1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang);
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmoniga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada rivojlantirish, chiqindilarni qayta ishlashda yuqori texnologiyalar qoʻllanilgan ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni amalga oshirayotgan xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmonida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi “va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) ilovaga quyidagi mazmundagi 22-band qoʻshilsin:
“22. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish”.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-may,
PF-5444-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2018-y., 06/18/5444/1244-son)