Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-son
Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 90-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining
namunaviy reglamentiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
1.
40-banddagi “kiritilishi mumkin” soʻzlari “kiritiladi” soʻzi bilan almashtirilsin.
2.
41-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“41. Qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi seminarlar va “davra suhbatlari” oʻtkazish, qonun loyihalari matnlarini va ularga tahliliy materiallarni organning rasmiy veb-saytida joylashtirish yoʻli bilan, shuningdek, boshqa usullar bilan manfaatdor davlat organlari, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar, ekspertlar ishtirokida oʻtkaziladi.
Qonun loyihasining malakali muhokamasi tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari, tarmoqlarning vakillari ishtirokida oʻtkaziladi”.