashtirib, subsidiyalarni ajratish uchun mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarining reyestrini tuzadi va hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga toʻlovni amalga oshirish uchun va yuqori turuvchi moliya organiga maʼlumot uchun taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalariga ajratiladigan subsidiyalarning 50 foizgacha boʻlgan miqdori taʼlim muassasasining soʻroviga koʻra oldindan toʻlov shaklida joriy oyning 10-sanasiga qadar, qolgan qismi keyingi oyning 10-sanasigacha ajratilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Gʻaznachilik boʻlinmasi ikki ish kuni mobaynida tuman (shahar) moliya boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan reyestr asosida tegishli taʼlim muassasasining tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga subsidiyalarni belgilangan tartibda oʻtkazib beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Belgilangan muddatda subsidiya olish uchun buyurtmanoma taqdim etmagan taʼlim muassasasiga kechikkan oyi uchun subsidiya ajratilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Yakuniy qoidalar
19. Tuman (shahar) moliya boʻlimiga subsidiyani ajratish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning asosliligi va toʻgʻriligiga taʼlim muassasasining rahbari shaxsan javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Taʼlim muassasasi tomonidan subsidiya olish uchun tuman (shahar) moliya boʻlimiga taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning soxtaligi aniqlanganda, ushbu muassasa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarining reyestridan chiqariladi hamda buning hisobiga ortiqcha olingan subsidiyalar mahalliy budjetga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Oylik subsidiya mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
22. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish va toʻlash
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA

‎‎_______________________________ ga
‎ (moliya boʻlimi nomi)

‎___________________________boʻyicha
‎(tashkilot nomi)

‎‎20__ yil _____________ uchun davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan maktabgacha taʼlim muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalarni olish uchun
‎BUYuRTMANOMA

T/r‎‏

Taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan bolalarning‎‎‎

Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning seriyasi va raqami‎‎‏

Hisobot oyida‎‎‎

F.I.O‎‎

Tugʻilgan sanasi, oyi va yili‎��

Bolaning taʼlim muassasasiga qatnagan kunlari‎‎

Bola taʼminoti uchun toʻlangan mablagʻ‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

JAMI:‎‎

X‎‎

X‎‎

‎‎ ‎‎
‎‎Taʼlim muassasasi rahbari

____________‎‎

(F.I.O)‎‎

‎‎M.Oʻ. (mavjud boʻlgan taqdirda)

imzo‎‎

‎‎
‎Taʼlim muassasasi bosh hisobchisi

____________‎‎

(F.I.O)‎‎

imzo‎‎

Keyingi tahrirga qarang.
Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA

‎‎20__ yil _______ oyi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarining
‎REESTRI

T/R‎

Subsidiyalar ajratiladigan taʼlim muassasasi nomi‎‎

Joylashgan eri (pochta manzili)‎‎

STIR‎‎

Bank rekvizitlari‎‎

Hisobot oyidan oldingi chorakdagi taʼlim muassasasining
‎bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasi‎‎

Taʼlim muassasasiga haqiqatda qatnagan tarbiyalanuvchilar soni‎‎

Hisobot oyida ajratilgan subsidiyalar miqdori‎‎

A‎

1‎

2‎‎

3‎‎

4‎‎

5‎‎

6‎‎

7=6x5‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

JAMI:‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Tuman (shahar) moliya boʻlimi mudiri

______________‎‎

(F.I.O)‎‎

Tuman (shahar) moliya boʻlimi bosh hisobchisi ‎‎

______________‎‎‎‎

(F.I.O)‎‎

Gʻaznachilik boʻlinmasi masʼul xodimi‎‎

______________‎‎‎‎

(F.I.O)‎‎

‎‎20__ yil “____” ___________

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2018-y., 09/18/378/1259-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)