1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son “Maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida (bundan buyon matnda maktabgacha taʼlim muassasasi deb yuritiladi) tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish va sogʻligʻini mustahkamlashni tashkil etish tartibini belgilaydi.
1. Maktabgacha taʼlim muassasasida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sogʻligʻini mustahkamlash maktabgacha taʼlim muassasasining pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha taʼlim muassasasiga hududiy sogʻliqni saqlash organlari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
2. Maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish va sogʻligʻini mustahkamlashni tashkil etilishi uchun masʼul hisoblanadi.
3. Bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilishda davlat maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari tomonidan bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni mazkur Nizom bilan tanishtirish tavsiya etiladi.
4. Tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish maqsadida maktabgacha taʼlim muassasasida telefon apparatlari mavjud boʻlgan joylarda, shuningdek barcha xodimlar kirishi va koʻrishi mumkin boʻlgan joylardagi eʼlonlar taxtasiga yongʻin xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez tibbiy yordam xizmatlari hamda ichki ishlar organlarining telefon raqamlari koʻrsatilgan maʼlumotlar osib qoʻyiladi.
5. Maktabgacha taʼlim muassasasining guruh tarbiyachisida tarbiyalanuvchilarning yashash manzili, shuningdek ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan bogʻlanish mumkin boʻlgan telefon raqamlari yoki boshqa aloqa vositalari haqidagi maʼlumotlar boʻlishi zarur.
6. Tarbiyalanuvchi maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlgan vaqtda sogʻligʻining yomonlashuvi, shuningdek boshqa noxush holatlar kuzatilgan hollarda maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlari tomonidan zudlik bilan tibbiyot hamshirasiga, shuningdek tarbiyalanuvchining ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga xabar beriladi. Bunda tarbiyalanuvchining ota-onasi yoki ularning oʻrinini bosuvchi shaxslar yetib kelgunga qadar tibbiyot xodimi tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilishi lozim.
Tarbiyalanuvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxsga kuzatilgan holat va koʻrsatilgan birinchi tibbiy yordam haqida toʻliq maʼlumot beriladi.
7. Tarbiyalanuvchilar maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlgan vaqtda ularni yolgʻiz va nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi.
8. Tarbiyalanuvchilarni maktabgacha taʼlim muassasasi hududidan tashqariga sayr yoki ekskursiyalarga olib chiqish ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
9. Tarbiyalanuvchilar uchun maktabgacha taʼlim muassasasi hududidan tashqarida sayr yoki ekskursiyalar rejalashtirilganda maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar xabardor qilinishi shart.
10. Tarbiyalanuvchilar maktabgacha taʼlim muassasasi hududidan tashqariga sayr yoki ekskursiyalarga olib chiqilganda guruh kamida 2 nafar xodim bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Bunda xodimlarning biri safning oldida, ikkinchisi safning orqasida harakatlanib boradi.
11. Tarbiyalanuvchilarni maktabgacha taʼlim muassasasiga olib kelish va olib ketishda ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs tarbiyalanuvchini shaxsan guruh tarbiyachisiga topshirishi, shuningdek uni olib ketishda guruh tarbiyachisi tarbiyalanuvchini uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxsga topshirishi lozim.
12. Maktabgacha taʼlim muassasasida tarbiyalanuvchilar xavfsizligini taʼminlash hamda ular uchun zarur sharoitlarni yaratilishini nazorat qilish maqsadida videokuzatuv moslamalari oʻrnatilishi mumkin.
13. Maktabgacha taʼlim muassasasining har bir qavatida hamma koʻrishi mumkin boʻlgan joylarda favqulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda tarbiyalanuvchilarni evakuatsiya qilish rejasi joylashtiriladi.
14. Tungi guruhi boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasasining navbatchisi yoki tungi tarbiyachisi har kuni soat 19:00 dan 20:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida yongʻin xavfsizligi idoralariga maktabgacha taʼlim muassasasida mavjud bolalar va xodimlar soni haqida maʼlumot beradi.
guruhda mavjud boʻlgan javon, ilgak, portretlar, shuningdek gul tuvaklarini joylashtirishga moʻljallangan maxsus moslamalar devor yoki polga mahkamlab qoʻyilishi lozim.
16. Maktabgacha taʼlim muassasasi hududida, shuningdek guruhlarda inson uchun xavfli boʻlgan oʻsimlik va buyumlardan foydalanish taqiqlanadi.
17. Tarbiyalanuvchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish davlat maktabgacha taʼlim muassasasining tibbiyot hamshirasi hamda maktabgacha taʼlim muassasasiga hududiy sogʻliqni saqlash organlari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
18. Guruh tarbiyachisi ertalab tarbiyalanuvchilarni qabul qilib olgandan keyin, tarbiyalanuvchilarning sogʻligi guruh tarbiyachilari tomonidan hamshira nazoratida koʻrikdan oʻtkaziladi.
19. Yoz mavsumida tarbiyalanuvchilar sayr va ekskursiyalarga yengil bosh kiyimlari boʻlgan holda olib chiqiladi.
20. Tarbiyalanuvchilarning sogʻligʻini mustahkamlash maqsadida maktabgacha taʼlim muassasasida quyosh vannalari, suv havzalarida choʻmilish, turli jismoniy tarbiya tadbirlari tashkil etiladi. Bunda mazkur tadbirlar guruh tarbiyachilari va tibbiyot xodimlari nazorati ostida amalga oshiriladi.