Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2009-yil 6-iyuldagi 180-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1992, 2009-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 32-33-son, 365-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
2.
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Qabul komissiyasi tomonidan maktabda oʻqish istagini bildirgan xorijiy fuqaroning hujjatlari, uni oʻqishga qabul qilish boʻyicha tuzilgan dalolatnoma hamda u bilan tuziladigan shartnoma (kontrakt) loyihasi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga yuboriladi, shundan soʻng ular tomonidan hujjatlar jamlanib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalariga yuboriladi.
Vazirlik va idoralar tasarrufidagi maktablarda tashkil etilgan qabul komissiyasi tomonidan hujjatlar tegishli vazirlik va idoralarga yuboriladi.”.
3.
8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4.
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Xorijiy fuqarolarning hujjatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari huzurida tuzilgan xorijiy fuqarolarni maktabga oʻqish uchun qabul qilish boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda maxsus komissiya deb yuritiladi) tomonidan 10 kunlik muddatda koʻrib chiqiladi.
Vazirlik va idoralar tasarrufidagi maktablarda oʻqish istagini bildirgan xorijiy fuqarolarning hujjatlari ushbu vazirlik va idoralar tomonidan 10 kunlik muddatda koʻrib chiqilib qaror qabul qilinadi.”.
5.
10-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6.
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Maxsus komissiya tomonidan xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng, hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan tegishli maktablarga yuborish uchun tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga yuboriladi.”.
7.
14-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.