1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanadigan energiyani ishlab chiqarishga xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni keng jalb etish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
“Oʻzbekenergo” AJ va “SkyPower Global” kompaniyasi (Kayman orollari) (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) oʻrtasida 2018-yil 19-aprel kuni elektr energiya sotib olish toʻgʻrisida 1-sonli Bitim (keyingi oʻrinlarda — Bitim) tuzildi;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan joriy oʻrtacha hisobda jahon konyunkturasiga muvofiq baho belgilash toʻgʻrisidagi Bitim boʻyicha ijobiy xulosa berildi;
Bitimga muvofiq Kompaniya shaxsiy mablagʻlari va oʻzi jalb etadigan kreditlar evaziga Kompaniyaning umumiy investitsiyalari hajmi 1,3 mlrd. AQSH dollari miqdorida ming (1 000) MVt oʻzgaruvchan tok umumiy quvvatidagi fotoelektr quyosh energiyasini ishlab chiqarish boʻyicha obyektlarni loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish, egalik qilish va foydalanish loyihalarini amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
2. Bitim amalda boʻlgan davrda Kompaniya va uning loyiha tashkilotlari (tegishli hududda tashkil etilayotgan shuʼba korxonalari), shuningdek, loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan subpudrat tashkilotlari:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.07.00 Bojxona yigʻimlari]
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha loyihani amalga oshirish doirasida, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan yangi uskunalar va materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik hujjatlar, maxsus texnika hamda transport vositalar, dasturiy mahsulotlarni olib kirishda bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividentlar]
doimiy muassasalar, jumladan, toʻlov manbai (dividendlarni hisobga olgan holda) orqali olinadigan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslarning foyda soligʻidan;
Kompaniya, uning loyiha va subpudrat tashkilotlari tomonidan sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan majburiy ajratmalar va yigʻimlardan;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.03 (Кучини йукотган) Er soligʻi boʻyicha imtiyozlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
Kompaniya va uning loyiha tashkilotlari — fotoelektr quyosh energiyasini ishlab chiqaruvchi uskunalar va qurilmalar boʻyicha mulk soligʻidan, shuningdek, uskunalar va qurilmalar bilan band etilgan yer uchastkalari yer soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
3. Toshkent, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati hokimliklari bir oy muddatda Kompaniya talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
4. Belgilansinki, Kompaniya tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun “Oʻzbekenergo” AJ tomonidan elektr energiya haqini toʻlay olmaslik holati yuzaga kelgan holda mazkur toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni amalga oshirish qismida “Oʻzbekenergo” AJ majburiyatlarini bajarish boʻyicha Kompaniyaga kafolatlarni taqdim etsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda belgilangan tartibda kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda koʻp martalik vizalarni rasmiylashtirish, berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish, yashash joyida hisobga olish va roʻyxatda turish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi loyihani amalga oshirish uchun respublikaga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilishga ruxsatnomalar berishni (muddatini uzaytirish), shuningdek, jalb qilinayotgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar berilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-aprel,
PQ-3687-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 07/18/3687/1119-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)